D tashmuxamedova


Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarni moliyalashtirish tartibi



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə49/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarni moliyalashtirish tartibi


Byudjetning barcha xarajatlari joriy xarajatlar va kapital xarakteridagi xarajatlardan iborat bo‘ladi. Mablag‘ning asosiy qismi joriy xarajatlarga to‘g‘ri keladi, qolgan qismi kapital xarajatlarga to‘g‘ri keladi. Shu o‘rinda byudjet xarajatlari tasnifini ko‘rib chiqish lozim.
Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo‘ladi va ularning yo‘nalishini aks ettiradi.
Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlari tasnifining tuzilmasi quyidagilardan iborat:

  • byudjet tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi;

  • vazifa jihatidan tasnif;

  • tashkiliy tasnif;

  • iqtisodiy tasnif;

  • hududiy tasnif

Byudjet tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlarning tegishli mablag‘lar manbalari va byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi davlat funksiyalarini bajarish uchun mablag‘lar yo‘nalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdir.
Xarajatlarning tashkiliy tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi.
Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi xarajatlarni iqtisodiy yo‘nalishiga ko‘ra kodlashdan iborat bo‘ladi.
Hududiy tasnif byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi.
Byudjet tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar bo‘yicha xarajatlari
quyidagi xarajatlar guruhlarini o‘z ichiga oladi:

  • birinchi guruh, – ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;

  • ikkinchi guruh, – ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;

  • uchinchi guruh, – kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturlarida nazarda tutilgan aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarga muvofiq);

  • to‘rtinchi guruh, – boshqa xarajatlar.

Xarajatlar guruhlari bo‘yicha aniq moddalar byudjet tasnifiga muvofiq belgilanadi.

Xarajatlar smetasi – byudjet tashkilotining unga ajratilgan byudjet mablag‘larining hajmi, maqsadli yo‘nalishi va yil choraklari (har bir chorakning oylari) bo‘yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjati.
Byudjet tashkilotlarida smetalarning quyidagi turlari amalda qo‘llaniladi:

  • yakka (individual) smetalar;

  • jamlanma smetalar;

  • byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar;

  • markazlashgan tadbirlar uchun smetalar.

Xarajatlar smetasi va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta bir yillik muddatga – 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lgan davrga tuziladi (mavsumiy tadbirlar uchun yoki joriy moliya yilida ishga tushiriladigan tashkilotlar bo‘yicha esa ularning mazkur yildagi faoliyat ko‘rsatish oylariga tuziladi va amal qiladi).


Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari xarajatlar smetalari byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan, yil oylari bo‘yicha taqsimlangan holda53:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin