Mahalliy qiyoslash
Mahalliy qiyoslash sxemasini davlat metrologik xizmati (DMX) idorasi bilan kelishilgandan so’ng korxona me’yoriy hujjati sifatida ishlab chiqiladi. Mahalliy qiyoslash sxemalarini, shuningdek, metrologik institutlar yoki DMX yuqori idoralari bilan kelishadigan DMX hududiy idoralari tuzadilar. Fizik kattaliklarni o’lchash vositalari uchun davlatlararo qiyoslash sxemalarini ushbu kattalik birligining davlat etalonini saqlovchi bo’lib hisoblanuvchi davlat etalonlari bosh markazi ishlab chiqadi. Etalondan ishchi o’lchash vositalariga o’lchash birliklari o’lchamini to’g’ri uzatishni ta’minlash uchun davlat etaloni, razryadli etalonlar va ishchi o’lchash vositalarining metrologik tengligini o’rnatuvchi qiyoslash sxemalari tashkil etiladi. Markazlashgan holda qayta tiklashda birliklar o’lchami to’g’risidagi axborotlarni uzatish sxemalari qiyoslash deb ataladi. Qiyoslash sxemasi – bu hujjatlarda o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan davlat etalonidan yoki boshlang’ich namunaviy o’lchash vositasidan ishchi o’lchash vositalari fizikaviy kattaliklar birligining o’lchamini uzatish usuli va aniqligini belgilovchi vosita. Qiyoslash sxemasi davlat va mahalliy qiyoslash sxemalari bo’lishi mumkin.
Davlat qiyoslash sxemasi mamlakat miqyosida birliklar o’lchami to’g’risida ma’lumotlarni uzatishni o’rnatadi. Unga davlat yoki maxsus etalonlar boshchilik qiladi. Mahalliy qiyoslash sxemalari davlat va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari uchun mo’ljallagan bo’ladi. Barcha qiyoslash sxemalari davlat qiyoslash sxemasida aniqlingan metrologik tengligi talablariga muvofiq bo’lishi lozim. Davlat qiyoslash sxemalari “O’zstandart” agentligining “Milliy etalonlar markazi” davlat muassasasi va Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (SMSITI) tomonidan ishlab chiqiladi. Mahalliy qiyoslash sxemalari ushbu mahkamaning o’ziga xos xusisyatlariga davlat qiyoslash sxemalarini qo’llash talablarini aniqlashtiradi. Unga ishchi etalonlar boshchilik qiladi. Davlat qiyoslash sxemalarini “O’zstandart” agentligi, mahalliy qiyoslash sxemalarini esa mahkamaviy metrologik xizmatlar yoki korxona rahbariyati tasdiqlaydi. davlat etalonlaridan ishchi o’lchash vositalariga birliklar o’lchamini
uzatish to’g’risidagi axborotlarni uzatish sxemalarining variantlaridan biri keltirilgan. Unda ko’rinib turibdiki, ikkilamchi etalonlardan quyi turuvchi (1- , 2- , 3- va 4- razrayadli) etalonlarga va ishchi o’lchash vositalariga birliklar o’lchami to’g’risidagi axborotlarni uzatish tartibi keltirilgan. Boshqa o’lchash vositalariga birliklar o’lchami to’g’risidagi axborotni uzatish uchun ishchi o’lchash vositalaridan foydalanish ruxsat etilmaydi. Davlat qiyoslash sxemasining umumiy ko’rinishi tarkibini ko’rib chiqamiz . Etalonlarning nomi va ishchi o’lchash vositalari oddiy to’rtburchakda (davlat etaloni ikki chiziqli to’rtburchakda) joylashtirilgan. Bu yerda ushbu sxema pog’onasi uchun metrologik tavsiflarni ko’rsatadi. Sxemaning quyi qismida ishchi o’lchash vositalari aniqlik sinfi darajasiga (ya’ni o’lchash xatoligi) bog’liq ravishda beshga bo’lingan: eng aniqlik, o’ta aniqlik, yuqori aniqlik, o’rtacha aniqlik va eng past aniqlikdagi ishchi o’lchash vositalari joy olgan. Eng yuqori aniqlik, odatda, davlat etaloni o’lchash vositasi xatoligi darajasi bo’yicha solishtiriladi. Qiyoslash sxemasining har bir pog’onasi birliklar o’lchamini uzatish tartibi bilan reglamentlanadi. Qiyoslash uslubiyatlarining nomlari ovallardan o’rin oladi, ya’ni qiyoslash usulbiyatlarining ruxsat etilgan xatoligi ko’rsatiladi. O’lchash vositalarini texnik sertifikatlashtirish layoqatlik (omilkorlik) va mustaqillikka akkreditasiyadan o’tgan sinov laboratoriyalari markazlarining sinov natijalarini hisobga olib va akkreditlangan o’lchash vositalarini sertifikatlashtirish idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Sinovlarni o’tkazish faqat texnik layoqatligiga akkreditlangan laboratoriya markazlarda, sertifikatlashtirish idorasi bilan lisenziya kelishuvi mavjud bo’lganda ruxsat etiladi. Bunday holatlarda natijalarning xolisonaligi va ishonchliligi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Sertifikatlashtirish idoralarini akkreditlashtirish milliy akkreditlashtirish tizimidagi akkreditlashtirish idorasi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tekshiruvi va nazorati qo’llaniladigan sohalarda foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan va import bo’yicha keltiriladigan o’lchash vositalari (O’V) davlat sinovlaridan o’tkazilib, ularning turini tasdiqlanishi yoki metrologik attestatlanishi lozim. Davlat sinovlarini o’tkazish, turini tasdiqlash va O’Vni Davlat ro’yxatiga kiritish ishlarini “O’zstandart” agentligi bajaradi. Tayyorlovchi tasdiqlangan O’Vga yoki ularning ekspluatasion hujjatlariga Davlat ro’yxatining belgisini yozishi shart. Boshqa davlatlarning o’lchash vositalarini sinash va metrologik attestatlash natijalari tuzilgan shartnomalar va bitimlarga muvofiq tan olinadi.
O’Vning turini tasdiqlash maqsadida sinovlarni tashkillashtirish, o’tkazish tartibi va mazmuniga talablar va davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qo’llanilishi mumkin bo’lgan O’Vning turini tasdiqlash tartibi O‘zDSt 8.009:2004 davlat standartida o’rnatilgan. O‘zDSt 8.009:2004 standartning talablari O’zbekiston Respublikasida yaratiladigan va yoki seriyali ishlab chiqarilishi mo’ljallangan O’Vga va O’zbekiston hududiga import bo’yicha to’pi bilan
keltiriladigan o’lchash vositalariga nisbatan qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |