Amaliy mashg’ulot 4 Reja



Yüklə 16,43 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü16,43 Kb.
#165256
  1   2
ish yuritish 4


Amaliy mashg’ulot 4

Reja:

1. Mohiyatiga ko‘ra buyuqlarning turlarini tushuntiring.


2. Buyruqlar qaysi tartibda saqlanadi?
3. Buyruqning zaruriy qismi keltirilsin.
4. Buyruqning asosiy matni va farmoyish qismlari qanday tarkib topishimumkin?
5. Farmoyishni yozilish tartibi qanday?
6. Bayonnoma qanday hujjat?
7. Bayonnomani tuzishdagi zaruriy qismlari.
8. Pochta jo‘natmalariga qanday ma’lumotlar yozib qo‘yiladi?
9. Adres so‘zi nimalarni ifodalaydi?
10. Adreslarga ajratishdagi shartli raqamlar nimalarni ifodalaydi?
11. Pochta manzili qaysi tartibda ko‘rsatiladi?
12. Shaxsan murojat qilib xat yozish usuli nimalardan iborat?
13. Arizaning zaruriy qismlari sanab o‘tilsin?

1.
Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo’linadi: asosiy faoliyatga
oid vakadrlarga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim
saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar doimiy, kadrlarning shaxsiy
tartibiga oidbuyruqlar esa 40 yilgacha muddatda saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki
uning bo’limlari faoliyatini tartibga solishda qo’llaniladi. Ular odatda,
yuqori tashkilotlardan kelgan ko’rsatmaviy hujjatlar xodimlarga etkaziladi,
bularning ijrochi yuzasidan tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va
bajarish muddatitayinlanadi.
Ichki mehnat tartibi qoidalari mukofotlash nizomi va shu kabilarni
tasdiqlash bilan bog’liq normativ buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid
buyruqlarga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo’lib, muayyan bir
shaxsga emas, balki butun jamoaga qaratiladi.
Buyruqning zaruriy qismlari:
1. Gerb, muassasa alomati, mukofoti (bosma ish qog’ozi qismlari).
2. Vazirlik, boshqarma nomi.
3. Muassasaga xos raqami (KTUT bo’yicha).
4. Hujjat shaklining xos raqami (BXUT bo’yicha).
5. Muassasa nomi.
6. Hujjatning nomi (Buyruq).
7. Sanasi.
8. Raqami (No).
9. Buyruq chiqqan joy nomi.
10. Sarlavhasi (mazmunidan kelib chiqib nomlanadi).
11. Buyruq matni (ilovalari bo’lsa qayd qilinadi).
12. Rahbar yoki o’rinbosar imzosi.
Buyruqda adliya maslahatchisi imzosi ham bo’lishi lozim. Adliya
maslahatchisi buyruqni ko’rishda quyidagilarga e’tibor beradi: masalani
buyruq bilan rasmiylashtirish maqsadga qanchalik to’g’ri keladi: buyruq
loyihasi amaldagi qonunlarga hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq
keladi; mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlari bilan ziddiyat yo„qmi
yoki ularning qisman takrori bo’lib qolayaptimi?
Asosiy faoliyatga oid buyruqlarda, odatda mazmunidan kelib chiqib
Sarlavha qo’yiladi (ba‟zi qisqa buyruqlarda qo’yilmasligi ham mumkin).
Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish
qismlardan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad,
shart-sharoitlar, sabablar ko’rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa
havola qilinadi (nomi, sanasi, raqami yoziladi). Ayrim hollarda buyruqqa
asos bo’lgan hujjat uning farmoyish qismi tegishli bandida ham
ko„rsatiladi. Ba‟zi buyruqlarni asoslashga xojat bo’lmasligi mumkin,
bunday hollarda ular to’g’ridan-to’g’ri farmoyish qismi bilan ham
berilaveradi.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan bosh harflar bilan
yoziladigan “BUYURAMAN” so’zi bilan boshlanadi. Zaruriyatga qarab
farmoyishlar bandlarga bo’linib, arabcha tartib raqamlar bilan belgilanadi.
Raqamdan so’ng nuqta qo’yilib, so’z bosh harfdan boshlanadi.
Farmoyishlarda odatda kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarish
Ko’rsatiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi (“Amalga
oshirilsin”, “ta’minlansin”, “yuklatilsin”, ”hisoblansin”,...). Bajaruvchilar-
muassasa yoki tarkibiy qismlari (bo„limlari), mansabdor shaxslar
(lavozimlari ko’rsatilgan holda) ko’pincha jo’natish kelishigida qayd
qilinadi.
Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kelib chiqib
umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq ko’rsatilishi mumkin.
Buyruq imzo chekilgandan so’ng kuchga kiradi. Lekin ayrim bandlarning
farmoyishda unga tegishli kuchga kirish muddati aniq ko’rsatilgan bo’lishi
kerak.
Buyruq farmoyish qismining oxirida, odatda, umuman mazkur
buyruqning nazorat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo„yiladi:
«Buyruq ijrosini nazorat qilish ...ga yuklatiladi.» (lavozimi va familiyasi
To’liq yoziladi). Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruq yoki individual
buyruqlar biror xodim ishga qabul qilinganda yoki bo’shatilganda, boshqa
bo’limga o’tkazilganda, shuningdek, muayyan xodim mukofotlanganda,
mehnat ta’tiliga chiqqanda va shu kabi hollarda beriladi. Bunday
buyruqlar, odatda, bo’limlar rahbarlari tavsiyanomasi, shaxsiy arizalar va
shu kabilar asosida tayyorlanadi.

4.
Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish
qismlardan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad,
shart-sharoitlar, sabablar ko’rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa

havola qilinadi (nomi, sanasi, raqami yoziladi). Ayrim hollarda buyruqqa


asos bo’lgan hujjat uning farmoyish qismi tegishli bandida ham
ko’rsatiladi. Ba’zi buyruqlarni asoslashga xojat bo’lmasligi mumkin,
bunday hollarda ular to’g’ridan-to’g’ri farmoyish qismi bilan ham
berilaveradi.

5.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan bosh harflar bilan
yoziladigan “BUYURAMAN” so’zi bilan boshlanadi. Zaruriyatga qarab
farmoyishlar bandlarga bo’linib, arabcha tartib raqamlar bilan belgilanadi.
Raqamdan so’ng nuqta qo’yilib, so’z bosh harfdan boshlanadi.
Farmoyishlarda odatda kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarish
Ko’rsatiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi (“Amalga
oshirilsin”, “ta’minlansin”, “yuklatilsin”, ”hisoblansin”,...). Bajaruvchilar-
muassasa yoki tarkibiy qismlari (bo’limlari), mansabdor shaxslar
(lavozimlari ko„rsatilgan holda) ko’pincha jo„natish kelishigida qayd
qilinadi. Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kelib chiqib
umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq ko’rsatilishi mumkin.
Buyruq imzo chekilgandan so’ng kuchga kiradi. Lekin ayrim bandlarning
farmoyishda unga tegishli kuchga kirish muddati aniq ko’rsatilgan bo’lishi
kerak.


Yüklə 16,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin