345
Bir aksiyaning balans qiymati buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga
binoan bir oddiy aksiyaga to‘g‘ri keladigan korxonaning sof aktivlari qiymatini
ko‘rsatadi.
4. Bir aksiyaning bozor qiymati bilan balans qiymatining nisbati uning balans
qiymatiga qaraganda bozor qiymati qancha ekanligini ko‘rsatadi va u quyidagicha
aniqlanadi:
Bq = Bir aktsiyaning bozor qiymati / Bir aktsiyaning balans qiymati
5. Dividend daromad yoki dividend normasi quyidagicha aniqlanadi:
Dividenddan daromad ( haq. qiymat me’yori) = Bir aktsiya bo‘yicha divided / bir
aktsiyaning bozor qiymati
6. Aksiyaning daromadliligi (AD) muhim ahamiyatga ega bo‘lib,
u quyidagicha
aniqlanadi:
AD = D + (S* - S) / S,
bu erda
D – aksiyaga egalik qilish davrida olingan dividend summasi,
S* - sotish narxi,
S – sotib olish narxi
7. To‘lanadigan dividendlar ulushi (TDU) quyidagicha aniqlanadi:
TDU = Bir aktsiyaga to‘g‘ri keladigan dividend / Bir aktsiyaga to‘g‘ri
keladigan sof foyda
Bu ko‘rsatkich tahlilining xususiyati shundan iboratki, uning «yaxshi» va
«yomon» darajasi bo‘lmaydi. Lekin buning umumiy ko‘rsatkichi 1 dan oshmasligi
kerak. Bu demak kompaniya dividend to‘lash
uchun etarli darajada foyda
olganligini ko‘rsatadi. Agar bu ko‘rsatkich 1 dan oshib ketsa,
kompaniya
moliyaviy imkoniyatidan oqilona foydalanmaganligini yoki zaxira kapitalidan qarz
olganligini ko‘rsatadi. Dividendlar xususiy kapitalni kamaytiradi,
chunki ular
kompaniya tasarrufida qolgan sof foydadan to‘lanadi.
Dostları ilə paylaş: