D tashmuxamedova



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə2/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

M U N D A R I J A






KIRISH




1-BOB.

Byudjet g‘azna ijrosi: tushunchasi, mazmuni va ahamiyati




2-BOB.

Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosining me’yoriy- huquqiy ta’minoti




3-BOB.

Yagona g‘azna hisobvarag‘i va shaxsiy g‘azna hisobraqamlarni yuritish tartibi




4-BOB.

Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining g‘azna ijrosi




5-BOB.

Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlari g‘azna ijrosi




6-BOB.

Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish mexanizmi




7-BOB.

G‘aznachilikda moliyaviy majburiyatlar va xarajatlar to‘lovini boshqarish




8-BOB.

Hududiy byudjetlar g‘azna ijrosini tashkil qilish




9-BOB.

G‘aznachilikda davlat xaridlarini tashkil etish




10-BOB.

G‘aznachilik faoliyati nazorati




11-BOB.

G‘aznachilik yagona axborot tizimi




12-BOB.

Byudjet g‘azna ijrosining xorij tajribalari




KIRISH

Davlat byudjetning g‘azna ijrosi davlat byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tushumlarini yagona g‘azna hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa davlat byudjet, byudjetdan tashqari fondlar, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari, davlat qarzlari va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini olib borish, davlat mablag‘larining samarali ishlatilishini ta’minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati to‘g‘risida operativ tarzda ma’lumotlarni jamlash imkonini beradi.


Taraqqiyotimizning bugungi sharoitida mamlakatimiz bugungi iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan tarkibiy o‘zgarishlar, butun moliya tizimida, uning markaziy bo‘g‘ini bo‘lgan davlat moliyasida amalga oshirilayotgan islohotlar davlat moliyasini boshqarish masalalarida muayyan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarurligini talab qilmoqda. Shu sababli davlat moliyasi uchun tashabbuskor, ijodiy fikrlaydigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashda byudjet-moliya va byudjetning g‘azna ijrosi nazariyasi va amaliyotini o‘rganishga muhim o‘rin beriladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada zamonaviy sharoitda davlat byudjet g‘azna ijrosini tashkil etishning nazariy asoslari, g‘aznachilik faoliyatini tatbiq etish va rivojlanish tarixi, samarali byudjet siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali byudjetning g‘azna ijrosi mexanizmlaridan maqsadga muvofiq foydalanish imkoniyatlari, davlat moliyasini boshqarish va davlat mablag‘larining maqsadli ishlatilishi ustidan ta’sirchan nazoratni tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan davlat mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarni davlat sektorida hisobga
olishning xalqaro standartlariga moslashtirish orqali ularning shaffofligini ta’minlashni amalga oshirish belgilangan.
Bayon etilgan o‘quv materialini mukammalroq o‘zlashtirish maqsadida ma’ruza matnlarining har bir BOBsidan so‘ng BOBga taalluqli savollar, mustaqil bajarish uchun topshiriqlar keltirilgan bo‘lib, ularning muntazam bajarib borilishi g‘aznachilik ijrosi faoliyati haqidagi bilimlarni yanad boyishiga xizmat qiladi.
Muallif ushbu o‘quv qo‘llanmaning byudjetning g‘azna ijrosi bo‘yicha nazariy bilimlarni egallashlarida boshqa barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalariga ham ishonchli yordamchi bo‘ladi hamda oliy ta’lim tizimi professor- o‘qituvchilarida ma’lum qiziqish uyg‘otadi, deb umid bildiradi.

  1. Yüklə 5,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin