Qisqa xulosa Buxgalteriya hisobi faoliyat ko‘rsatayotgan subektning mulki, majburiyatlari,
xo‘jalik operatsiyalari va ularning harakatini yoppasiga hamda uzluksiz
hujjatlashtirish yo‘li bilan tartibli yig‘ish, nazorat qilish, o‘lchash, ro‘yxatga olish,
pul o‘lchovida ishlov berish tizimidir.
Buxgalteriya hisobining predmeti esa, ishlab chiqarish jarayonidagi
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar
holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirishdan
iboratdir.
Nazorat va muhokama uchun savollar 1.
Xo‘jalik hisobi turlarining vujudga kelishini izohlab bering?
2.
Xo‘jalik hisobi turlari nimalardan iborat?
3.
Iqtisodiyotda buxgalteriya hisobining ahamiyati va o‘rni.
50
4.
Hisobda qo‘llaniladigan o‘lchovlarni aytib bering.
5.
Buxgalteriya hisobiga qo‘yilgan qanday talablar bor?
6.
Buxgalteriya hisobi predmeti deganda nimani tushunasiz?
7.
Xo‘jalik jarayonlari o‘z ichiga qaysi bosqichlarni qamrab oladi?
8.
Ishlab chiqarish jarayoni bilan sotish jarayonining farqi nimada?
9.
Buxgalteriya hisobining usuli bilan uslubining vazifalari nimadan iborat?
10.
Buxgalteriya hisobini schyotlarsiz yuritsa bo‘lmaydimi?