Chizmalarni rasmiylashtirish



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə5/11
tarix06.02.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#52172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-amaliy mashg\'ulot

1.5. Chizma chiziqlari (D.st. 2.303-96)

Chizma yaqqol va o’qilishi oson bo’lishi uchun, u turli yo’g’onlikdagi va ko’rinishdagi chiziqlar bilan chizilishi kerak. Chizma chiziqlari, ularning chizilishi, yo’g’onligi va vazifalari D.st. 2.303-96 da belgilangan (1-jadval).

1-jadvaldan ko’rinib turibdiki, chizmaning asosiy chizig’i – bu ko’rinar kontur chiziqdir. Asosiy tutash chiziqning yo’g’onligi s tasvirning katta-kichikligi va murakkabligiga, shuningdek, chizmaning formatiga, vazifasiga qarab 0,5...1,4 mm olinadi. Chiziqlarning tanlab olingan yo’g’onliklari ushbu chizmadagi bir xil masshtabda chizilgan hamma tasvirlar uchun bir xil bo’lishi zarur. Bunda chiziqlarning jadvalda ko’rsatilgan yo’g’onliklari nisbatiga rioya qilish zarur. Bu nisbatlar chamalab olinadi.

4-rasm. Chizmalarda chiziqlarni qo’llashga doir misollar:



1 – asosiy tutash, 2 – ingichka siniq chiziqlar bilan, 3 – uzuq chiziq, 4 – yo’g’on shtrix-punktir

chiziq, 5 – ingichka tutash chiziq, 6 – ingichka shtrix-punktir chiziq.

1- jadval

Chizma chiziqlari (D.st. 2.303 - 96)





Nomi

Chizilishi

Chiziq qalinligi

Qa­lam

Qo’llaniladigan joyi

1

Asosiy tutash chiziq



S

(0,51,4) mm



M,
TM

1. Ko’rinar kontur chiziqlar

2. Ramka chiziqlari;

3. Kesim kontur chizig’i

4. Asosiy yozuvlar



2

Ingichka tutash chiziq



S/3S/2

2T

O’lcham va chiqarish chiziq­lari; shtrix chiziqlari, chetga chiqa­rish chiziqlari ustiga joylashtirilgan kesim chizig’i; tokcha va yozuvlar ostiga chiziladigan chiziqlar

3

To’lqin chiziq



S/3S/2

TM

O’tish chiziqlari; o’tish va qirqimlarni chegaralovchi chiziqlar

4

Shtix chiziq



S/3S/2

TM

Ko’rinmas kontur va o’tish chiziqlari

5

Shtrix-punktir chiziq



S/3S/2

T

O’q va markaz chiziq­lar, kesimdagi simmetriya o’q chiziqlari

6

Uzuq chiziq



S1,5S

M, TM

Kesim chiziqlari

7

Ikki nuqtali shtrix-punktir chiziq



S/3S/2

T

Sinish chiziqlari yoyilmalar chizig’i, harakat­dagi buyumning oxirgi chegarasini ko’rsatuvchi chiziq


5-rasm. Qurilish chizmalari qirqimlarida

konturning ingichka tutash chiziqlari

Shtrix chiziqlarni chizishda shtrixlar uzunligi bir xil bo’lishi va chiziq yo’g’onlashgan sari shtrixlar uzunligi ortadi va ingichkalashgan sari ular kaltalashadi. Bunda shtrixlar orasi shtrix uzunligidan 4 marta kichik qilib chiziladi. Shtrix va shtrix-punktir chiziqlarning shtrixlari uzunligi va ular orasidagi masofalar 1-jadvalda berilgan.

Shtrix-punktir chiziqlar nuqta bilan emas, balki shtrixlar bilan tugashi va kesishishi zarur. Aylana markazi shtrixlarning kesishishi bilan belgilanishi lozim. Diametri 12 mm dan kam bo’lgan aylanalarda o’q chiziqlar sifatida qo’llaniladigan shtrix-punktir chiziq ingichka tutash chiziq bilan almashtiriladi. To’lqinsimon tutash chiziqlar va, shuningdek, tutash siniq chiziqlarning sinish joylari qo’lda chiziladi. O’lcham sonlari va yozuvlar chizma chiziqlari bilan kesishmasligi lozim. Chizma ramkalari, jadvallar, asosiy yozuvlar va spesifikasiyalar s yo’g’onlikdagi tutash chiziqlar bilan chiziladi. 4-rasmda chiziqlarni chizmalarda qo’llashga misol keltirilgan.

Qurilish chizmalarida qirqimlarda kesim tekisligiga to’g’ri kelib qolmaydigan konturlarning ko’rinar chiziqlarini ingichka tutash chiziqlar bilan chizish mumkin (5-rasm).


Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin