248
- chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda
sarflangan xarajatlarni
kuzatish va nazorat o‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va
kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish;
- ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni baholash va moliyaviy natijalarni
hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash;
- sub’ekt tarkibiy bo‘linmalari ishlab chiqarish
faoliyatining iqtisodiy
natijalarini aniqlash va baholash;
- uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish texnologiyalarining
qoplanishi, bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha rentabellik
darajasi, ularga qo‘yilgan kapitallarning samaradorligi va faoliyati bo‘yicha
boshqaruv hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyasiya moddalari bo‘yicha
ishlab
chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari,
mahsulot turlari
bo‘yicha buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish hamda
mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilishdan asosiy
maqsad ishlab chiqarish va
sotish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z vaqtida, to‘laligicha va haqqoniy aniqlash, shu
bilan birga ayrim mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash hamda korxona
resurslari va pul mablag‘larining ishlatilishi ustidan nazoratni o‘rnatishdir.
Dostları ilə paylaş: