D r. X. Djuraev, Sh. Yu. Djabbarov, B. M. Umirzakov tarmoq protokollari


Paketlarni zudlik bilan uzatish PHB – siyosati



Yüklə 5,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/59
tarix07.01.2024
ölçüsü5,09 Kb.
#203007
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59
61e54be6345e45.35724858

Paketlarni zudlik bilan uzatish PHB – siyosati.
U diffserv-domenining 
tugunlarida paketlarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri xizmat ko‗rsatishni ta‘minlash uchun 
foydalaniladi. Uning asosiy yutug‘i kam darajada paketlarni yo‗qotish, kam 
kechikish, trafikni sezilarsiz titrashi hamda kafolatlangan o‗tkazish yo‘lagi 
hisoblanadi. EF PHB siyosati trafikning shunday ilovalariga xizmat ko‗rsatishda 
qo‗llaniladiki, masalan, IP-tarmoqda ovozni uzatish (VoIP), videoanjumanlarning 
ilovalari hisoblanadi hamda virtual ijarali kanallar bo‗ylab axborotni uzatish ham 
kiradi, chunki bu xizmat diffserv-domenining oxirigi tugunlarida ikki nuqtali 
ulanishdan iboratdir. Bunday xizmat ko‗rsatish turi ko‗pincha yuqori (premium 
service) sinfli xizmatlar deb atashadi. 
Paketlarni kafolatli yetkazib berish PHB-siyosati
. Bu Assured 
Forwarding PHB – AF PHB xizmatlarni yetkazib beruvchi diffserv domenidagi 
mijozdan olingan IP paketlarni bir nechtasini turlidarajada etkazib berish 
ishonchliligini ta‘minlashi mumkin. Ohirgi tugunlarida AF PHB siyosati TCP-
ilovalari uchun ma‘qul hisoblanadi. 
Paketlarni kafolatli yetkazib berishi PHB – siyosati AF-trafikning to‗rtta 
sinfidan har biri uchun xizmat ko‗rsatishning har xil darajalari mavjudligini ko‗zda 
tutadi. AF-trafikning har bir sinifiga paketlarning shaxsiy navbati to‗g‗ri keladi, bu 
esa o‗tkazish yo‘lagini samarali boshqarishni olib borishiga imkon beradi. AF-


149 
trafikning har bir sinifi paketlarni tashlab yuborishni uchta imtiyozli daraja bilan 
xarakterlanadi (pastki, o‗rtadagi va yuqori). Bu ixtiyoriy avvaldan aniqlanadigan 
mexanizm (Random Early Detection-RED) turi bo‗yicha navbatlarni boshqarish 
mexanizmini amalga oshirish imkonini beradi. 
AF- PHB siyosatida shunday vosita borki, uning yordamida xizmatlarni 
etkazib beruvchi DSCP maydonidagi qiymatga qarab IP-paketlarni bir nechta har 
xil daraajalarda ishonchli utkazib berishni ta‘minlashi mumkin. 
PHB siyosatini shakllanishini uchta yechimi mavjud: 
-
tarmoqni initsializatsiyasi (aniqlashi); 
-
xizmat ko‗rsatish sifati to‗g‗risida signalizatsiyasi
-
siyosat dispetcheri. 

Yüklə 5,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin