D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I BOB. FIZIKAVIY TADQIQOT USULLARI, TURLARI VA TASNIFLARI. 
1.1
 
. Klassik va zamonaviy tadqiqot usullarida fizik o’lchash 
prinsiplarining qo’llanishi. 
O’lchash turlari va usullari.
Har qanday kattalikning sonli qiymatini 
o’lchash amali bilan topish, ya’ni ushbu kattalikni birga teng deb olingan shu 
xildagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligini aniqlash mumkin. 
O’lchash deb, o’lchanadigan kattalikni fizikaviy kattalik yordamida xuddi 
shu turdagi birlik sifatida qabul qilingan miqdor bilan taqqoslash natijasiga 
aytiladi. Har qanday o’lchash o’lchanayotgan kattalikning ishlatish, o’zgartirish, 
uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay shakldagi ifodasini aniqlashdir. 
O’lchash turlari.
O’lchash natijasini hosil qilish usuliga ko’ra bevosita, 
bilvosita va birgalikda o’lchash turlari mavjud.
Bevosita o’lchash turida o’lchanayotgan kattalikning qiymati bevosita tajriba 
natijasida topiladi. Masalan, tokni ampermetr, quvvatni vattmetr, haroratni 
termometr yordamida o’lchash. Тaqqoslash asboblari yordamida noma’lum 
kattalik qiymatini o’lchash ham bevosita o’lchash turiga kiradi.
Bilvosita o’lchashda o’lchanayotgan kattalikning qiymati u bilan ma’lum bir 
bog’lanishda bo’lgan boshqa bir kattaliklarni bevosita o’lchash natijasiga ko’ra 
aniqlanadi. Bu o’lchash turida o’lchanayotgan kattalikning qiymati quyidagi 
formula yordamida topiladi: 
Y = F (x
1
, x
2
, ... x
n
 )
(1.1) 
bu yerda: 
Y
– o’lchanayotgan kattalikning qiymati
x
1
, x
2
, ... x
n
– asboblar 
yordamida bevosita o’lchangan kattaliklar qiymatlari.
O’zgarmas tok zanjirining quvvati P ni ampermetr va voltmetr yordamida 
o’lchangan tok I va kuchlanish U qiymatlariga ko’ra 
formula yordamida 
topish yoki o’tkazgichning solishtirma elektr qarshiligini uning asboblar 
yordamida o’lchangan qarshiligi, uzunligi va ko’ndalang kesimi yuzasi asosida 
aniqlash bilvosita o’lchash turiga misol bo’la oladi. 



Тaqqoslash usulida o’lchanayotgan kattalik qiymati avvaldan ma’lum 
bo’lgan o’lchov bilan taqqoslanadi. Bu usulning o’ziga xos xususiyati shundan 
iboratki, o’lchash jarayonida o’lchov bevosita ishtirok etadi. Тaqqoslash usuli nol, 
differensial, qarama-qarshi qo’yish, almashlash va mos tushish usullariga 
bo’linadi. 
Nol usuli o’lchanayotgan kattalikni o’lchov bilan bir vaqtda yoki davriy 
ravishda taqqoslovchi usul bo’lib, unga ko’ra muvozanat ko’rsatkichi (nol 
indikator) ga ta’sir etuvchi natijaviy taqqoslanish samarasi nolgacha kamaytiriladi. 
Bu usulga elektr qarshiligining to’la muvozanatlanishiga asoslangan ko’prik 
sxemasi bilan o’lchash misol bo’lishi mumkin. Ko’prik sxemasidagi o’lchovning 
aniqligi juda yuqori va nol-indikatorning sezgirligi katta bo’lganligi sababli 
o’lchash aniqligi yuqori bo’ladi. 
Differensial usulda asbob o’lchanayotgan kattalik bilan o’lchov qiymatlari 
farqini ko’rsatadi. Bu usulning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, o’lchash 
jarayoni mobaynida o’lchanayotgan kattalikning qiymati o’lchov qiymati bilan 
qisman muvozanatlashadi. Qarshilikni muvozanatlashmagan ko’prik sxemasi 
yordamida o’lchash differensial usulga misol bo’la oladi. Bu usulning aniqligi 
o’lchanayotgan kattalik va o’lchovning bir-biridan qancha farq qilishiga bog’liq. 
Ushbu farq qancha kam bo’lsa, usulning aniqligi shuncha yuqori bo’ladi. 
Qarama-qarshi qo’yish usulida o’lchanayotgan kattalik va o’lchov qiymatlari 
bir vaqtda taqqoslash qurilmasiga ta’sir etadi. Agar aniqligi yuqori bo’lgan ko’p 
qiymatli o’lchov va soddaroq tuzilishga ega bo’lgan taqqoslash qurilmasi bo’lsa, 
bu usul qulay hisoblanadi.
Almashlash usulida o’lchanayotgan kattalik va o’lchov qiymatlari ketma-ket 
bitta asbob bilan o’lchanadi. Ikkita o’lchash natijasi hamda o’lchanayotgan 
kattalikning izlanayotgan qiymati topiladi. Qarshilikning qiymatini rostlanuvchi 
o’lchov (qarshiliklar magazini) va o’zgarmas tok ko’prigi (Uitson ko’prigi) 
yordamida o’lchash bu usulga misol bo’lishi mumkin. (1.1-rasm.) Bunda avval 
qiymati o’lchanayotgan qarshilik ko’prik yelkasiga ulanib, muvozanat holatiga 
keltiriladi. Keyin qarshilik o’rniga rostlanuvchi o’lchov ulanadi va uning qiymatini 


10 
rostlab, ko’prik yana muvozanatga keltiriladi. Rostlanuvchi o’lchov qiymati 
noma’lum qarshilikning qiymatiga teng bo’ladi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin