D r. X. Djuraev, Sh. Yu. Djabbarov, B. M. Umirzakov tarmoq protokollari



Yüklə 5,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/59
tarix07.01.2024
ölçüsü5,09 Kb.
#203007
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59
61e54be6345e45.35724858

Uzoq vaqtli kommutatsiya tarmoqlari
. Uzoq vaqtli kommutatsiya deb 
shunday kommutatsiya usuliga aytiladiki, bunda tarmoqning ikki nuqtasi o‗rtasida 
doimiy to‗g‗ri ulanish o‗rnatiladi, ulanish soatlar, kecha-kunduz (sutka), umuman 
katta vaqt oralig‘i bilan o‗lchanishi mumkin. Bunday ulanishlarni 
tashkillashtirishda qatnashadigan kanallar ajratilgan kanallar deb ataladi. 
Tezkor 
kommutatsiyali 
tarmoqlar. 
Tezkor 
kommutatsiya 
deb 
kommutatsiyaning shunday usuliga aytiladiki, bunda tarmoqning ikki nuqtasi 
o‗rtasida vaqtinchalik ulanish o‗rnatiladi. 
Kanallar kommutatsiyasiga asoslangan tarmoqlar
. Kanallar kommutatsiyasi 
shunday kommutatsiya usuliki, unda shu tarmoqning chetki ixtiyoriy juft punktlari 
o‗rtasida vaqtinchalik to‗g‗ri ulanish o‗rnatiladi. 
Xabarlar kommutatsiyasiga asoslangan tarmoqlar. 
Xabarlar kommutatsiyasi 
deb kommutatsiyaning shunday usuliga aytiladiki, bunda har bir kommutatsiya 
qurilmasida xabarlarni qabul qilish hisoblab chiqariladi, xabarlarning to‗planishi 
va oldinga uzatilishi qabul qiluvchining manziliga mos keladi. 
Paketlar kommutatsiyasiga asoslangan tarmoqlar.
Paketlar kommutatsiyasi 
deb kommutatsiyaning shunday usuliga aytiladiki, bunda xabarlar tarmoq orqali 
qabul qilinadigan, buferlanadigan va uzatiladigan aniq qismlarga – paketlarga 
bo‗linadi. Agar bitta xabarning barcha paketlari qayd qilingan marshrut bo‗yicha 
uzatilsa, u holda bunday kommutatsiya rejimi virtual deyiladi. Agar har bir paketni 
uzatish mustaqil marshrut bo‗yicha amalga oshirilsa, bu kommutatsiya rejimi 
datagramma (deytagramma) deyiladi. 
Gibrid kommutatsiyali tarmoqlar.
Gibrid kommutatsiya deb shunday usulga 


27 
aytiladiki, unda bitta va aynan shu kommutatsiya qurilmasida ikki yoki undan ko‗p 
yuqorida nomlari keltirilgan kommutatsiya ko‗rinishlaridan foydalangan holda
kommutatsiya tarmog‗i ishlab chiqiladi. 
Kanallar turlari bo‗yicha ma‘lumot uzatishning quyidagi tarmoqlari mavjud: 
-
simpleks tarmoqlar – axborot faqat bitta yo‗nalish bo‗yicha uzatiladi
-
yarim dupleks tarmoqlar – axborot o‗zgaruvchan qarama-qarshi yo‗nalish 
bo‗yicha uzatiladi; 
-
dupleks tarmoqlar – axborot bir vaqtda qarama-qarshi yo‗nalishda 
uzatiladi. 
Ma‘lumot uzatish tezligi bo‗yicha ma‘lumot uzatish tarmoqlari 
quyidagilarga bo‗linadi: 
-
past tezlikli – bunday tarmoqning axborot uzatish tezligi 64 kbit/s; 
-
o‗rtacha tezlikli – tarmoqning axborot uzatish tezligi 64 kbit/s dan 2048 
kbit/s gacha; 
-
yuqori tezlikli – 2048 kbit/s dan yuqori. 
Ma‘lumot uzatish tarmog‗i tuzilishi bo‗yicha: 
Ierarxik tarmoqlar.
Global tarmoqlar ierarxik tuzilishga ega, unda bir necha 
ierarxiya pog‗onalari mavjud bo‗lib, odatda ular o‗z nomlariga ega bo‗ladi. 
Ierarxik tuzilishga ega bo‘lmagan tarmoqlar
. Bunday tuzilishga ega 
tarmoqlardan lokal tarmoqlar qurishda foydalaniladi va bitta ierarxiya pog‗onasiga 
ega bo‗ladi. 
Quyidagilar tarmoqni boshqarish tizimi funksiyasi bo‗lib hisoblanadi: 
administratoriy boshqaruv, texnik ekspluatatsiya, axborot oqimini nazorat qilish va 
ularning optimal taqsimoti va h.k. Ma‘lumot uzatish tarmog‗iga bog‗langan holda 
yechilishi kerak bo‗lgan masalada tarmoqqa qo‗yiladigan talablar funksiyasiga 
shartlar qo‗yilgan holda boshqaruv tizimi markaziy va markaziy bo‗lmagan 
tamoyil asosida quriladi. Tarmoqni boshqarish usuli bo‗yicha ma‘lumot uzatish 
tarmoqlari quyidagilar: 
-
markaziy boshqaruvga ega tarmoqlar. Bu tamoyilda hamma uchun 
yagona markaziy boshqaruv tizimi mavjud deb faraz qilinadi; 


28 
-
markaziy boshqaruvga ega bo‗lmagan tarmoqlar
.
Bunday tarmoqlarda 
boshqaruv tizimi tarqoq tuzilishga ega va ma‘lumot uzatish tarmog‗ining barcha 
pog‗onalari bo‗yicha tarqalgan shunday markazlarni o‗z ichiga oladi; 
-
aralash boshqaruvga ega bo‗lgan tarmoqlar.
 
Aralash boshqaruvda 
ma‘lum chegarada markaziy va markaziy bo‗lmagan boshqruv tamoyillari 
qo‗llaniladi. 
1.3.
Ochiq tizimlarning o‗zaro bog‗lanish etalon modeli 
―Ochiq tizimlarning o‗zaro bog‗lanishi‖ atamasi tizimlar orasidagi ma‘lumot 
uzatish jarayonlariga tegishlidir, ya‘ni hamkorlikda foydalaniladigan standartlarni 
ishlatish tufayli, bir – birlari uchun tizimlar ochiqdir. 
Bir qator funksiyalarni bajarib, u yoki bu pog‗ona tarkibiga kiruvchi ochiq 
tizimning bir qismi 
ob’ekt 
deb ataladi. 
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) jahonning ko‗p mamlakatlarida 
axborot tarmog‗i va kompyuter tizimlarini tashkil qilish tajribasini taxlil qilib, 
hisoblash tarmoqlarini tashkil qilish konsepsiyasini ishlab chiqdi va uni 

Yüklə 5,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin