1.Biologik resurslardan oqilona foydalanish.
Tabiiy resurslar orasida biologik boyliklar aloxida axamiyatga ega. Chunki, ular tugallanmaydigan resurslar bo‟lib maxsulotlarni cheksiz muddatda beradi. O‟simlik va hayvonot olami bir-birlari bilan o‟zaro bog‟liq. Agar o‟simlikning bir turi yo‟qolsa xasharotlarning 10 dan to 30 turigacha qirilishi mumkinligi aniklangan, yoki ba‟zi hayvonlar shu joyni tark etishi mumkin. Shu jixatdan karaganda o‟simlik va xayvonot dunyosi barcha joylarda saqlanishi zarur. Er kurrasida kariyb 1-1,5 mln. xayvon turlari yashaydi. Bu miqdor o‟simlik turlardan uch marta ko‟p. YUNESKO ma‟lumotiga ko‟ra, keyingi yuz yil mobaynida insonning xo‟jalik faoliyati 25 ming turdagi oliy o‟simliklar va 1 ming turdagi umurtkali xayvonlarning kirilib ketish xavfini keltirib chiqaradi.
O‟simliklarning inson xayotidagi axamiyati nixoyatda katta. Ular atmosferada kislorod balansini tartibga solib turadi, davolovchi va sanitariya- gigienik xususiyatlarga ega. O‟rmonlar xavodan is gazini ist‟emol qilib tirik organizm uchun nakadar zarur bo‟lgan kislorodni fotosintez yo‟li bilan etkazib beradi. Aniklanishicha, 1 ga maydondagi yaxshi xoldagi daraxtzor bir yilda 4,6-6,5t. is gazini yutib 3,5-5,0 t kislorod ishlab chiqaradi. Shuningdek, quruqdildagi fitomassa is gazini koll, dengiz va okeanlardagi fitoplanktonga nisbatan ikki marta ko‟p iste‟mol qilar ekan. Sayyoraviy miqyosda kislorod balansini barkarorlashtirishda shimoliy yarim shardagi igna bargli va tropik xamda subtropiklarning abadiy yam-yashil bargli o‟rmonlari eng ko‟p ahamiyatga ega.
O’zbekistonning biologik resurslari va ulardan foydalanish.
Respublika tabiiy sharoitlarining turli-tumanligi, uning biologik boyliklarining xam xar xil bo‟lishiga ta‟sir etadi. Xozirda o‟simliklarning 4168 turi mavjud bo‟lib, ularning 577 turi dorivor xisoblanadi.
O‟zbekistonning o‟rmon fondi 10 mln.ga, shundan qariyb 2 mln. ga maydon o‟rmon bilan qoplangan. O‟rmonli erlar tekislikda, qumli xududda 3 mln.ga, tog‟ yonbag‟irlarida 0,5 mln.ga. dan ziyod, kayirlardagi o‟rmonlar maydoni 31 ming ga, tog‟ vodiylaridagi to‟qay o‟rmonlar maydoni 23 ming ga. Respublikamiz o‟rmonlarga ancha kambagal, mamlakat xududining 5 ming ni tashkil qiladi. Avvallari, xattoki, XIX asrning o‟rtalariga qadar tog‟ yonbag‟irlarining 700-800 m balandligigacha keng bargli va mayda bargli o‟rmonlar tushub kelgan. Adirlar va past tog‟lar pista va bodomzorlar bilan koplangan edi, Zarafshon, Surxondaryo, Kashkadaryo, Zomin, So‟x, Sangzar va boshqa daryolar orqali qesilib bog‟langan xolda (sol kilib) o‟rmon yog‟ochlari oqizilgan. . «Turkestanskie vedomosti gazetasida bosilgan ( V. Lim, 1996) habariga qaraganda XIX asr oxirlarida Samarkandga har yili Panjikent va Koratepadan keng bargli o‟rmon yog‟ochlarini yoqish natijasida tayyorlangan 13440 fut (1fut-16 kg), archalarni kesib tayyorlagan 21120 fut ko‟mir keltirilgan, ya‟ni yiliga 16800 keng bargli va 17 ming dona archa daraxtlari kesilgan. Tog‟lardagi archazorlar, bodomzorlar, olmazorlar, olchazorlar tekislik va tok etaklaridagi shaharlarda yashovchi axoli tomonidan qurilish materiallar, “pista”
ko‟mir tayyorlash uchun to‟xtovsiz qirqilib turgan, tog‟lardagi daryo va soy vodiylarida topilgan mis, temir rudalaridan metall olishda ko‟plab daraxtlar kesib yoqilgan, shuning uchun ham tog‟ yonbag‟irlari va daryolar bo‟ylaridagi to‟qayzorlar o‟rmonlarga juda ham kambag‟al. Archazorlar siyrak, ba‟zan katta maydonlarda archa uchramaydi, ularni asosan 1800- 2000 m balandlikdan boshlab o‟sishi kuzatiladi.
Tekisliklarda ham qora va oq, saksovul, cherkez, kandim, shuvok, to‟qayzorlardagi tupangil, jiyda, tol asosan yoqilg‟i sifatida qirqilib turganligi tufayli ular endilikda siyrak uchraydi. Kashqadaryo, Zarafshon, Amudaryo, Surxondaryo, Chirchiqning to‟qayzorlari XX asrga kadar asosan qirqib buo‟lingan edi, faqat onda-sonda kichik maydonlarda dov-daraxtlar saqlanib qolgan. To‟qayzorlar keyingi yillarda bearmon yo‟q qilindi. Binobarin, insonning xo‟jalik faoliyati o‟rta asrlar, xususan XX-XIX asrlarda o‟simlik qoplamini ancha siyraklashuviga jiddiy ta‟sir etgan, XX asrda dov-daraxtlarni qirqish, yangi erlar ochish maqsadida to‟qayzorlarni yo‟q qilish davom etdi.
O‟zbekistonda o‟rmonlar geografik joylashuviga muvofik, uch toifaga bo‟linadi: 1)tog‟, 2)cho‟l va 3)to‟qay o‟rmonlari. Tog‟li xududlar mamlakatda 6634 ming ga. ga teng. O‟zbekiston Respublikasi O‟rmon komitasi (1995) ma‟lumotiga ko‟ra, shu maydonning 601,1 ming ga qismida o‟rmon o‟sishi mumkin, hozirgi kunda esa atiga 105 ming ga. dan ziyodrok xudud o‟rmon bilan band. Tog‟ yonbag‟irlarining o‟rmon bilan qoplanganlik darajasi 2,5 %. Tog‟ o‟rmonlariga uning siyrakligi, yakka xolda o‟suvchi daraxtlarning ko‟pligi, daraxtzorlar orasida yalang bo‟sh joylarning bisyorligi xos. Tog‟ o‟rmonlari asosini archazorlar, pistazorlar va yong‟oq mevali daraxtzorlar tashkil qiladi.
Archa o‟rmonzorlari uch turdagi, ya‟ni yarimsharsimon, Zarafshon va Turkiston archa turlaridan iborat. Zarafshon archasi (qora archa) keng tarqalgan va 1500-2300 m balandlikda uchraydi. Yarimsharsimon (sovur) archa 2000-2700 m balandlikda tarqalgan. Turkiston archasi asosan Turkiston tizma tog‟larida2200-3100 balandlikda uchraydi. Tog‟ o‟rmonlari orasida pistazorlar maydon jixatidan ikkinchi o‟rinni egallaydi. Pista-.kurg‟okchilikka chidamli va qimmat mevali daraxt.Pistazorlar sof xolda qurg‟oqchil tog‟ etaklari va past tog‟lar yonbag‟irlarida tarqalgan. Pistazorlarning asosiy qismi Bobotog‟ tizmasida (Surxondaryo, maydoni 50 ming ga), qisman Samarkand atrofida va boshka tog‟li hududlarda uchraydi. Archazorlar bilan pistazorlar oralig‟ida bodomzor, yong‟ok, tog‟ olcha, olma, o‟rik, do‟lana, na‟matak, qora qand va boshka daraxtlar hamda butali o‟rmonzorlar joylashgan. Ular ko‟plab meva berishi bilan birga, yonbag‟irlarni surilma va eroziyadan muxofaza qiladi.
Tog‟ o‟rmonlarining ahamiyati beqiyos katta, lekin aholi yoqilg‟i va qurilish materiallari bilan barcha joylarda yetarli ta‟minlanmaganligi tufayli o‟rmonlarni qirqish xollari uchrab turadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, ayniqsa qurilish materiallarining qimmatligi aholi yonbag‟irlardagi daraxtlarni qirqishga undaydi. Toshkent viloyatining Bo‟stonlik tumanida har bir oila bir yilda yoqilg‟i sifatida o‟rtacha 15-20 m3 o‟tin to‟playdi. Qurigan daraxt va butalar bilan birga o‟sib turgan daraxtlar ham qirqiladi. Umuman Ugom, Chotqol mintakasida har yili kamida 21 ming m daraxt va butalar qirqiladi. Agar bu miqdorni boshka tolli viloyatlarni ham qo‟shib hisoblasak katta hajmda o‟tin tayyorlanishi ayon bo‟ladi.
Cho‟l mintaqasida o‟rmonlarning ahamiyati nihoyatda ulug‟vor. Qumli cho‟lda qumlarning ko‟chib yurishini to‟xtatsa, sug‟orma yerlarda tuproqni uchib ketishiga to‟g‟anoq bo‟ladi, yaylovlarda buta va daraxtlarning mavjud bo‟lishi qorako‟l ko‟ylari iste‟mol qiladigan turli xil o‟t-o‟lanlarning o‟sishiga imkon beradi. Ok va qorasaksovul, cherkez, kandim o‟rmon hosil qiluvchi daraxt va butalar hisoblanadi. Ular zich o‟sgan joylarda yaylovlar maxsuldorligi gektariga 2
s. dan kam bo‟lmaydi, ba‟zan 4-5 s. gacha ko‟tariladi.
Ammo Respublikaning cho‟l qismida geologik-qidiruv ishlarining faollashuvi,
avtotransport harakatining kuchayishi, turli ma‟danlarni qazib olishning keng mikyosda amalga oshirilayotganligi, shaharchalar qurilayotganligi yaylovlar
maydonini qisqarishiga sabab bo‟lmoqda, mavjud o‟rmonlar qirqilmoqda. Xisob- kitoblarga qaraganda 1 km masofada magistral quvurlar o‟tkazilishi kamida 4 ga maydondagi yaylovlarning buzilishiga ta‟sir etadi.
Cho‟l mintakasida hozirga kelib 1 mln. ga maydonda harakatdagi qumlar vujudga kelgan, ularda hech qanday o‟simlik o‟smaydi va yaylov sifatida foydalanilmaydi. SHuningdek, 5 mln. ga maydonda maxsuldorligi juda ham kam bo‟lgan (gektariga 0,5 s. ) yaylov vujudga kelgan, bu xududda xarakatchan qum massivlari ustuvorlikka ega. Ular mavjud yaylovlardan to‟g‟ri foydalanmaslik oqibatida tarkib topgan. Voxalar(Buxoro, Korakul, Qoraqalpog‟iston, xususan To‟rtko‟l, Ellikqal‟a) bilan qumli cho‟llarni bir-birlari bilan tutashgan mintaqalarida 200 ming ga maydonda harakatdagi (barxanli) qum shakllari mavjud. Bu xol yoqilg‟i sifatida saksovullar, cherkez, chogonni qirqish natijasida vujudga kelgan.
To‟qayzorlar yildan yilga kamayib bormoqda. 1978-yilda ularning maydoni 78 ming ga, 1983-yilda 34 ming ga, 1992-yilda 31 ming gektargacha kamaydi. Amudaryo del‟tasida daraxtli butali to‟qaylarning maydoni cho‟llashish munosabati bilan, ayniqsa, juda tez qisqarmoqda. 60-yillarga kadar xududda tukayzorlar maydoni 270 ming ga bulgan xolda ularning maydoni xozirda 10-15 marta kamaydi. 70-80-yillarda paxta maydonlarini kengaytirish baxonasida daryolar uzanlariga- kadar yangi erlar ochildi, shuning uchun xam kup tukayzorlar ayni shu davrda butunlay yukoldi. Uzbekistonda xayvonot dunyosining 600 ga yakin turi yashaydi, sut emizuvchilarning 97 turi, kushlarning 379 turi; sudralib yuruvchilarning 58 turi mavjud. Respublika tabiatni muxofaza kilish davlat kumitasining ma‟lumotiga kura, Uzbekistonda ov kilinadigan va balik tutiladigan joylarning maydoni 38 mln.ga dan iborat, shundan 0,5 mln. ga suv xavzalariga tugri keladi. Xap yili urtacha 60 ming tacha suvda suzuvchilar, taxminan 2 ming tustovuk, 13 ming kaklik, 500 bosh yovvoyi tungiz, bir necha mingga saygok, 50 mingdan 100 mingtagacha toshbaka, 10000-100000 tagacha kurbaka va boshka xayvonlar ov kilinadi. Albatta, bular rasmiy ma‟lumotlar, aslida ov kilinadigan xayvonlar, ayniksa, kushlar soni bundan kup, brokon‟erlar tutgan va otgan xayvonlar mikdorini xech kim xisob-kitob kilmaydi. SHuning uchun xam respublikada nazorat urnatilishiga karamasdan ov kilinadigan xayvonlarning soni borgan sari kamayib bormokda.
Dostları ilə paylaş: |