To‘lovlardan byudjet tizimi byudjetlariga ajratmalar me’yorlari
To‘lovlardan byudjet tizimi byudjetlariga ajratmalar me’yorlari qonun hujjatlariga muvofiq o‘rnatiladi. To‘lovlardan O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlariga, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari (bundan buyon matnda DMJ deb yuritiladi) byudjetlariga ajratmalar me’yorlarining miqdorlari ular o‘rnatilganidan so‘ng 3ish kuni mobaynida Moliya vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalarga, Moliya vazirligi G‘aznachiligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalariga yetkaziladi.
To‘lovlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlariga o‘rnatilgan ajratmalarme’yorlariningmiqdorlariQoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan tegishli tuman
va shahar hokimliklariga, tuman va shahar hokimliklari moliya bo‘limlariga, tuman va shaharlar bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalariga yetkaziladi.
To‘lovlardan O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti va DMJ byudjetlariga ajratmalar me’yorlari "O‘RMV" ATga Moliya vazirligi G‘aznachiligining vakolatli xodimlari tomonidan kiritiladi.
To‘lovlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlariga ajratmalar me’yorlari "O‘RMV" ATga mos ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalarining vakolatli xodimlari tomonidan kiritiladi.
Moliya yili mobaynida o‘rnatilganme’yorlaro‘zgarsayokiyangidankiritilganboshqato‘lovlar bo‘yicha ajratmalar me’yori o‘rnatilsa, yangidan o‘rnatilgan ajratmalar me’yorlari miqdorlari ular o‘rnatilganidan so‘ng 3 ishkunimobaynidaushbu o‘rnatilgan tartibda tegishli manfaatdor organlarga yetkaziladi. Bunda yangidan o‘rnatilgan ajratmalar me’yorlarining amal qilish sanasining boshlanishi majburiy tartibda ko‘rsatiladi.
To‘lovlardan byudjet tizimi byudjetlariga aniqlashtirilgan ajratmalar me’yorlari belgilangan tartibda "O‘RMV" ATga kiritiladi.