43
tarmog‗i
tarmoqni
boshqarishni soddalashtiradi.
Yangi kommutatorni
ekspluatatsiyaga kiritishda ko‗rsatilgan portlarda kerakli qoida va jarayonlarni
amalga oshiradi. Axborot texnologiyalari mutaxassislari
VLAN ga tegishli nom
bilan tarmoq funksiyasini tezda aniqlashadi.
Ilova va loyihalarni boshqarishni soddaligi
: VLAN tarmog‗i
foydalanuvchilar va tarmoq qurilmalarining tarmoqni geografik talabi yoki ishlashi
bo‗yicha moslashtirishi uchun birlashtiradi. Amaliy pog‗onada
ishlashni va
loyihalashni boshqarish funksiyalarini ajratilganligi hisobiga sodda tuzilgan.
Masalan, bunday amaliy topshiriqqa – o‗qituvchilarni elektron ta‘lim olish uchun
ilovalarni ishlab chiqish platformasi kiradi.
Har bir VLAN tarmoq qaysidir IP tarmoqqa tegishli bo‗ladi. VLAN ni
loyihalashda tarmoq manzillashining ierarxik tizimini
amalga oshirishni inobatga
olish lozim. Ierarxik manzillash deganda tarmoqni to‗liq ishlashida VLAN
tarmog‗i yoki IP tarmoqning segmentlarini tartibli
berilgan raqamlanishi
tushuniladi.
Zamonaviy kommutatsiyalanadigan tarmoqda har xil turdagi hujumlar
mavjud. VLAN arxitekturasi tarmoqqa xizmat ko‗rsatishni
osonlashtiradi, ammo
yomon niyatli odamlarga hujum qilish uchun imkoniyat beradi. Qanday har xil
turdagi hujumlarning xarakatlanishini va hujumlarni xavfini kamaytirish usullarini
tushunish kerak.
VLAN hopping hujumi begona VLAN hujum qilinayotgan VLAN
trafigini
ko‗rishga yordam beradi. Kommutator spufinggi – VLAN tarmog‗ining hujum turi
bo‗lib, bunda noto‗g‗ri o‗rnatilgan trank porti ishlatiladi. Avtomatik xolatda trank
portlar barcha VLAN tarmoqlariga kirishi mumkin va qoidaga ko‗ra
kommutatorlar o‗rtasida, ya‘ni fizik kanal orqali bir nechta VLAN lar uchun
trafikni uzatadi.
44
2.3.
Kanal pog‗onasi protokollari (Frame Relay, ATM)
Dostları ilə paylaş: