D. Q. Usmanova


Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisobga olish



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/131
tarix22.07.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#137099
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   131
sssss

 
12.2. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisobga olish 
a) bevosita va bilvosita soliqlar hisobi 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) tovarlarni sotish, ishlar bajarish va xizmatlar 
ko‘rsatish jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof 
daromadning bir qismini byudjet daromadiga olib qo‘yishning bir shaklidir. 
Soliq to‘lovchilar mukchilikning barcha shakllariga kiruvchi mustaqil balans 
va hisob-kitob schyotiga ega, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan 
korxonalar, tashkilotlar va ularning mustaqil bo‘linmalaridir. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi 
formula bo‘yicha aniqlanadi: 
Sqqs = STob *SS/100 
bunda:
Sqqs - iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi; 
STob - soliqqa tortiladigan oborot
SS - qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi. Tovar (ish, xizmat)lar qo‘shilgan 
qiymat solig‘ini o‘z ichiga olgan narxlar va tariflar bo‘yicha sotilganida - soliq 
quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 
Sqqs = Tqx SS(SS+100) 


316 
bunda:
Tq - qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan tovar (ish, xizmat)lar 
qiymati. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan tovar (ish, xizmat)larni sotadigan 
korxonalar erkin (shartnomaviy) narx va tarifga qo‘shilg‘an qiymat solig‘i 
summasini qo‘shmaydilar. 
20 foizlik mikdorlardagi stavkalar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘iga 
tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi korxonalar tovarlarning 
sotilishi va ularga doir soliqlar summasi yuzasidan qo‘llaniladigan stavkalar 
bo‘yicha alohida hisobni yuritishi va hisob-kitob hujjatlarida soliq summalarini 
tovarlar turlari bo‘yicha qo‘llaniladigan stavkalarga qarab ko‘rsatishi lozim. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘iga: 
D-t 4010-"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti - 6000 
ming so‘m; 
K-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti - 6000 ming so‘m. 
Bu soliq byudjetga o‘tkazilganda: 
D-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti - 6000 ming so‘m; 
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti - 6000 ming so‘m. 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin