D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


-rasm. Suyuq etanolning yaqin IQ-spektri



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

2.6-rasm. Suyuq etanolning yaqin IQ-spektri.
Modda orqali o’tgan nurlanish jadalligi I, tushayotgan nurlanish jadalligi I

va yutuvchi moddani tavsirlovchi kattaliklar orasidagi miqdoriy aloqa Buger – 
Lambert – Berg qonuniga asoslanadi, ya’ni yutilish yo’lagi jadalligini namunadagi 
modda konsentrasiyasiga bog’liqligidir. Bunda modda miqdori haqida alohida 
yutilish yo’lagi bo’yicha emas, balki to’lqin uzunligining keng oralig’ida butun 
spektral egri chiziq bo’yicha mulohaza qilinadi. Agarda komponentlar soni ko’p 
(4-5) bo’lmasa, ularning spektri matematik yo’l bilan ajratish mumkin. Miqdoriy 
tahlil xatoligi odatda foiz ulushini tashkil qiladi. 
Infraqizil spektroskopiyaning strukturasini sifatiy qayd qilish va aniqlashda 
qo’llanilish imkoniyatlari. Infraqizil spektroskopiya universal fizik kimyoviy usul 
bo’lib, turli xil organik va noorginik birikmalarning strukturaviy o’ziga xosliklarini 
tadqiq etishda qo’llaniladi. Usul tadqiq etilayotgan jismdagi atomlar guruhi 
tomonidan 
infraqil 
oraliqdagi 
elektr 
magnit 
nurlanishlarni 
yutilishiga 
asoslangandir. Yutilish infraqizil yorug’lik kvantlari tomonidan molekulyar 
tebranishlarni g’alayonlashishi bilan bog’langandir. Molekulalarni infraqizil 
nurlanish bilan nurlantirilganda nafaqat chastotasi valent, molekulalarning 
deformatsion va vibratsion tebranishlari chastotasiga mos keluvchi kvantlar 
yutiladi.


36 
Qattiq jism sirti spektrini qayd qilish uchun buzilgan to’liq ichki akslanish 
usuli qo’llaniladi. U moddaning sirt qatlami tomonidan tadqiq etilayotgan sirt bilan 
optik kontaktda bo’lgan to’liq ichki akslanish prizmasidan chiqayotgan 
elektromagnit nurlanish energiyasini yutilishiga asoslanidi. Infraqizil spetroskopiya 
aralashmalarni tahlil qilishda va toza moddalarni aniqlashda keng qo’llaniladi. 
Moddalarning aniqlash axborot qidirish tizimi yordamida tadqiq qilinayotgan 
spektrini EHM xotirasida saqlanayotgan spektr bilan avtomatik taqqoslash yo’li 
bilan amalga oshiriladi. Yangi moddalarni (100 gacha bo’lgan atomdan iborat 
bo’lgan molekular) aniqlashda sun’iy zakovat tizimidan foydalaniladi. Mazkur 
tizimlarda spektr strukturaviy korreksiya asosida molekulyar struktura 
generatsiyalanadi. So’ngra ularning nazariy spektri quriladi. Bu spektrlar tajriba 
ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Infraqizil spektroskopiya usuli bilan molekulalar 
va boshqa jimlarning tuzilishini tadqiq etish molekulyar model parametrlari xaqida 
ma’lumot olishni nazarda tutadi va matematik nuqtayi nazardan teskari spektral 
vazifani yechib kelishga olib kelinadi. Bunday vazifalarni yechish spektral egri 
chiziqlarning maxsus nazariyasi yordamida hisoblangan, qidirilayotgan parametrni 
ketma-ketlikda tajribaviy yaqinlashtirish bilan amalga oshiriladi. 
Molekulalar model parametrlari sifatida tizimni tashkil qiluvchi atomlar 
massasi, bog’ uzunligi, valent va torsion burchaklar, potensial sirt tasviri (kuch 
doimiylari va boshqa), bog’larning dipol momenti va ularning bog’ uzunligi 
bo’yicha hosilasi va boshqalar.
Infraqizil spektroskopiya fazoviy va konformatsion izomerlarni aniqlashga, 
molekula ichidagi va o’zaro tasirlashuvlarni, kimyoviy bog’ xarakterini
molekuladagi zaryadlarning taqsimotini, fazoviy o’zgarishlarini, kimyoviy 
reaksiya kinetikasini taqdim etishga, qisqa yashovchi (yashash vaqti 10
-6
s gacha 
bo’lgan) 
zarralarni 
qayd 
qilishga, 
alohida 
geometrik 
parametrlarni 
oydinlashtirishga, termodinamik funksiyalarni hisoblash uchun ma’lumotlarni 
olishga imkon beradi.


37 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin