1.7. Materiallarning grafik belgilari (D.st. 2.306-96)
Chizmalarda buyum yoki qurilish konstruksiyalari yaqqolroq bo’lishi uchun tasvirlar ko’rinishlar, kesimlar, qirqimlarda shartli grafikaviy belgilar qo’llaniladi. Dst 2.306-96 ga muvofiq turli materiallar uchun ularni kesimda grafik usulida belgilash qoidalari (belgilar) o’rnatilgan. Ushbu belgilar 3-jadvalda keltirilgan.
3-jadval.
Materiallarning kesimdagi grafik belgilari
№
|
Nomi
|
Belgisi
|
№
|
Nomi
|
Belgisi
|
1
|
Material va qattiq qorishmalar
|
|
7
|
Shisha
|
|
2
|
Metalmas material
|
|
8
|
Suyuqlik
|
|
3
|
Yog’och
|
|
9
|
Tabiiy tuproq
|
|
4
|
Tabiiy tosh
|
|
10
|
To’kilgan material
|
|
5
|
Terim uchun keramika va silikat
|
|
11
|
To’r (har xil mate-rialdan)
|
|
6
|
Temir-beton
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Materiallarning fasadda ko’rinishi
|
|
Materiallar
|
Belgisi
|
1
|
Material
|
|
2
|
Taram-taram po’lat
|
|
3
|
Kesilgan po’lat
|
|
4
|
Maxsus g’ishtlardan terilgan yuza
|
|
5
|
Shisha
|
|
Qurilish materiallari va boshqa ayrim buyumlarni shtrixlash gardish (ramka) chizig’iga nisbatan 45° burchak ostida ingichka tutash chiziqlar tarzida chiziladi (10-rasm, a). Agar shtrix chiziqlari yo’nalishi gardish (kontur) chiziqlari bilan to’g’ri kelib qolsa, u holda 30° yoki 60° burchak ostida qo’llash mumkin (10-rasm, b va c).
10-rasm. 11-rasm.
Shtrixlashning parallel to’g’ri chiziqlari oralig’i, odatda shu buyumning bir xil masshtabda chiziladigan barcha kesimlari uchun bir xil (shtrixlanadigan yuzaga qarab 1 dan 10 mm gacha) bo’lishi mumkin. Qirqim yoki kesimda bir nechta yondosh buyumlarni bir-biridan farqlash uchun shtrix chizig’ini turli yo’nalishda yoki shrtixlar orasi turlicha qilib chiziladi (11-rasm, c). Chizmada eni 2...4 mm bo’lgan kesimlarning ensiz va uzin yuzalari faqat uchlari va teshik atroflari to’la shtrixlanadi, kesimning qolgan yuzasi esa bir necha yeridan ozgina shtrixlanadi. Agar kesim yuzalarining eni chizmada 2 mm dan kam bo’lsa, yondosh detallar orasida tirqish qoldirib, kesim qoraga bo’yab qo’yiladi (11-rasm, d).
Kesim maydoni katta bo’lsa, asosiy chiziq atrofigina shtrixlanadi. Chizmalarda to’proq, yer yuzasi va poydevorlar atrofi xuddi shunday qoida bo’yicha tasvirlanadi. Bino va inshoat fasadida (old ko’rinishda) materiallarni tasvirlash zarur bo’lsa, grafik belgilari 4-jadvalda ko’rsatilgandek chiziladi. Bino fasadlari yoki ular elementlari chizmalarida qurilish materiallarining belgilari to’la ko’rsatilmay, faqat asosiy chiziq bo’ylab, ozgina-ozginadan yoki chizma ichida dog’ ko’rinishida tasvirlanishi mumkin. Agar konstruksiya materiallari bir xil bo’lsa yoki tasvir o’lchami chizmada material belgisini qo’yish uchun imkon bermasa (masalan, montaj chizmalari – sxemalarida), chizmada material belgilari qo’yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |