D. Q. Usmanova



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/131
tarix22.07.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#137099
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   131
sssss

 
 
8.6. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarning 
sintetik hisobi 
Xodimlarga tegishli ish haqi, mukofot, nafaqalar hisoblashni amalga oshirish 
bilan bir vaqtda bu summalar korxona buxgalteriyasida tegishli registrlarda 
hisobga olib boriladi. 


243 
Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan ishlab chiqarish xususiyatiga 
ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, 
xizmat) lar tannarxiga o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan 
mehnatga haq to‘lash xarajatlariga quyidagilar kiradi: 
- xo‘jalik yurituvchi subektda qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari va 
tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim 
maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab 
chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan 
ishni 
hisobga 
olish 
bo‘yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan 
rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar; 
- kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar; 
- ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsiya tusdagi 
to‘lovlar, shu jumladan: 
- texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari 
vaqtda, dam olish va bayram kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va 
okladlarga ustamalar va qo‘shimcha haq; 
- smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo‘shib olib borganlik va xizmat 
ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar; 
- hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha og‘ir, 
zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu 
jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar; 
- aloqa, temir yo‘l, daryo, avtomobil transporti va katta yo‘llar xodimlarining va 
doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan yoki qatnov tusiga ega bo‘lgan boshqa xodimlarning 
ish haqiga, xo‘jalik yurituvchi subekt joylashgan joydan jo‘nagan paytidan boshlab 
shu joyga qaytib kelgan paytigacha to‘lanadigan yo‘lda o‘tgan har bir sutka uchun 
to‘lanadigan ustamalar; 
- qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band 
bo‘lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan 
ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning ko‘chma va qatnov xususiyati uchun 
ustama; 


244 
- doimiy ravishda er osti ishlarida band bo‘lgan xodimlarga ularning shaxtada ish 
joyiga jo‘nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha o‘tadigan normativ vaqt 
uchun qo‘shimcha haq; 
- mehnatga haq to‘lashning rayonlar bo‘yicha tartibga solinishiga, shu jumladan 
rayon koeffitsientlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho‘l, suvsiz va 
yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsentlar bilan belgilangan to‘lovlar; 
- xo‘jalik yurituvchi subekt joylashgan joydan ish joyiga va orqaga qaytadigan 
yo‘lda o‘tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, 
shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko‘ra va transport 
tashkilotlarining aybi bilan yo‘lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, 
oklad miqdorida to‘lanadigan summalar; 
- ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun 
hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining 
normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish 
kunlari, uchun haq to‘lash; 
-ishlamagan vaqt uchun haq to‘lash: 
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi va qo‘shimcha ta’tillar, 
navbatdagi foydalanilmagan va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, 
o‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi 
tanafuslar, shuningdek tibbiy ko‘riklardan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq 
to‘lash; 
- majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan 
holda haq to‘lash; 
- donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan 
har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to‘lash; 
- davlat vazifalarini bajarganlik uchun mehnat haqi to‘lash; 
- xo‘jalik yurituvchi subekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular 
tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ishlar 
bajarilganligi uchun haq to‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-


245 
kitob xo‘jalik yurituvchi subektning o‘zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat 
shartnomasi ham shu jumlaga kiradi; 
- belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar 
mehnatiga haq to‘lash fondiga kiritiladigan to‘lovlarning boshqa turlari. 
Barcha bu mehnat xarajatlari bevosita quyidagi schyotlarning debeti bo‘yicha 
2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«YOrdamchi ishlab chiqarish», 2510-
«Umum ishlab chiqarish xarajatlari», 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz 
mahsulotlar», 2710-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar» 3100- «Kelgusi davrlar 
xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar 
bilan hisoblashishlar» schyotining krediti bo‘yicha aks ettiriladi. 
Ishchilarning ta’til vaqti uchun hisoblangan ish haqi summasiga 8910-
«Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari» (agar korxonaga bunday zaxira 
mablag‘larini tashkil qilish huquqiy berilgan bo‘lsa) schyoti Debetlanib 6710-
«Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi va 15-
qaydnomasga binoan 10 va 10/1 jurnal-orderlarida aks ettiriladi. 
Ishga qobiliyatsizligi bo‘yicha nafaqa va ijtimoiy sug‘urta organlari 
mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan boshqa to‘lovlar 6520-«Maqsadli davlat 
jamg‘armalariga to‘lovlar» schyotining Debeti va 6710-schyotning kreditiga 
yozilib 10/1 jurnal-orderida aks ettiriladi. 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin