MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARINING QURILISH
TAMOYILLARI................................................................................
6
1.1. Ma‘lumot uzatish tarmog‗ining tasnifi................................................
6
1.2. Ma‘lumot uzatish tarmoqlariga qo‗yiladigan talablar.......................... 19
1.3. Ochiq tizimlarning o‗zaro bog‗lanish etalon modeli...........................
28
2.
MA’LUMOT
UZATISH
TARMOQLARIDA
PAKETLI
KOMMUTATSIYA
VA
KANAL
POG‘ONASI
PROTOKOLLARI………………………........................................
32
2.1. Paketli kommutatsiya mexanizmlari va tamoyillari............................
32
2.2. Kanal pog‗onasi protokollari (Ethernet, virtual lokal tarmoq)………
38
2.3. Kanal pog‗onasi protokollari (Frame Relay, ATM)............................
44
3.
MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARIDA TARMOQ
POG‘ONASI PROTOKOLLARI.....................................................
57
3.1. Tarmoq pog‗onasi protokollari. IPv4 va IPv6 manzillash................... 57
3.2. Marshrutizatsiya protokollari............................................................... 68
3.3. ICMP boshqarish xabarlari bilan almashish protokoli......................... 76
3.4. IP telefoniyada qo‗llaniluvchi standartlar va protokollar....................
80
4.
MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARIDA TRANSPORT
POG‘ONASI PROTOKOLLARI.....................................................
94
4.1. Transport pog‗onasi protokollari: UDP, TCP va SCTP....................... 94
4.2. Transport pog‗onasi protokollari: RTP va RTCP................................
102
5.
MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARIDA AMALIY VA
HIMOYALANGAN TARMOQ PROTOKOLLARI…………….
105
5.1. Amaliy pog‗ona protokollari:
Telnet, FTP va TFTP, NTP.................. 105
5.2. Himoyalangan tarmoq protokollari...................................................... 109
5.3. QoS ni ta‘minlash usullari................................................................... 130
5.4. Monitoringda qo‗llaniladigan tarmoq protokollari.............................. 152
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘xati.....………………………………... 161
4
KIRISH
Hozirgi kunda dunyo bo‗ylab telekommunikatsiya sohasida fundamental
o‗zgarishlar bilan bog‗liq rivojlanishning yangi bosqichi amalga oshirilmoqda.
Chuqur ilm talab qiladigan telekommunikatsiya sohasi uchun innovatsion
rivojlanish masalalari har doim dolzarb vazifa bo‗lib kelgan. Shu bilan birga
sohani innovatsion rivojlantirish, rivojlangan davlatlarning yutuqlarini hisobga
olib, mutaxassislarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Telekommunikatsiya
sohasini innovatsion rivojlantirishni amalga oshirish tizimli yondashuv, ya‘ni
huquqiy, texnologik, tashkiliy va malakali kadrlar bilan ta‘minlashni talab qiladi.
Zamonaviy sharoitda telekommunikatsiya sohasini innovatsion rivojlantirish
masalalarini yechishga qaratilgan kompleks yondashuv bilimli va tajribali
mutaxassislarni talab qiladi. Sohani innovatsion rivojlantirish yo‗liga o‗tishda
mutaxassislarni tayyorlashda yangicha yondashuvlarga
majbur qiladi.
Telekommunikatsiya tarmog‗ini innovatsion rivojlantirish uchun ko‗p
mutaxassislarni tarmoq texnologiyalari, tarmoq yechimlari va tarmoq integratorlari
bo‗yicha tayyorlash kerak. Ma‘lumki, telekommunikatsiyaning har bir yangi
ko‗rinishi asosan ikkita sababga ko‗ra paydo bo‗ladi;
- unga talabni paydo bo‗lishi;
- mos keluvchi texnik va texnologik asosning mavjudligi.
Halqaro ekspertlarning prognozi bo‗yicha axborotlashtirish masalalari bilan
bog‗liq bo‗lgan telekommunikatsiyani innovatsion rivojlantirishning ikkita asosiy
yo‗nalishini, ya‘ni telekommunikatsiya rivojining asosiy yo‗nalishini va
telekommunikatsiya rivojining asosiy kuchini aniqlashga yordam berdi.
Telekommunikatsiya rivojining asosiy yo‗li – bugungi kunda integratsiya
jarayonlarini, ya‘ni texnologiyalar, tarmoqlar va xizmatlar (turli ko‗rinishdagi
axborotlarni uzatishga mo‗ljallangan) kuchaytirish hisoblanadi.
Integratsiya – bu bir maqsadda birlashish va o‗zaro ishlash tushuniladi. Bu
bo‗lishi mumkin:
-
ko‗plab turli texnologiyalar;
5
-
ko‗plab turli tarmoqlar;
-
ko‗plab turli xizmatlar (telekommunikatsiya xizmatlari va axborot
xizmatlarining birlashishi, ya‘ni multimediya ko‗rinishidagi).
Telekommunikatsiya rivojining asosiy kuchi – bu foydalanuvchilarning
muloqot paytida kerakli vaqtda, kerakli joyda, kerakli formada va harakatda
maksimum axborotlarni qabul qilish hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan xolat bo‗yicha foydalanuvchilarga yuqori sifatda
xizmatlarni taqdim etish telekommunikatsiya operatorlari uchun katta ahamiyatga
ega. Bugungi kunda telekommunikatsiya operatorlari tomonidan turli xizmatlar,
mobil kompaniyalar tomonidan mobil ilovalar taqdim qilinmoqda. Bu xizmatlar
soni kun sayin ortib bormoqda, lekin tarmoqda xizmat ko‗rsatish muammolari
ko‗payib bormoqda. Shu sababli tarmoq texnologiyalarini o‗rganishda tarmoq
protokollarini ishlatish muhim o‗rinni egallaydi. Tarmoq protokollarini
o‗rganishda har xil kompaniyalarning tarmoq qurilmalarini integratsiya qilish
muhim ahamiyatga ega.
Ushbu o‗quv qo‗llanmada ma‘lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlarini
tashkil etish, tarkibiy qismlarning vazifalari, tarmoqlar va ularni ishlash asoslari
keltirilgan. O‗quv rejada inobatga olingan ―Axborot va kodlash nazariyalari‖ va
―Aloqa tizimlarini modellashtirish va simulyatsiyalash‖ fanidan ma‘ruza, amaliyot
va laboratoriya ishlarida asosiy nazariy bilimlarning negizi sifatida qo‗llanilishi
nazarda tutilgan.
|