D. Q. Usmanova



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/131
tarix22.07.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#137099
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   131
sssss

Masalan:
Kompyuterning boshlang‘ich qiymati 1100000 so‘m, uning 
foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatuvchi) qiymati 100000 so‘m, foydali 
xizmat muddati 5 yil, yillik amortizatsiya me’yori amortizatsiyalanadigan 
qiymatning 20 % ni yoki 200000 so‘m ((1100000-100000)/5=200000) so‘mni 
tashkil etadi. 
Eskirishni bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab 
chiqarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli asosiy 
vositalar obektining har bir konkret yildagi ishlab chiqarish hajmiga asoslanadi. 
Mazkur usul bo‘yicha har yillik eskirish summasini hisoblab chiqish uchun 
foydali xizmat muddatining butun davomidagi umumiy baholangan jami ishlab 
chiqarish hajmini va konkret bir yildagi ishlab chiqarish hajmini aniqlash zarur. 
Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi soni, ishlangan soatlar miqdori, bosib o‘tilgan 
tonnakilometr miqdori va shunga o‘xshaganlar ishlab chiqarish hajmi sifatida 
qabul qilinishi mumkin. 
Eskirishni 
hisoblashning 
ishlab 
chiqarish 
usulida 
amortizatsiya 
ajratmalarining yillik summasi hisobot davridagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) 
hajmining tabiiy ko‘rsatkichi hamda asosiy vositalar obektining tugatish qiymati 
chegirib tashlangan boshlang‘ich (qayta tiklovchi) qiymatining ushbu asosiy 
vositalar obektining butun foydali xizmat muddati davomida ishlab 
chiqariladigan mahsulot (ish, xizmat)larning taxminiy baholangan hajmiga 
bo‘lgan nisbatidan kelib chiqib aniqlanadi. 
Asosiy vositalardan intensiv ravishda foylalanilgan, shuningdek, fan-
texnika taraqqiyoti kuchli tasir ko‘rsatgan hollarda asosiy vositalarning eskirishi 
amortizatsiyani tezlashtirish yo‘li bilan ifodalanib, u quyida keltirilgan ikkita 
usul orqali hisoblanadi: ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib 
boruvchi qoldiq usuli va yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul). 
Ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli 
bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash davrida aktivning amortizatsiyalanadigan 


150 
qiymati kamayib boradi. Ushbu usul bo‘yicha amortizatsiyani bir tekisda (to‘g‘ri 
chiziqli) hisoblash usulidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya me’yori ikki 
karraga oshirilib, mazkur hisobot davridagi tegishli asosiy vositaning qoldiq 
qiymatiga ko‘paytiriladi. Ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib 
boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashda taxminiy baholangan 
tugatish qiymati boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan chegirib tashlanmaydi. 
Ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida 
yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar obektining hisobot yili 
boshidagi qoldiq qiymati va ushbu obektning foydali xizmat muddatidan kelib 
chiqib hisoblangan va ikki karraga oshirilgan amortizatsiya meyoriga asoslangan 
holda aniqlanadi. 
Masalan: oldingi -misolda kompyuterning foydali xizmat muddati 5 yilga 
teng edi. Mos holatda, to‘g‘ri chiziqli usulda yillik amortizatsiya me’yori 20 % 
(100% / 5)ni tashkil etadi. Ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib 
boruvchi qoldiq usulida, amortizatsiya me’yori 40 % (2 x 20%) ga teng bo‘ladi. 
Ushbu 40 %dagi qatiy stavka har yil oxirida asosiy vositaning balans qiymatiga 
nisbatan ishlatiladi. 
5.3-jadval
Kompyuter bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari 
Amortizatsiya 
ajratmalari 
davri 
Boshlang‘ich 
(qayta tiklash) 
qiymat 
Amortizatsiyaning yillik 
summasi 
To‘plangan 
amortizatsiya 
Qoldiq 
qiymati 
1-yil oxiri 
1 100 000 
40% x 1100000= 440000 
440 000 
660 000 
2-yil oxiri 
1 100 000 
40% x 660000= 264 000 
704 000 
396 000 
3-yil oxiri 
1 100000 
40% x 396000=158 400 
862 400 
237 600 
4-yil oxiri 
1 100000 
40% x 237600=95 040 
957440 
142 560 
5-yil oxiri 
1 100 000 
(40%x 142560=57024 
«nazorat maqsadida") 
100000-57440= 42560 
1000 000 
100 000 


151 
Yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul)ga muvofiq, har bir yil uchun 
amortizatsiya 
me’yori amortizatsiya muddatining oxirigacha qoladigan 
amortizatsiyalanadigan qiymatning ulushi sifatida aniqlanadi. Ushbu ulush, 
amortizatsiya ajratmalari tugashigacha qolgan to‘liq yillar raqami (soni)ni 
amortizatsiya muddatini tashkil qiluvchi yillarning tartib raqami yig‘indisiga 
bo‘lish orqali aniqlanadi. 
Yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul)da yillik amortizatsiya ajratmalari 
summasi asosiy vositalar obektining tugatish qiymati chegirib tashlangan 
boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hamda maxrajida ob’ektning foydali xizmat 
muddati yillari yig‘indisi va suratida obektning foydali xizmat muddati oxirigacha 
qolayotgan yil soni (raqami) bo‘lgan nisbatdan kelib chiqib aniqlanadi. 
Masalan: oldingi -misolda kompyuter 5 yillik foydali xizmati muddatiga ega 
edi. Foydalanish yillari soni (raqamlari)ning yig‘indisi 15 (kumulyativ son)ni 
tashkil etadi. 
5.4-jadval
Kompyuter bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari
Amortizatsiya 
ajratmalari davri 
Amortizatsnya 
kilingan kiymat 
Amortizatsiyaning yillik 
summasi 
To‘plangan 
amortizatsiya 
1-yil oxiri 
1000 000 
(5/15x1000000)= 333333,3 
333333,3 
2-yil oxiri 
1 000 000 
(4/15x1000000)= 266666,7 
600000,0 
3-yil oxiri 
1 000 000 
(3/15x1000000)= 200000,0 
800000,5 
4-yil oxiri 
1000 000 
(2/15x1000000)= 133333,3 
933333,3 
5-yil oxiri 
1000 000 
(1/15x1000000)= 66666,7 
1000000,0 
Keyinchalik 
har 
bir 
kasrni 
1000000 
so‘mga 
teng 
bo‘lgan 
amortizatsiyalanadigan qiymatga ko‘paytirish yo‘li bilan har yilgi amortizatsiya 
summasi aniqlanadi: yani 5/15, 4/15, 3/15, 2/15,1/15. 
Soliq solish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida asosiy 
vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga nisbatan foizlarda yillik 
amortizatsiya me’yori belgilangan bo‘lib, ular xarajatlarga bir tekisda olib boriladi. 


152 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin