Qazib oluvchi kombaynlar asosiy qismlari Reja: shaxta tirqish va o’yiq o’tish kombaynlari



Yüklə 19,33 Kb.
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü19,33 Kb.
#195516
  1   2   3   4
qanot


Qazib oluvchi kombaynlar asosiy qismlari
Reja:

  • SHaxta tirqish va o’yiq o’tish kombaynlari.

  • Qazuvchi kombaynlar turlari, qo’llanilishi, ishlatilish shart-sharoitlari, klassifikatsiyasi va kompanovka sxemalari.

  • Keng qamrab olivchi qazuvchi kombaynlar.

  • Kichik eng qamrab olivchi qazuvchi kombaynlar.

  • Qazuvchi kombaynlar konstruktiv, kinematik, gidravlik, pnevmatik, elektr va boshka sxemalari.


Qazib oluvchi kombaynlar qazish chegaralariga qarab keng va tor qamrovchi kombaynlar guruxlariga bo’linadi.
Keng qamrovchi kombaynlar ishchi organi qamrash kengligi 1m dan ortiq (odatda 1,6; 1,8; 2m), tor qamrovchilar esa –1 m va undan kam bo’ladi.
Yer osti konlarida ishlatiluvchi qazib olish kombayni
Qazib oluvchi kombaylarni shartli ravishda qazib olayotgan qatlam qalinligi bo’yicha yupqa (0,8m gacha qalinlikda),
kichik qalinlikdagi (0,8—1,5 m) o’rta qalinlikdagi (1,5—3,5 m) qalin (3,5 m dan oshiq) Ural-20R lahim o’tish va qazib olish kombayni
Ural-20R lahim o’tish va qazib olish kombayni texnik tavsifi

Keng qamrovchi kombaynlar - asosan kesuvchi mashinalar bazasida uning ishchi organi va transmissiyasini konstruktiv o’zgartirish orqali yaratilgan. SHuning uchun ularning ishlash chegarasi bir tomonlama texnologik sxema asosida belgilanadi.
Keng qamrovchi kombaynlar yordamida ko’mir qazish texnologiyasi: a-kesuvchi mashina bilan; b-Donbass ken qamrovchi kombayni bilan; v -2KTSTG – keng qamrovchi kombayni bilan.
«Donbass-1G» kombaynining tuzilishi va texnologik sxemasini keltiramiz (rasm,b). Bu kombayn quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: elektryuritgich 4, harakatlantirish mexanizmi 3, baraban 2 va sim arqon 1 dan tashkil topgan tortish organi; uzatish mexanizmi 5 (transmissiyasi); rasshtbovshik 6; kombinatsiyalashgan ish bajaruvchi organ 7 (buzuvchi shtanga va diskli 8 aylana bar); pritsepli aylana yuklagich 9.
«Kirovets» keng qamrovchi kombayni (0,6-0,8 m qalinlikdagi qatlamlarga mo’ljallangan) «Donbass-1G» dan farq qilib, diskli buzuvchi shtangasi bo’lmaydi. Aylana yuklagichi esa 2 xil konstruktsiyalidir: aylanasimon sidirgichli zanjiri pritsepli va bir aylanali sidirgichli bitta tayanchga ega bo’lgan zanjir.
2KTSTG kombayni tuzilishi va texnologik ishlash sxemasi yuqoridagilardan farq qiladi. Uning ishchi organi 4 ta burg’ulash koronkasidan va kesuvchi zanjirli chegaralovchi aylana bardan iborat (rasm, v).
Hozirgi vaqtda keng qamrovchi kombaynlar deyarli ishlatilmaydi, ular o’z o’rnini to’la ravishda tor qamrovchi kombaynlarga bo’shatib berishgan. Keng qamrovchi kombaynlardan faqatgina «Kirovets» va 2KTSTG kombaynlarigina ayrim shaxtalarda ishlatilmoqda.

Yüklə 19,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin