241
- oyning birinchi yarmi uchun avans berish bo‘yicha to‘lov qaydnomalari;
- rejasiz avanslar berish bo‘yicha kassa-chiqim orderlari va h. k.
Hisoblash qaydnomasi analitik hisob registri bo‘lib hisoblanadi, chunki u har
bir
tabel nomeri, sexlar, xodimlar kategoriyalari, to‘lov va ushlanmalar turlari
bo‘yicha tuziladi. To‘lov qaydnomasi quyidagi ko‘rsatkichlardan iborat:
- to‘lov turlari bo‘yicha hisoblandi – 6710 schyotning kredit oboroti
bo‘yicha;
- to‘lov va zachet turlari bo‘yicha ushlandi va zachet qilindi – 6710
schyotning debet oboroti;
- qo‘liga tegadigani yoki korxonaning oy oxiriga qarzi – 6710 schyotning
kredit saldosi.
Hisoblash qaydnomasining oxirgi ko‘rsatkichi pirovard hisoblashish bo‘yicha
to‘lov qaydnomasini tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Korxonaning ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishini
rasmiylashtirishda
bir qancha variantlar qo‘llaniladi:
- hisoblashish-to‘lov qaydnomaslarini tuzish yo‘li bilan. Bunda ikki registr
birlashtirilgan: hisoblash va to‘lov qaydnomasi, ya’ni bir vaqtning o‘zida to‘lashga
tegishli summa hisoblanadi va u beriladi (to‘lanadi);
- hisoblash qaydnomasini tuzish yo‘li bilan, to‘lash esa to‘lov qaydnomasi
bilan amalga oshiriladi;
- har ish oyi uchun (hisoblandi, ushlandi, qo‘liga tegadigani) «Ish haqi
hisoblash» varaqalarini mashinalarda tuzish yo‘li bilan. Bunga asosan ish haqi
berish uchun to‘lov qaydnomasi tuziladi.
Moliyalash manbaidan qat’iy nazar korxonaning
mehnat haqi xarajatlari
tarkibiga mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qilingan barcha xarajatlar, jumladan
qonun bo‘yicha xodimlarning ishlamagan vaqti uchun hisoblangan o‘rtacha ish
haqi, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, kompensatsiya to‘lovlari kiradi.
YUqorida ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qilingan xarajatlarning
barchasi xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan mahsulot (ish va
xizmat)lar tannarxiga kiritiladi yoki davr xarajatlariga o‘tkazilib, keyin har oyda
242
hisobot davri foydasini kamaytirishga yo‘naltiriladi. Mehnat haqi fondidan
foydalanish ustidan nazoratni asosan korxona rahbari olib boradi.
2002-yilning 1-oktabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar,
korxonalar va tashkilotlarning mehnatga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan
mablag‘larini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Bu o‘z
navbatida
mehnat haqi fondidan foydalanish ustidan olib boriladigan ichki nazoratni
kuchaytirishni taqozo etadi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli tarkibida hisobot, haqiqiy
hisoblangan mehnat haqi fondini hisoblab chiqish va rejali fonddan foydalanish
ustidan nazorat qilish uchun maxsus registrlar nazarda tutilgan. Bu maqsad uchun
sanoatda 5-«Hisoblangan ish haqining tarkibi va xodimlar kategoriyalari bo‘yicha
yig‘ma va ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishlar bo‘yicha yig‘ma»
ishlov
berish jadvalidan foydalaniladi. Bu har oyda hisoblash qaydnomalariga asosan
tuziladi.
Haqiqatan ham bu jadval 6710-schyotning ma’lumotlarini tahlil qilish, 8,
10/1
jurnal-orderlariga,
7-qaydnomasga
soliq
ushlanmalari
bo‘yicha
ma’lumotnoma tuzish va oy oxiriga qolgan qoldig‘ini bosh daftar bilan taqqoslash
imkoniyatini beradi. CHunonchi, 8 - jurnal-orderga yozish uchun ishchi va
xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan soliqlar summasi to‘g‘risidagi
ma’lumotnoma 6410-schyotning kredit ma’lumotlariga
asosan tuziladi; 10/1
jurnal-orderiga yoziladi 6710-schyotning krediti 6520-schyotning debeti bo‘yicha;
7-qaydnomaga – 4710-schyotning krediti bo‘yicha, 6990-schyotning krediti
bo‘yicha yoziladi.
Dostları ilə paylaş: