Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlarni to‘lash uchun to‘lov hujjatlarini g‘aznachilik bo‘linmalariga to‘lov amalga oshiriladigan sanadan kamida bir ish kuni oldin taqdim etadi.
G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan byudjet tashkilotlari (byudjet mablag‘lari oluvchilar) o‘rtasidagi, byudjet tizimi byudjetlarining turli darajalari o‘rtasidagi, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari o‘rtasidagi to‘lovlar g‘azna memorial orderlari asosida amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning chet el valyutasidagi to‘lovlari hamda pul o‘tkazmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari foydasiga amalga oshiriladi.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga joriy yoki kelgusi yilda qaytariladigan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari hisobidan o‘tgan moliya yilida hosil bo‘lgan debitorlik qarzining summasi, tegishli moliya yiliga qo‘shimcha davrda qaytariladiganidan tashqari, tegishli byudjet daromadlariga o‘tkaziladi.
XTR
O‘RMVAT ma’lumotlari
3-rasm. Qabul qilingan moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun Xarajatlarni to‘lash uchun ruxsatnomalar berish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarishni Davlat byudjeti daromadlari tushumlari va xarajatlarining qisqa muddatli prognozlarini tuzish yo‘li bilan amalga oshiradi52.
Qabul qilingan moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun Yagona g‘azna hisobvarag‘ida mablag‘lar yetishmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti xarajatlarining cheklangan hajmini belgilaydi hamda uning asosida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarga xarajatlarni to‘lash uchun ruxsatnomalar beradi.
Xarajatlarni to‘lash uchun ruxsatnomalar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
52O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 125-moddasiga asosan.
O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lari mavjud bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tijorat banklarida depozitlarga joylashtirilishi mumkin bo‘lgan mablag‘larning hajmini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirish va ularni tijorat banklarida depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.