Chizma — mashina, inshoot, texnikaviy moslamalar va ularning detallari tasvirlarini hamda ularni tayyorlash va nazorat qilish uchun boshqa zarur ma’lumotlarni o’z ichiga olgan jujjat.
Chizmalar tayyorlash usuliga va foydalanish harakteriga qarab quyidagi turlarga bo’linadi (D.st. 2.102—96):
originallar — chizma qog’ozi yoki boshqa materialga chizilgan va ular bo’yicha asl nusxalar tayyorlash uchun mo’ljallangan chizmalar;
nusxalar — asl nusxaga aynan o’xshash bo’lishini ta’minlash usuli bilan chizilgan va ishlab chiqarishda hamda korxonada foydalanish uchun mo’ljallangan chizmalar.
Ishlab chiqarishda bir marta foydalanish uchun mo’ljallangan hujjatlarni eskiz chizmalar va hujjatlar ko’rinishida bajarish mumkin.
Chizmani chizishga kirishishdan oldin qog’oz varag’i formatini (chizma formatini), masshtabini, varaqda tasvirlarning va yozuvlarning joylashishini belgilab olish zarur.