D tashmuxamedova


G‘aznachilikning axborot tizimi



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə12/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

G‘aznachilikning axborot tizimi. G‘aznachilikka yagona axborot tizimi xizmat qiladi. Hozirgi kunda G‘aznachilikning yagona axborot tizimi yaratilgan bo‘lib, “Davlat mablag‘larini boshqarishning axborot tizimi” (DMBAT) deb ataladi. “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi axborot tizimi” (O‘RMV
AT) — tegishli byudjetlarning byudjet jarayonini kompleks avtomatlashtirish, shu jumladan byudjet tizimi byudjetlari va boshqa maqsadli jamg‘armalar byudjetlari ijrosi bilan bog‘liq operatsiyalarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan axborot tizimi 2016-yildan faoliyati amalga oshirilmoqda1. G‘aznachilik faoliyatini tashkil etishda «UzASBO» DM — byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobi va hisobotining yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy majmuasi muhim ahamiyatga ega.
Byudjet operatsiyalari bo‘yicha kodlashtirilgan va tasniflangan ma’lumotlar «UzASBO» DM orqali g‘aznachilik organlariga yuborilib O‘RMV ATga avtomatik ravishda yuklanadi, bu esa daromadlarni tasniflar, hududiy belgilari, byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlar bo‘yicha aniqlash imkonini beradi. Daromadlar avtomatik ravishda tegishli byudjetlarga belgilangan normativlar asosida o‘tkaziladi va boshqariladi.
G‘aznachilikda davlat byudjeti mablag‘larini boshqarish shundan iboratki, G‘aznachilik yagona g‘azna hisobraqamidan va G‘aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridagi davlat byudjeti mablag‘larini, davlat byudjetining xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo‘naltirish, shuningdek, davlat byudjetining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini bank depozitlari va boshqa aktivlarga vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan respublika byudjetiga, Qorag‘alpog‘iston Respublikasi byudjetiga, mahalliy byudjetlarga, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalariga byudjet ssudalari berish yo‘li bilan boshqarib boradi. G‘aznachilik tomonidan dotatsiyalar va ssudalarni o‘tkazish yagona g‘azna hisobraqamidan yoki G‘aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan davlat byudjetida mablag‘lar ajratish nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga o‘tkaziladi.





1 “O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi Qoidalari” O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son buyrug‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami №2850.
Agar davlat mablag‘laridan maqsadli foydalanishni nazorat qilish ular ajratilgandan keyingina boshlansa, davlat byudjeti ko‘p narsani boy beradi. Keyingi moliyaviy nazoratning samarasizligi shundaki, uning xulosalari byudjetdan mablag‘ oluvchi o‘ziga ajratilgan mablag‘larini amalda sarflab bo‘lganidan keyin chiqariladi. Vaholanki, joriy nazoratni, ya’ni byudjet mablag‘lari o‘zlashtirilishi jarayonini nazorat qilishni ta’minlash muhimdir1.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, byudjetning kassali ijrosi g‘aznachilik va bank orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy islohotlar sharoitida byudjet ijrosida bank tizimining qo‘llanilishi quyidagi holatlarga olib keldi:

  • daromadlarning tushishida pasayish yuz berdi, tartibga soluvchi soliq- larni qo‘llashning yagona uslubining yo‘qligi byudjet jarayonini boshqarishni qiyinlashtirdi;

  • tushgan daromadlar va qilingan xarajatlar to‘g‘risida tezkor axborotlar olishga, zudlik bilan byudjetga oid boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkoniyat bermadi;

  • tijorat banklari hisobraqamlarida byudjet mablag‘larining o‘rtacha qol- dig‘ining yuqori darajasi saqlanib qoldi;

  • byudjet mablag‘larining nazorati kamayib ketdi, amalda ularni maqsadsiz ishlatish hollari kelib chiqdi.

Buning asosiy sabablaridan biri joriy byudjet ijrosi tizimida, moliya organlari sust (passiv) rolga ega bo‘lganligi va shu bilan bir vaqtda bank va byudjet tashkilotlariga yuklatilgan funksiyalarni mustaqil bajarib, moliya organlarini amalga oshirilgan byudjet jarayoni faktlaridan keyingina xabardor qilinadi. Buning natijasida mahalliy byudjetlarda mablag‘ yetishmovchiligi yuzaga kelib, yuqori turuvchi byudjetdan byudjet ssudasini olishga to‘g‘ri keladi.
Eng asosiysi, buning natijasida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan birinchi darajali xarajatlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ma’lum muddatlarda kechikishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda mahalliy byudjetlar
tarkibida, respublikamiz aholisiga qaratilgan o‘ta muhim ijtimoiy tadbirlar bo‘lganligi uchun dolzarb masalalaridan biri daromadlarning tushishi bilan xarajatlarni amalga oshirishi kerak bo‘lgan vaqt o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishdir.
Demak, davlat byudjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga kiritilganini bugungi kunda byudjet islohotlarining yirik yo‘nalishlaridan biri desak xato bo‘lmaydi, chunki davlat moliyasini samarali boshqarish zaruriyati mavjud, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish uchun byudjet xarajatlarining nazoratini kuchaytirish talab etiladi.
Davlat moliya tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar davlat xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi, Davlat iqtisodiyotni isloh qilish va bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayonlarida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bunda davlat byudjeti islohotlarning eng muhim dastaklaridan biri vazifasini bajaradi.
Shu sababli, yaqin kelajakda davlat byudjeti ijro etilishining g‘aznachilik tizimini izchil joriy etishni ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. G‘aznachilik sharoitida byudjetning kassali ijrosi deganda har bir byudjetning daromadlari mazkur byudjetni ijro etuvchi tegishli kassada jamg‘arilishi tushuniladi1. Shuningdek, ushbu byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlanuvchi barcha tashkilotlarga pul mablag‘lari ushbu kassa orqali beriladi.
Bunda konsolidatsiyalashgan byudjetni ijro qilish maqsadida va davlat moliyasi bilan qilinadigan barcha jarayonlarni o‘z vaqtida va aniq hisobini qilish uchun g‘aznachilikning hisob-kitob schyotlari davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining tasnif tizimiga mos kelishi kerak. Byudjetning daromad qismini ijro etish yuridik va jismoniy shaxslardan soliq va soliqsiz to‘lovlar undirish hisobiga amalga oshiriladi. Bunda yuridik va jismoniy shaxslar tegishli to‘lovlarni qonunda belgilangan muddatlar va tartiblarda mustaqil ravishda hisoblaydilar va byudjetga to‘laydilar.
Byudjetning daromadlar qismi ijrosida soliq organlarining funksiyasi tartibga soluvchi soliqlarni taqsimlash, noto‘g‘ri to‘langan summalarni qaytarish va byudjet daromadlari tushumi hisobini olib borishdan iborat bo‘ladi.
Byudjetning tushumlar bo‘yicha ijrosini tashkil etib, G‘aznachilik organlari tushumlar tushishining qisqa muddatli prognozi va byudjetning daromadlar qismi ijrosining tahlilini amalga oshiradi. Mamlakatda moliyaviy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash, narxlar va ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich erkinlashtirish byudjet tizimini izchil va tizimli tarzda rivojlantirishni ta’minlaydi.
G‘aznachilik – davlat byudjeti ijrosini ta’minlashning bir shakli bo‘lib, unda maxsus idora davlat soliqlari yig‘imi va ulardan foydalanishni ta’minlaydi, mablag‘lar ustidan nazorat amalga oshiriladi, shuningdek, davlat tashqi va ichki qarzlarini boshqaradi hamda byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari pul oqimlari monitoringini olib boradi.
Bugungi kunga kelib, barchasida ushbu tizim joriy qilindi va ayni paytda mutaxassislar mavjud tizimni takomillashtirish ishlari bilan band.
Yuqoridagi fikrlarimizga xulosa shuki, davlat moliyasi boshqaruvining tuzilishini tarixiy rivojlantirishda nainki ilmiy, balki amaliy tajribalarga ham tayaniladi.
O‘zbekistonda davlat byudjeti g‘azna ijrosini joriy etishdan ko‘zlangan maqsad quydagilardan iborat:
byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish;
byudjet nazoratini kuchaytirish;
byudjet ijrosi yuzasidan hisobot muddatlarini qisqartirish.
G‘aznachilik joriy etish byudjet daromadlarining to‘liq va o‘z vaqtida tushishini va xarajatlar qismida byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishining nazoratini kuchaytirish va pul oqimlarini samarali boshqarish imkonini beradi. Mazkur tizimni joriy etish orqali byudjet bajarilishini kuzatish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qulaylik yaratish, byudjet mablag‘larini
maqsadsiz sarflanishidan himoyalash va byudjetni rivojlantirish va prognozlashtirish sifatini oshirish mumkin.
Konsolidatsiyalashgan byudjetni ijro qilish va davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilayotgan barcha jarayonlarni o‘z vaqtida va aniq hisobini yuritish maqsadida G‘aznachilik hisob-kitoblar schetlari davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining tasnif tizimi bilan moslashtiriladi.
G‘aznachilik tizimini joriy qilish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy ishlar quyidagilardan tashkil topadi:

  • byudjet daromadlari va xarajatlari bo‘yicha barcha opertsiyalar turli banklarda ochilgan ko‘plab byudjet hisobraqamlari o‘rniga markaziy bankda ochiladagan Moliya vazirligining yagona G‘azna hisobvarag‘iga jamlanadi;

  • byudjet tashkilotlari xarajatlarini hisobga olish va byudjet mablag‘laridan foydalanishni nazorat qilish, hamda hisobotlar tayyorlash uchun ularning shaxsiy hisobvaraqlari G‘aznachilikda ochiladi va yuritiladi;

  • tijorat banklar ijrosi o‘rniga G‘aznichilik tomonidan byudjetning kassa ijrosini amalga oshirilishi va byudjet jarayonining barcha bosqichlari, ya’ni daromadlar tushumi, byudjet mablag‘lari ajratishdan tortib byudjet ijrosi hisobotini tayyorlashgacha bo‘lgan ishlar birlashtiriladi;

  • zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturiy ta’minotni qo‘llagan holda G‘aznachilikning yagona axborot tizimi shakllantiriladi va u davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari kassa ijrosining kundalik monitoringini ta’minlaydi, barcha darajadagi byudjetlar holati haqida ma’lumotlarni tezkor yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish imkonini beradi.

Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi G‘aznachilik tizimini O‘zbekistonda ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning moliya – axborot tizi- mini joriy etish, davlat moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradiki, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi.
Mamlakatimizda davlat byudjetining g‘aznachilik tizimini joriy etilishi quyidagi ijobiy natijalarga erishish imkonini beradi:

  • davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko‘rsatkichlarini doimiy nazorat qilish;

  • davlat moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va muntazam ravishda axborjtlarni yig‘ish, ishlov berish va tahlil qilish;

  • davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismlarining kassa ijrosini har kungi aniqlashtirilgan monitoringini o‘tkazish;

  • tasdiqlangan byudjet mablag‘lari doirasida byudjet tashkilotlarining tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilar oldidagi majburyatlarini qabul qilish bosqichida dastlabki nazoratni amalga oshirish;

-moliya organlari tomonidan byudjet xarajatlarini o‘z vaqtida va manzilli moliyalashtirish bilan birga, byudjet mablag‘larini bosh taqsimlovchilari tomonidan suiiste’mol qilish va noto‘g‘ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat olib borish;

  • byudjet tashkilotlari majburiyatlarni olgandan keyin pul mablag‘larini G‘aznachilik hisobraqamida to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar yetkazib beruvchilar hisobraqamiga o‘tkazish orqali pul oqimlari harakatini tezlashtirish va o‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirish orqali ta’minotchilarning moliyaviy im- koniyatlarini yaxshilash;

  • g‘aznachilik tizimining bir pog‘onasidan ikkinchi pog‘onasiga pul mablag‘lari o‘tkazishni tezlashtirish orqali byudjet mablag‘larini tezkor harakat qilishini ta’minlash.

Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin