39
VLAN dagi qurilma xuddi o‗zining shaxsiy tarmog‗iga ega bo‗lgandek bo‗ladi.
Kommutatorning ixtiyoriy porti VLAN ga tegishli bo‗lishi mumkin. Bir manzilli
(unicast), ko‗p manzilli (multicast) va keng eshittirishli (broadcast)
paketlarni
uzatish va qabul qilish faqat o‗sha VLAN doirasida bo‗ladi. Har bir VLAN alohida
mantiqiy tarmoq hisoblanadi. VLAN ga tegishli bo‗lmagan stansiyalar paketlarni
jo‗natish uchun marshrutizatorlar orqali uzatiladi (2.4, 2.5, 2.6, 2.7, 2.8, 2.9, 2.10,
2.11-rasmlar).
2.4 – rasm. Ethernet kadrining kanal pog‗onasida
joylashganligi
2.5 – rasm. Kanal pog‗onasining qismlarga bo‗linishi
42
2.11 – rasm. MAC manzilini yozilishi
Qo‗shimcha 4 bayt QoS va VLAN texnologiyalarini qo‗llash imkoniyatini
beradi
VLAN tarmog‗i LANning bir nechta segmentlarini qamrab oluvchi mantiqiy
keng eshittirishli domenni yaratadi. Katta keng eshittirishli
domenni kichik
tarmoqlarga bo‗lish mumkin. VLAN tarmoqning samaradorligini oshiradi. Bitta
VLAN tarmog‗idagi qurilma keng eshittirishli kadr uzatsa, bu kadrni ushbu VLAN
doirasidagi qurilmalarning barchasi qabul qiladi. Boshqa VLAN dagi qurilmalar bu
kadrni qabul qilmaydi.
Har xil foydalanuvchi guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda VLAN
tarmog‗i kirish va xavfsizlikni ta‘minlash siyosatini amalga oshiradi.
Xavfsizlik
: muhim ma‘lumotlarga ega bo‗lgan guruhlarni tarmoqning boshqa
qismlaridan ajratiladi. Uning yordamida axborot mahfiyligini buzilish extimolligini
kamaytiradi;
Dostları ilə paylaş: