Mavzu: Qiyoslash turlari Reja qiyoslash turlari Qiyoslashga tayyorgarlik



Yüklə 30,24 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü30,24 Kb.
#203312
  1   2   3
m s o\'zim (2)




Mavzu: Qiyoslash turlari
Reja
1 Qiyoslash turlari
2 Qiyoslashga tayyorgarlik
3 Mahalliy qiyoslash
4 Foydalanilgan adabiyotlar

Qiyoslash turlari


1 Turli guruhlar va turlarga oid o’lchash vositalarini qiyoslashni o’tkazish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Biroq qiyoslashni o’tkazishning uslubiy asoslari barcha o’lchash vositalari uchun, asosan, umumiy.O’lchash vositalarini qiyoslashni o’tkazishda qiyoslovchi ishchi va namuna o’lchash vositalarini qiyoslashga oid davlat, tarmoq standartlari, korxona standartlari va boshqa ilmiy-texnikaviy hujjatlar (ITH)ga amal qiladi.
Qiyoslash jarayoni ayrim bosqichlardan iborat bo’ladi. “Qiyoslash operasiyasi” bosqichida qiyoslovchi operasiyalarni o’tkazish ketma-ketligi tekshiriladi. Bunda shuni hisobga olish zarur:
ayrim operasiyalarni o’tkazishda salbiy natijalar olingan holda qiyoslash to’xtatilishi lozim. Qiyoslash bo’yicha operasiyalarni tayyorlashda qiyoslash uchun quyidagilarni nazarda tutishi lozim: qiyoslanayotgan o’lchash vositalarining ayrim metrologik ko’rsatkichlarini aniqlaydigan operasiyalarning nomlarida “qiyoslash” atamasi o’rniga “aniqlash” so’zini qo’llash, ko’rsatkichlarni aniqlashga oid bo’lmagan hollarda esa “tekshirish” so’zini qo’llash lozim (o’lchash vositalari elementlarining o’zaro ta’siri va h.). Qiyoslashga tayyorlanish jarayonida qiyoslovchi namuna va yordamchi qiyoslash vositalarining ro’yxatini tekshiradi. Yordamchi qiyoslash vositalari jumlasiga yordamchi o’lchash vositalari, yordamchi qurilmalar va qiyoslash moslamalari kiradi. Namuna va yordamchi o’lchash vositalari uchun ro’yxatda ularning me’yoriy-texnik tavsiflari, ya’ni mazkur o’lchash vositalariga oid standartlar tartib raqamlari, tiplarining standartlarda belgilangan yoki Davlat reyestrida qabul qilingan belgilari, namuna o’lchash vositalari uchun esa umumdavlat qiyoslash sxemalarida qabul qilingan razryadlari ko’rsatilgan. Yordamchi qurilmalar va qiyoslash moslamalari uchun ro’yxatda ularning texnik tavsiflari, ularga oid ITHda qabul qilingan belgilashlari yoki standartlar tartib raqamlari ko’rsatiladi. Qiyoslanayotgan o’lchash vositalarining metrologik tavsiflarini talab qilinayotgan aniqlik bilan topish uchun ro’yxatga bitta operasiyaning o’zi uchun bir-birini takrorlaydigan qiyoslash vositalari kiritilishi mumkin.
Qiyoslash shartlari bilan tanishishda mas’ul shaxs qiyoslanayotgan o’lchash vositalarining metrologik ko’rsatkichlariga ta’sir etuvchi fizik kattaliklarni, ularning nominal qiymatlarini va og’ishlarni qiyoslashda ruxsat etiladigan chegaralarini ko’rsatib, tekshiradi. Ta’sir etuvchi kattaliklarga harorat, namlik, atrofdagi havo bosimi, qiyoslash o’tayotgan
muhitning bosimi, harorati va fizikaviy-kimyoviy xossalari: ta’minot tokining chastotasi va kuchlanishi; titrash va silkinish; magnit va elektr maydonlari; garmonikalarning borligi kiradi.



Yüklə 30,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin