Texnikaviy chizmalarni chizish va rasmiylashtirishda Davlat standartlari (D.st.) belgilagan qoidalarga amal qilish zarur.
Standartlar muntazam ravishda qaytadan ko’rib chiqiladi, mukammallashtiriladi va to’ldirib boriladi. 1996 yilda amaldagi standartlar mamlakatimizda sanoat va qurilishning butun tarmoqlari konstruktorlik hujjatlarini bajarishning yagona qoidalarini yaratish maqsadida qayta ko’rib chiqildi va tasdiqlandi.
D.st. 2.305-96 quyidagicha ifodalanadi: 2 raqami konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi; nuqtadan keyingi Davlat standartining klassifikasion guruhini ifodalovchi raqam (3 – «Chizmalar chizishniig umumiy qoidalari»); ikki raqamli son guruhdagi standart raqami (05 – «Ko’rinishlar, qirqimlar, kesimlar») va tiredan keyingi ikki raqam (96) standartning ro’yxatdan o’tkazilgan (1996) yilini ko’rsatadi.
Bundan buyon davlat standartlari D.st. 2.301-96 deb, qolgan standartlar tartib raqamlari bilan ifodalanadi.