314
Soliq to‘lovchilar yilning birinchi choragi,
yarim yillik, to‘qqiz oylik va yil
yakuni bo‘yicha mustaqil ravishda yil boshidan boshlab o‘sib
boruvchi jamlash
tartibida foyda solig‘i summasini soliqqa tortiladigan haqiqatda olingan foydadan
berilgan imtiyozlar va belgilangan soliq stavkalarini hisobga
olgan holda hisoblab
boradilar.
2004 yilning 1 yanvaridan mulk shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik
yurituvchi subektlarda qo‘llaniladigan yangi schyotlar rejasida byudjet bilan olib
boriladigan operatsiyalarni hisobga olib borish uchun 11 ta balansli va 2 ta
balansdan tashqari schyotlar belgilangan bo‘lib, ular quyidagilar:
Balansli schyotlar: 0950 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda
solig‘i»; 3210 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i»; 4410
«Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari»; 6240 «Soliqlar va
majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar»; 6250 «Vaqtinchalik
farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar»; 6410
«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz»; 7240 «Soliqlar va majburiy to‘lovlar
bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar»; 7250 «Vaqtinchalik farqlar
bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar»; 8840
«Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari»; 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha
xarajatlar»; 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha
xarajatlar» schyotlarni o‘z ichiga oladi.
Balansdan tashqari schyotlarga esa: 012 «Kelgusi davrlarda soliq solinadigan
bazadan chiqariladigan xarajat» 013 «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari
bo‘yicha)» schyotlar kiradi.
YUqorida keltirilgan schyotlarning oldiga qo‘yilgan vazifalar turlicha. Bu
vazifalarni buxgalterlar chuqur anglab amaliyotda ulardan to‘g‘ri
foydalanishlari
zarur.
0950 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i» schyotida
hisobot davrida to‘lanadigan soliqning kechiktirilgan qismi hisobga olinadi. SHu
bilan birga ushbu summa balansdan tashqari 012 «Kelgusi
davrlarda soliq
315
solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar» schyotning kirimiga yozib
qo‘yiladi.
Hisobot davri oxirida ushbu summa soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shib Foyda
solig‘iga tortiladi.
Bu vaqtda hisoblangan bo‘nak Foyda solig‘i summasi 9810 «Foyda solig‘i
bo‘yicha xarajatlar» schyotining debetida quyidagicha yoziladi: D-t 9810 «Foyda
solig‘i bo‘yicha xarajatlar», K-t 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari
bo‘yicha)» schyoti.
Ushbu summa belgilangan muddatlarda byudjetga o‘tkazib berilsa 6410
«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)»
schyoti debetlanib, 5110
«Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi.
Dostları ilə paylaş: