D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   111
kochmas mulkni baholash

Sotuvchi narxi 
bu sotuvchining, bitimni amalga oshirish orqali, 
oladigan pul mablag‘i.
Iste’molchi narxi 
– bu iste’molchining uyni sotib olishga qilgan 
barcha xarajatlarining umumiy yig‘indisi.
Realizatsiya narxi 
– bu iste’molchining sotuvchiga uy uchun 
to‘lagan pul miqdori.
Bu narxlar vositachilar xizmati uchun to‘lovlar va bitimni 
rasmiylashtirish xarajatlari miqdoriga farqlanadi. Vositachi mulk 
sotuvchisida va iste’molchisida bir xilda bo‘lishi ham, bo‘lmasligi 
ham mumkin. Bitim sug‘urtalanishi yoki sug‘urtalanmasligi, uni 
rasmiylashtirish xarajatlari bitim ishtirokchilari o‘rtasida turlicha 
taqsimlanishi va bu xarajatlar bitimlarda bir-biridan sezilarli 
darajada farqlanishi mumkin. Shuning uchun realizatsiya narxi 
uyni  o‘zicha  tavsiflaydi,  iste’molchi  va  sotuvchi  narxlari  esa 
bitim shartlariga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, agar sotuvchining 
vositachisi bo‘lsa, uning xizmat haqi realizatsiya narxidan olinadi 
va sotuvchining narxini kamaytiradi. Va aksincha, iste’molchi 
tomonidan o‘z vositachisi (agar u bo‘lsa) xizmatlariga haq to‘lashi 
iste’molchining narxini realizatsiya narxiga nisbatan oshiradi. 
Analogik tarzda bitimni rasmiylashtirish to‘lovlari bu narxlarga 


97
ta’sir qiladi. Shunday qilib, sotuvchining narxi va iste’molchining 
narxi sezilarli darajada (15% gacha va undan yuqori) farq qilishi 
mumkin. Ammo realizatsiya narxi oldi-sotdi mexanizmining aniq 
xususiyatlari va bitimni rasmiylashtirishga minimal darajada 
bog‘liq  bo‘ladi  va  uyning  o‘ziga  xos  xususiyatlariga  muvofiq 
belgilanadi.
Yuqoridagi narxlarning har biriga minimal, maksimal yoki 
o‘rtacha narx sifatida qarash mumkin. So‘zsiz, baholash uchun 
bozor holatining eng muhim jihatlarini hamda talab va taklif 
muvozanatini aks ettiruvchi narx sifatida o‘rtacha narx qulay.
Mulk qiymati tushunchasi turli pozitsiyalardan talqin qilinadi. 
Shu o‘rinda, bozor qiymati, o‘rindoshlik qiymati, iste’molchi 
qiymati, tiklash qiymati, investitsion qiymat, sug‘urta qiymati; soliq 
solish maqsadidagi qiymat, tugatish qiymati, birlamchi qiymat, 
qoldiq qiymat, garov qiymati va h.k.lar farqlanadi.
Iste’molchi qiymati
 (mavjud foydalanishdagi qiymat) mulkni 
bozorga olib chiqish maqsadi bo‘lmagan, aniq mulkdor uchun shu 
obyektning qiymatini aks ettiradi.
Tiklash qiymati
 baholanayotgan obyektning aniq nusxasini 
ko‘rish  uchun  sarflanadigan  joriy  narxlardagi  xarajatlar  bilan 
aniqlanadi. Bunda xuddi shunday arxitekturaviy yechimlardan 
foydalaniladi, xuddi shunday qurilish konstruksiyalari va 
materiallari qo‘llaniladi, hattoki qurilish-montaj ishlarining sifati 
ham bir xilda bo‘ladi; o‘xshash holda baholanayotgan obyektning 
ma’naviy eskirishi va arxitekturaviy yechimlarining kamchiliklari 
aks ettiriladi.
O‘rindoshlik qiymati
 baholanayotgan obyektning foydaliligiga 
ekvivalent ravishda foydalikka ega bo‘ladigan ko‘chmas mulk 
obyektini  qurish  uchun  sarflanadigan  joriy  narxlardagi  xarajatlar 
bilan aniqlanadi, ammo bunda u zamonaviy loyiha me’yorlaridan, 
progressiv material va konstruksiyalardan hamda zamonaviy 
uskunalardan foydalangan holda yangicha arxitekturaviy uslubda 
quriladi.


98
Shunday qilib, tiklash qiymati obyektning aniq nusxasini 
qurish uchun sarflanadigan xarajatlarda, o‘rindoshlik qiymati esa  – 
funksional  analogni  yaratish  uchun  sarflanadigan  xarajatlarda 
ifodalanadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin