217
Bozor munosabatlariga o‘tish xodimlarga yana aksiya va obligatsiyalar
bo‘yicha dividend va foizlar tarzida boshqa
manbalardan daromad olish
imkoniyatini berdi.
Bir xodimning mehnat daromadlari, korxona faoliyatining pirovard natijasini
hisobga olgan holda, uning qo‘shgan hissasi bilan aniqlanadi,
soliq bilan tartibga
solinadi va maksimal miqdori cheklanmaydi. Lekin xodimlarning minimal ish haqi
miqdori bor va u qonunchilik bilan belgilanadi.
Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to‘lashni
yuridik asosini mehnat to‘g‘risidagi qonuniy hujjatlar,
korxonalarning jamoat
shartnomalari va boshqa muayyan meyoriy hujjatlar tashkil etadi.
Daromadlarni indeksatsiya qilish va pulning qadrsizlanishi bilan bog‘liq
bo‘lgan aholi zararlarini qoplash ijtimoiy kafolatdagi yangilik bo‘lib hisoblanadi.
Aholini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab - quvvatlashda ijtimoiy sug‘urta, pensiya
fondi, bandlik fondi va boshqa davlat budjetidan tashqari fondlari alohida o‘rin
egallaydi. Ularning tashkil etilishi tegishli qonuniy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Barcha budjetdan tashqari fondlar maxsus maqsadli ajratmalar va boshqa manbalar
hisobidan tashkil etilib, davlat budjetidan ajralgan holda faoliyat ko‘rsatadi va
muhim ijtimoiy tadbirlar va rejalarni moliyalashtirishda foydalaniladi.
Mehnat va unga haq to‘lash hisobi korxonaning
hisob tizimida asosiy
o‘rinlardan birini egallaydi va u mehnatning son hamda sifati, istemolga
yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish
ustidan operativ nazoratni
ta’minlashga qaratilgan.
Xo‘jalik yuritishning yangi sharoitida mehnat va unga haq to‘lash hisobining
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- soliqlar va ish haqidan ushlanmalar ham qo‘shilgan holda korxona xodimlari
bilan mehnatga haq to‘lashga doir hisob-kitoblarni o‘z vaqtida olib borish;
- hisoblangan ish haqi va sug‘urtaga ajratmalar summasini xarajatlar
schyotlariga o‘z vaqtida hamda to‘g‘ri o‘tkazib borishni ta’minlash;
- boshqarish va zaruriy hisobotlarni tuzish uchun mehnat va ish haqi bo‘yicha
ko‘rsatkichlarni operativ yig‘ish va guruhlash;
218
- ishchi-xodimlar soni, ularning mehnat
unumdorligi va ish vaqtidan
foydalanishini doimiy nazorat qilishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: