53
moddalarni ajratish mexanizmiga qarab:
molekulyar (adsorbsion);
ion almashtirgich;
cho’ktirish;
taqsimlash xromatografiyalariga
olib borilayotgan jarayon shakliga qarab:
kolonkali
xromatografiya;
naychali (kapillyar)
xromatografiya;
qog’ozli xromatografiya;
yupqa qatlamli xromatografiyalarga bo’linadi.
Adsorbsion xromatografiya — moddalarning adsorbentda turlicha
sorbsiyalanishi (yutilishi) ga asoslangan;
Taqsimlash xromatografiyasi — aralashma tarkibiy qismi (komponentlari)
ning qo’zg’almas faza (g’ovak sathli qattiq modda yuzasiga o’rnatilgan
yuqori
tarzda qaynaydigan suyuq modda) va elyuyentlarda turlicha erishiga;
Ion almashtirgich xromatografiya — harakatsiz faza (ionit) va ajraluvchi
aralashma komponentlari orasidagi ion almashtirish
muvozanati konstantalar
farqiga;
Cho’ktirish
xromatografiyasi esa ajratiluvchi komponentlarning qattiq
qo’zg’almas faza ustida turlicha cho’kmaga cho’kishiga asoslangan.
Xromatografiya xromatograf deb ataladigan asbob yordamida amalga
oshiriladi. Analiz vaqtida xromatograf kolonkasiga
yuborilgan tekshiriluvchi
moddalar elyuyent bilan birga turli vaqt oralig’ida alohida alohida bo’lib
kolonkaning chiqish tomoniga keladi va maxsus sezgir asbob — detektor
yordamida uning vaqt birligidagi miqdori qayd etiladi, yaʼni
egri chiziq holida
yozib olinadi. Bu xromatogramma deb ataladi.
Sifat analizi vaqtida moddaning kolonkaga yuborilgandan to chiqqungacha
bo’lgan vaqti har bir komponent uchun doimiy tarzda bir xil elyuyentda belgilab
olinadi.