D. Q. Usmanova


operativ, statistik va buxgalteriya



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/131
tarix22.07.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#137099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
sssss

operativ, statistik va buxgalteriya 
hisobi

Operativ hisob
- ayrim xo‘jalik operatsiyalari va jarayonlarini bevosita ular 
sodir bo‘layotgan vaqtida boshqarish maqsadida joriy kuzatish va nazorat qilish 
tizimi bo‘lib hisoblanadi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bo‘linmalariga 
joriy rahbarlik qilish maqsadida ma’lumotlarni operativ ravishda olish va ulardan 
foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi. 
Operativ hisob turli-tuman xo‘jalik xodisalarni o‘z ichiga olib, u joriy 
rahbarlik qilish uchun boshqaruv aparatini asosan ishlab chiqarish - texnika 
xususiyatidagi ko‘rsatkichlar bilan ta’minlaydi. U mahsulot ishlab chiqarish 
bo‘yicha topshiriqlarning bajarilayotganligi, xarajatlar normativlaridan kundalik 
chetga chiqishlar, ish kuchidan foydalanish va asbob-uskunalarning yuklanganlik 
darajasi, shartnomalarga rioya qilinishi - mol etkazib beruvchilar va xaridorlar 
bilan tuzilgan kontraktlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. 
Operativ hisobda o‘lchovlarning hamma turlari - moddiy, mehnat va qiymat 
o‘lchovlaridan foydalaniladi. Lekin hisobning bu turi asosan bir turdagi 
operatsiyalarni aks ettirganligi va undan umumlashtirilgan ko‘rsatklchlar talab 
qilinmaganligi sababli, unda asosan moddiy va mehnat o‘lchovlaridan 
foydalaniladi. 
Nazoratning operativligini ta’minlash uchun xo‘jalik operatsiyalarining 
borishi haqidagi axborotni tezroq olish kerak bo‘ladi. SHuning uchun operativ 
hisobning ma’lumotlari iloji boricha osonroq yo‘l bilan qayd qilinishi mumkin. 
Ularni bevosita kuzatish yo‘li bilan etkazishadi, telefon, faks, modem orqali, 
kompyuter aloqasi yordamida va boshqa yo‘llar bilan xabar qilishadi. Hozirgi 
vaqtda operativ axborotni olish uchun mexanika va avtomatik o‘lchov, tartibga 
soluvchi asboblar, moslamalardan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Hisobni 


13 
bunday tashkil qilish xo‘jalik operatsiyalarining borishi ustidan ularning amalga 
oshirilishi vaqtida bevosita boshqarish imkonini beradi. 
Operativ hisobning ma’lumotlaridan mutlaq aniqlik talab etilmaydi, chunki 
ularning asosiy vazifasi - kuzatilayotgan obektlarda sodir bo‘layotgan 
o‘zgarishlarni tezlik bilan xabar qilishdir. SHuning uchun amaliyotda operativ
hisobdan faqat taxminiy axborotni olish bilan kifoyalanadilar. Lekin bu axborot 
etarli darajada to‘g‘ri bo‘lishi kerak, zeroki, unga qarab sodir bo‘lgan 
o‘zgarishlarning hajmi va tavsifi haqida ishonchli xulosa qilib, xatosiz bo‘lgan 
boshqaruv qarorlarni qabul qilish mumkin bo‘lsin. 
Operativ hisob korxonaning har xil bo‘linmalari - bo‘limlari, sexlari, 
omborlari va hokazolar tomonidan yuritiladi. 
Operativ axborot yordamida - menejerlar ishlab chiqarish, foyda bo‘yicha 
topshiriqni bajarilishining borishi, korxonani ta’minlash va mahsulot sotishi 
bo‘yicha topshiriqlarning bajarilishi, tovar moddiy qiymatliklar zaxirasining 
darajasi hamda boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan hisob-
kitoblarning holati va borishi haqidagi ma’lumotlarni olishda foydalanishadi. 
Operativ hisob korxonani ishchi kuchi bilan ta’minlanganligi, uning harakati, 
xodimlarning malakasini oshirish va boshqalar ustidan nazorat qilish uchun 
zarurdir. Sexlar, omborlar va boshqa bo‘linmalar xodimlari undan ma’lum xo‘jalik 
qismidagi topshiriqlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar olishadi. 
Operativ hisobdan ishlab chiqarish bo‘linmalarida sodir bo‘layotgan 
operatsiyalar yoki jarayonlarning borishi haqidagi axborotlarni olishda keng 
foydalaniladi. Bu erda u maxsus grafiklar, xabarchi taxtalar va boshqalar 
yordamida amalga oshiriladi. 
Operativ hisobning ba’zi ma’lumotlaridan faqat korxonaning tarkibiy 
qismidagina foydalanilmay, ulardan boshqaruv organlarida ham foydalaniladi. 
Bunday ma’lumotlar umumlashtirilib, ichki operativ hisobot tarkibiga kiritilishi 
mumkin. Operativ hisobotning ko‘rsatkichlari ayrim tarmoqlar va butun xalq 
xo‘jaligi miqyosida tegishli jarayonlarning borishi ustidan kuzatish va axborotni 
umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Operativ hisobotdan, masalan, mahsulot 


14 
iishab chiqarish, xom ashyo bilan ta’minlanganlik, ishga kelish, ekish va hosil 
yig‘ishning borishi haqida va boshqa ma’lumotlar olinadi. Operativ hisobning 
ma’lumotlari ulardan keyinchalik foydalanishda buxgalteriya yoki statistik hisobda 
qayta ishlanadi. 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin