D. Q. Usmanova



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/131
tarix22.07.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#137099
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   131
sssss

Masalan: 
kompyuterning boshlang‘ich qiymati 1100000 so‘m, uning 
foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatish) qiymati 100000 so‘m, xizmat 
muddati 5 yil, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bo‘yicha yillik 
amortizatsiya me’yori amortizatsiyalanadigan qiymatdan 20%ni yoki 200000 so‘m 
((1100000-100000)/5=200000 so‘m)ni tashkil etadi. 
Hisobot yili davomida, qo‘llanilayotgan amortizatsiya hisoblashning usulidan 
qatiy nazar (ishlab chiqarish usuli bundan mustasno), asosiy vositalar obektlari 
bo‘yicha amortizatsiya ajratmasi har oyda, yillik summaning 1/12 miqdorida 
hisoblanib boriladi. 
Mavsumiy xarakterli ishlab chiqarishga ega korxonalarda foydalanilayotgan 
asosiy vositalar bo‘yicha yillik amortizatsiya ajratmalari summasi bir tekisda, 
korxona tomonidan hisobot yilida asosiy vositalardan foydalanish mobaynida
hisoblab boriladi. 
Asosiy vositalarning turli guruhlariga nisbatan amortizatsiyani hisoblashning 
turli usullarining qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilali. Bunda, asosiy vositalarning bir 
toifadagi obektlariga faqatgina bir usul qo‘llaniladi. 
Foydalanilayotgan 
amortizatsiya 
hisoblash 
usuli 
majburiy 
tartibda 
korxonaning hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Kalendar yil davomida hisob 
siyosatining o‘zgartirish mumkin emas. Xo‘jalik yurituvchi subektning hisob 
siyosatini quyidagi hollarda o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi: subekt qayta tashkil 
etilganda; mulk egalari almashganda; O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida yoki 
O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi meyoriy 
tizimda o‘zgarishlar bo‘lganda; buxgalteriya hisobining yangi usullari ishlab 
chiqilganda. 
Agar asosiy vositalardan foydalanishdan kutilayotgan iqtisodiy manfaatlarda 
muhim o‘zgarish sodir bo‘lsa, u holda amortizatsiya hisoblash usuli o‘zgarayotgan 
tendensiyani to‘la aks ettira oladigan tartibda o‘zgartirilishi mumkin, qachonki 
kelib chiqqan bunday holat amortizatsiya usulining o‘zgarishini oqlasa. 


153 
Bunday o‘zgartirish albatta hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Bunda, 
moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida ushbu o‘zgarishning sabablarini va 
ularning iqtisodiy samarasini ochib berish zarur bo‘ladi. 
Foydali xizmat muddati korxona tomonidan aktivning foydalanilishi 
kutilayotgan vaqt davri yoki korxona tomonidan ushbu aktivni ishlatishdan 
kutilayotgan mahsulot (ish va xizmatlar) miqdori. Asosiy vositalarning foydali 
xizmat muddati, korxona tomonidan asosiy vositalarning holatini yaxshilash 
maqsadida va shuningdek foydali xizmat muddatini oshirilishiga yoki texnologik 
o‘zgartirishlar hisobiga ushbu muddatni qisqartirilishiga olib keladigan amalga 
oshirilgan xarajatlarni hisobga olgan holda, qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 
Tugatish qiymati kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy 
vositalarni tugatishda olinadigan aktivlarning taxminiy baholangan summasidan 
asosiy vositaning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni ayirib tashlash 
natijasidagi qiymatdir. 
Asosiy vositalarning amortizatsiyalanidigan qiymatini hisoblashda tugatish 
qiymati muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Tugatish qiymatining miqdori jiddiy 
summani tashkil etmaydigan bo‘lsa, bunday holatda, amortizatsiyalanadigan 
qiymatni hisoblashda u hisobga olinmasligi mumkin. 
Agar tugatish qiymati muhim summani tashkil etsa, bunday holda, u asosiy 
vositalar sotib olingan sanada yoki qayta baholangan sanada belgilanishi shart. 
Tugatish qiymati asosiy vositalarning xizmat muddati oxirida tugatish bilan 
bog‘liq kutilayotgan xarajatlar summasiga kamaytirilishi kerak. 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin