D r. X. Djuraev, Sh. Yu. Djabbarov, B. M. Umirzakov tarmoq protokollari


 MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARINING QURILISH



Yüklə 5,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/59
tarix07.01.2024
ölçüsü5,09 Kb.
#203007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
61e54be6345e45.35724858

1. MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARINING QURILISH 
TAMOYILLARI 
1.1. Ma‘lumot uzatish tarmog‗ining tasnifi 
Ma‘lumot - bu uzatish va qabul qilib olish uchun mo‗ljallangan axborotning 
bir ko‗rinishidir. Shu bilan birga axborotning bunday ko‗rinishi yordamida 
axborotni saqlash va qayta ishlash amallarini bajarish mumkin. Demak, axborot 
tushunchasi ma‘lumot tushunchasiga qaraganda umumiyroq.
Axborot – bu uzatish, tarqatish, o‗zgartirish, saqlash yoki bevosita ishlatish 
ob‘ekti bo‗lgan ma‘lumotdir. Axborot deganda qabul qiluvchiga kelib tushadigan 
har xil ma‘lumot tushuniladi. Bu o‗lchash natijalari qandaydir ob‘ektni kuzatish 
haqidagi ma‘lumot bo‗lishi mumkin. 
Xabar - axborot taqdim qilish shakli hisoblanadi. Bitta xabar bir qancha 
shaklda taqdim qilinishi mumkin. Masalan, telefon orqali berilayotgan axborot 
uzluksiz ko‗rinishda yoki telegramma ko‗rinishida, ya‘ni diskret ko‗rinishda 
taqdim qilinishi mumkin. Telegraf orqali ma‘lumot uzatilganda, axborot harflar 
yig‗indisi, ya‘ni so‗z ko‗rinishida va sonlarda taqdim qilinadi. 
Xizmat - yuqori pog‗ona komponentlari ixtiyoriga beriladigan joriy 
pog‗onaga tegishli funksional imkoniyatlar to‗plamidir. 
Interfeys - ikkita qurilma yoki tizimlar chegarasida ularning to‗liq birga 
ishlashini ta‘minlovchi qurilmalar va protseduralar to‗plami.
Axborot kommunikatsiya sohasida protokol atamasi ma‘lumotlarni uzatish, 
qabul qilish kabi jarayonlarni belgilovchi qoidalar to‗plamiga aytiladi. 
Protokollar - bu qoida va texnik protseduralar bo‗lib, bir nechta qurilma yoki 
dasturlarni ishlash jarayonida ularni bir-biri bilan muloqotda bo‗lishini 
ta‘minlaydi.
Protokollarga taalluqli 3 ta asosiy jihat mavjud: 
1. Bir qancha protokollar mavjud bo‗lib, bularning hammasi turli aloqalarni 
ta‘minlashga xizmat qiladi. Har bir protokol maqsadga ko‗ra har xil topshiriqlarni 



bajaradi. 
2. Protokollar OSI modelining turli pog‗onalarida ishlaydi. Protokolning 
vazifasi uning ishlash pog‗onasidan kelib chiqib aniqlanadi. 
3. Bir qancha protokollar birgalikda ishlashi mumkin. Ular protokollar steki 
yoki protokollar to‗plami turkumida bo‗ladi. 
Protokollar stekining pog‗onalari OSI modelining pog‗onalari bilan mos 
keladi. Alohida vazifalarni boshqarish uchun har bir pog‗onada har xil protokollar 
ishlatiladi. Har bir pog‗onaning o‗zida qoidalar to‗plami bo‗ladi. 
Protokollar shartli ravishda quyidagicha tasniflanishi mumkin: 
-
internet tarmog‗ining asosiy protokollari: IP, ICMP, TCP, UDP; 
-
transport protokollari: RTP, RTCP; 
-
signal protokollari: SIP, H.323, SIGTRAN, MEGACO/H.248, MGCP, 
RSVP, SCTP, ISUP, BICC, SCCP, INAP; 
-
marshrutizatsiya protokollari: RIP, IGRP, OSPF, IS-IS, EGP, BGP; 
-
axborot xizmatlari va boshqaruv protokollari: SLP, OSP, LDAP; 
-
xizmat protokollari: FTP, SMTP, HTTP, G.xxx (kodeklar uchun), H.xxx. 
Aloqa kanalida ma‘lumot uzatish avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanib
bu ma‘lumotli hujjatlarni xat tashish yo‗li (yoki pochta bilan) va ko‗chirish yo‗li 
bilan tizim ma‘lumotini boshqarib turadi. Ma‘lumot uzatishga xizmat qiladigan 
idora (muassasa) hujjatlarini tarqatishga mexanik va qo‗l yordamida 
ko‗chirishlardan foydalaniladi. Bunday xizmatlar kichik kapital (mablag‗) 
yordamida ma‘lumotni ohirigacha aniq hujjatlarni uzatishni qayd qiladi va o‗rta 
pog‗onali punktda ro‗yxatga olib, uni tekshirib (nazorat qilib) turadi. Past operativ 
(tezlikda) uzatish – foydalanish talablariga javob bera olmaydi. Shuning uchun 
ham avtomatlashtirilgan ma‘lumot uzatish tizimidan foydalanib ma‘lumotni 
operativ yetkazib beradi. 
Vositalar to‗plami, ma‘lumot uzatishga xizmat qilish uchun ma‘lumot 
uzatish tizimini chaqirib beradi. 
Uzatish tizimida ma‘lumotni bevosita iste‘molga va manba uzatish tizimida 
abonentlar, kompyuterlar, marshrutizatorlar, ma‘lumot saqlash qurilmalari, telefon 



apparatlari, peydjerlar, ajratib turuvchi datchiklar, bajaruvchi qurilmalar va 
odamlar bo‗lishi mumkin. 
Uzatish tizimini tarkibiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin (1.1-rasm): 
1. Uzatish kanali (AK – aloqa kanali); 
2. Ma‘lumot uzatuvchi qurilmalar; 
3. Ma‘lumot qabul qiluvchi qurilmalar. 
1.1-rasm. Ma‘lumot uzatish tizimi 
Uzatish abonent xabarini signalga tubdan o‗zgartirib tarqatish va aloqa 
kanaliga uzatish uchun xizmat qiladi. Qabul qilgich signalni xabarga qayta 
aylantirib, abonentga yetkazib berish uchun xizmat qiladi. 
Ma‘lumot uzatishdagi noaniqliklarni kelib chiqishiga sabab, o‗tkazgich 
aniqligini buzilishi tufayli, gapirganda qabul qilgichlarda yuzaga keladi. Aloqa 
kanaliga tashqi ta‘sir va shovqinlarni ta‘siri natijasida ham ma‘lumotni aniqligi 
buziladi. 
Ma‘lumot uzatish tizimlarini asosiy sifat ko‗rsatkichlari quyidagilar: 

o‗tkazish qobiliyati; 

ishonchlilik; 

ishlash ishonchligi. 
Ma‘lumot uzatish tizimidagi o‗tkazish qobiliyati – bir vaqtda tizimni ishlash 
extimolligi katta bo‗lmagan hajmdagi ma‘lumot to‗plamiga ega bo‗lganda 
Axborot 
manbai 
Uzatuvchi 
Aloqa 
kanali 
Qabul 
qiluvchi 
Malumotlar 
iste‘molchisi 
Signal + xalaqitlar 
Signal + xalaqitlar 
Xabarlar 
Xabarlar 
Xalaqitlar 



yaxshilanadi. O‗tkazish qobiliyati tizimni aloqa kanali va signalni fizik 
xususiyatlarini belgilab beradi. Shuningdek bu sifat ko‗rsatkichi kanaldan yuqori 
tezlikda ma‘lumot uzatilishiga bog‗liqdir.
Ma‘lumotlar uzatish tizimi 2 guruhga bo‗linadi: 
1. Ma‘lumot uzatish xizmatlari (1.2a va 1.2b rasm); 
2. Ma‘lumot uzatish tarmoqlari. 
1.2a) 
1.2b) 
1.2 – rasm. Ma‘lumot uzatish xizmatlari 
 
Ma‘lumki, har-xil turdagi axborotlarni (ovozli, matn, ma‘lumotlar, grafika, 


10 
tasvir) uzatish uchun iste‘molchilarga taqdim etiladigan xizmatlar to‗plami
ma‘lumot uzatish xizmati deyiladi.
Ma‘lumot uzatish tarmoqlari deb - ma‘lumot uzatish xizmatlarini
yetkazib berish imkoniyatlarini ta‘minlovchi texnik vositalar to‗plamiga 
aytiladi.
Ma‘lumot uzatish tizimlariga quyidagilar kiradi (1.3-rasm):

terminal qurilmalar; 

kommutatsiya vositalari

uzatish tizimlari; 

aloqa kanallari.
1.3 – rasm. Ma‘lumot uzatish tizimining tuzulishi 
Ma‘lumot uzatish tarmoqlari ohirgi qurilmalarni o‗z ichiga olmaydi.
Quyidagi 3 sabab xatolar manbai bo‗lishi mumkin (1.1-jadval): 


11 
1.1– jadval.
Asosiy aloqa ko‘rsatkichlari 

Yüklə 5,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin