D tashmuxamedova


“Byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari”ning mazmuni va tarkibi



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə14/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

“Byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari”ning mazmuni va tarkibi


Keyingi yillarda ham davlat byudjeti g‘azna ijrosining me’yoriy-huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 88-sonli (22.11.2016) buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2850-son (22.12.2016) bilan ro‘yxatga olingan “Byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari”ning qabul qilinishi muhim qadam bo‘lib xizmat qildi. Mazkur “Qoidalar” O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan respublika va hududiy g‘azna hisobvaraqlarini qo‘llash sharoitida respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g‘azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilab berdi.
Ushbu “Qoidalar” quyidagilarni belgilab berdi:
G‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan respublika va hududiy g‘azna hisobraqamlarini qo‘llash sharoitida respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g‘azna ijrosini amalga oshirish tartibini;
respublika g‘azna hisobraqami va hududiy g‘azna hisobraqamlarini yuritish tartiblarini,
Respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi,
byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalarini va ularga o‘zgartirishlarni g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etish tartiblarini,
yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olishning umumiy qoidalarini,
byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga xarajatlarni amalga oshirish tartiblarini va boshqalar.
“Byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi Qoidalari”da belgilanishiga ko‘ra:
– Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar (keyingi o‘rinlarda – mahsulot yetkazib beruvchilar) bilan shartnoma, jumladan kapital qurilish bo‘yicha buyurtmachilarning shartnomalarini ro‘yxatga olish, O‘zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro etish, tegishli byudjetlar xarajatlarining to‘lanishi, shu jumladan g‘azna hisobvaraqlaridan byudjet ssudalari, subvensiya va dotatsiyalar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi;

  • G‘azna hisobvaraqlaridan foydalanib, g‘azna ijrosi bilan qamrab olinadigan byudjetlar, xarajat guruhlari, byudjetdan mablag‘ oluvchilar, shu jumladan kapital qurilish buyurtmachilarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi;

  • Naqd pul mablag‘larini olish uchun, shu jumladan byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xodimlariga ish haqi to‘lash, xizmat safari va qonunchilikda

nazarda tutilgan boshqa naqd pul shaklidagi xarajatlarni to‘lash uchun g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan tijorat banklarda 23212 “Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 “G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlari ochiladi;
– Davlat byudjeti g‘azna ijrosining hisobini yuritish, hisobotini tuzish va taqdim etish qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar va muddatlar bo‘yicha amalga oshiriladi.


G‘azna hisobvaraqlari orqali xizmat ko‘rsatiladigan byudjetdan mablag‘ oluvchilar xarajatlar smetasi ijrosi to‘g‘risidagi davriy hisobot (1- OX shakl va 2-shakl) ni yuqori tashkilot va tegishli moliya organlariga taqdim etgunga qadar, uni xizmat ko‘rsatuvchi g‘aznachilik bo‘linmalari bilan tegishli davrda g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari va aniqlangan rejali byudjetdan ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlariga mosligiga taqqoslanadi (byudjetdan mablag‘ oluvchilarning hisobotlari g‘aznachilik bo‘linmalarining buxgalteriya hisobi bo‘yicha vakolatli xodimlari tomonidan belgilangan shakldagi shtamp qo‘yilib, imzolanadi).


Davlat byudjetiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar banklar tomonidan o‘rnatilgan tartibda qabul qilinadi va 23402 (005) “Respublika byudjetining mablag‘lari” hisobvarag‘iga kirim qilinadi hamda belgilangan me’yorlarga muvofiq, banklarda ochilgan tegishli byudjetlarning g‘azna hisobvaraqlariga ajratiladi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlari to‘lovi moliya yili uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari doirasida, tasdiqlangan (aniqlangan) xarajatlar smetalari, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning mahsulot yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari asosida:

    • respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda;

    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti yoki mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilishi ushbu qoidalarda belgilab berildi.

Davlat byudjeti g‘azna ijrosi Qoidalarida byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan byudjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilishi tartibi belgilangan.

Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin