taqsimlanishi Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining xarajatqismigaxarajatlarsmetalarinituzish talab qilinmaydigan quyidagilarnazarda tutiladi:
o byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ijro etish jarayonida bo‘shaydigan;
tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralari bo‘yicha hisobga olingan;
advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan to‘lanishi nazarda tutiladigan;
davlat organlari yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida jismoniy yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun nazarda tutiladigan;
byudjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash uchun nazarda tutiladigan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar, bundan byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritilgan hollar mustasno;
bir yo‘la beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini to‘lash uchun nazarda tutiladigan;
Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatish ishtirokchilariga kompensatsiyalar to‘lash uchun nazarda tutiladigan;
transportda imtiyozli yurishni qoplash uchun nazarda tutiladigan;
davlat qarzini to‘lash va unga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lgan xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash va ularni moliyalashtirishda ishtirok etish uchun mo‘ljallangan;
davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun nazarda tutiladigan;
saylov va referendumlar o‘tkazish uchun nazarda tutiladigan;
byudjetlararo transfertlar ajratish uchun nazarda tutiladigan;
tijorat banklari va boshqa moliya institutlarining ustav kapitalini shakllantirish va ko‘paytirish uchun nazarda tutiladigan;
rezident – yuridik shaxslarga byudjet ssudalari ajratish va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining kredit liniyalarini ochish uchun nazarda tutiladigan;
soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarida nazarda tutilgan tadbirlar hamda moliya yili mobaynida amalga oshirilishi nazarda tutilgan va Davlat byudjeti xarajatlarini ko‘paytirishni talab qiladigan boshqa tadbirlar uchun mo‘ljallangan;
davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazib beriladigan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar kiritiladi.