D tashmuxamedova


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə13/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

Takrorlash uchun savollar





      1. Davlat byudjetini ijro etishning jahon tajribalarida mavjud qanday usullari bor?

      2. Davlat byudjetining kassaviy ijrosi byudjetni ijro qilishdagi qanday muammolarni keltirib chiqardi?

      3. Davlat byudjetining g‘azna ijrosi byudjetni ijro etishning boshqa usullaridan qanday afzalliklarga ega?

      4. Davlat byudjeti g‘azna ijrosining mazmun-mohiyati nimadan iborat?

      5. Davlat byudjeti g‘azna ijrosining tamoyillarini izohlab bering.

      6. G‘aznachilikning tashkiliy elementlari nimalardan iborat?

      7. O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetining g‘azna ijrosiga o‘tish qanday bosqichlarda amalga oshirilmoqda?

Mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar





  1. Maxsus adabiyotlar va Internet resurs manbalaridan foydalanib xorijiy davlatlarda faoliyat yurituvchi G‘aznachilik tizimlari haqida axborot tayyorlang.

  2. O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti g‘azna ijrosini tatbiq etish bosqichlari va har bir bosqichda amalga oshirilgan ishlar sharhini aks ettiruvchi taqdimot tayyorlang.
  1. BOB. Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosining me’yoriy-huquqiy ta’minoti


Reja


    1. O‘zbekistonda davlat byudjetining g‘azna ijrosini amalga oshirishning huquqiy-me’yoriy asoslari.


2.2 “Byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari”ning mazmuni va tarkibi.
    1. Moliya vazirligi G‘aznachiligining tarkibi va tashkiliy tuzilishi.


    2. Moliya vazirligi G‘aznachiligining funksiya va vazifalari.

    1. O‘zbekistonda davlat byudjetining g‘azna ijrosini amalga oshirishning huquqiy-me’yoriy asoslari


O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, hukumat oldida davlat boshqaruv institutlarini tubdan isloh qilish masalalari ko‘tarila boshlandi. Bu islohotlarda eng asosiy vaziflardan biri Davlat moliyasi va byudjet tizimini isloh etish edi. Xo‘jalik yuritishni bozor tizimiga o‘tilishi, iqtisodiyotning bozor infratuzulmasini shakllanishi va rivojlanishi mamlakat xo‘jalik jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy asosni yaratishni talab etadi. Undan tashqari, jahondagi glaballashuv jarayonlarida faol qatnashayotgan O‘zbekiston uchun davlat boshqaruv institutlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat byudjeti g‘azna ijrosining asosiy prinsiplari kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat.
Davlat byudjetining g‘azna ijrosi davlat byudjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisobvarag‘iga kiritishdan, shuningdek davlat byudjetining xarajatlarini shu hisobvaraqdan to‘lashdan iborat.

G‘aznachilik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Мajlis Palatalarining qarorlariga,


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga va o‘z faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
G‘aznachilik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahal- liy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bevosita va o‘zining hududiy bo‘linmalari orqali amalga oshiradi.
G‘aznachilik faoliyatini moliyalashtirish respublika byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Davlat byudjetining kassa ijrosining g‘aznachilikka o‘tilishi O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimidagi eng yirik islohotlardan biridir. Jahon amaliyotida rivojlangan davlatlarning byudjet ijrosi aynan g‘aznachilik tizimi orqali amalga oshiriladi. G‘aznachilik uzoq rivojlanish bosqichiga ega bo‘lgan tizim bo‘lib, uning bir necha ijobiy tomonlari borki, bu Davlat byudjeti ijrosining aniqliligi, maqsadliligi va byudjet mablag‘larining samarali boshqarilishini ta’minlaydi. Davlat byudjetining har bir so‘m mablag‘ining maqsadli sarflanishiga zamin yaratib beradi.
O‘zbekiston sharoitida davlat moliyasini boshqarish tizimidagi is- lohotlarning eng asosiysi g‘aznachilik tizimini to‘liq joriy qilishdir. Davlat byudjeti ijrosida foydalanilayotgan g‘aznachilik tizimi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga mos holda davlat xarajatlarini samarali boshqarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar yig‘indisidan iborat. Bu chora-tadbirlar davlat byudjetining xarajatlari ijrosidagi moliyaviy nazorat bo‘yicha dolzarb muammolarni qamrab oladi.
G‘aznachilik tizimining rivojlanishi va amaliyotga kirib kelishi uzoq tarixiy rivojlanish davrini o‘z ichiga oladi. Mamlakatimizning boy tarixidan bizga ma’lumki, g‘aznachilik amirlik va xonliklarning g‘aznasini boshqarishda muhim ahamiyat kasb etgan. G‘aznachilik bilan yuqori bilim va ma’lumotlarga ega shaxslar shug‘ullanishgan. Xazinadagi har bir oltin va qimmatli toshlarning aniq
o‘lchovini olib borish hamda yuritish o‘sha davrlarda g‘aznaning oldidagi eng mashaqqatli xizmat sifatida qaralgan. G‘aznachilik lavozimiga esa xon va amir tomonidan iqtidorli, halol, bilimga ega shaxslar qo‘yilgan.
Hozirgi davrga kelib g‘aznachilik rivojlanib, axborot texnologiyalari va dasturlarni qo‘llagan holda Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlarini kassa ijrosini amalga oshirmoqda. Davlat byudjetining holati va monitoringini olib borishda g‘aznachilik tizimidan foydalanilmoqda. Bu boradagi islohotlar davlat moliyasi, davlat byudjeti va byudjet jarayonini boshqarish va tartibga solish organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ko‘zda tutadi. Shu sababli ular faoliyatini amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlar talablariga moslashtirish, so‘nggi ijobiy natijalarni ko‘zlagan holda muvofiqlashtirish, shaklan va mazmunan yangi sifat pog‘onasiga ko‘tarish talab etilmoqda1.
Bu borada dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 26-aprelda 144-son Qarori qabul qilindi. Mazkur loyihani amalga oshirishga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 400,0 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratildi. Qarorda aytilishicha, “Yaponiya hukumati tomonidan O‘zbekiston Respublikasida moliya axborot tizimining funksional va texnikaviy tuzilmasini ishlab chiqishga”2 500,0 ming AQSh dollari miqdorida grant berilishi bildirildi.
Mazkur loyihaning maqsadi davlat moliyasini boshqarishni takomil- lashtirish, zamonaviy kompyuterlar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag‘larining samarali sarflanishini ta’minlash, byudjet ijrosining yangi tizimini yaratishdan iboratdir. Ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirish yuzasidan mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatildi.



1Davlat moliyasini isloh etishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari (20.12.2009). T.: HUMOYuN ISTIQLOL MO‘JIZASI, 2009. 87-88 b.
2 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 144-son (26.04.2002) Qarori, 1-band.
Loyihani tayyorlash va amalga oshirish maqsadida Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi. Bu kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • loyihani tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha monitoring olib borish;

  • loyiha doirasida jalb etiladigan vakolatli organlar, konsalting kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • loyihani tayyorlash va amalga oshirish uchun jalb etiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish ustidan nazoratni ta’minlash;

  • tender savdolari o‘tkazish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va ularning natijalarini ma’qullash, tegishli tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash;


  • ekspertizalar o‘tkazish va jalb etilayotgan konsultantlar va ekspertlar hisobotini ma’qullash.



  1. rasm. Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasi yo‘nalishlari


O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyasini isloh qilish bo‘yicha muhim qadamlardan biri “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi bo‘ldi. Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston
Respublikasi Davlat byudjetining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalarining) va byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag‘larining g‘azna ijrosi sohasidagi munosabatlarini tartibga solishdan iborat. Mazkur qonunda davlat byudjeti g‘azna ijrosini tashkil etish va g‘aznachilik faoliyati bilan bog‘liq quyidagi holatlar o‘zining huquqiy asosiga ega bo‘ldi:

    • davlat byudjeti g‘azna ijrosining asosiy prinsiplari;

    • davlat byudjetining g‘azna ijrosi muddatlari;

    • G‘aznachilikning asosiy vazifalari;

    • G‘aznachilikning boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlari;

    • G‘aznachilikning bank hisobvaraqlari;

    • davlat byudjetining xarajatlarini amalga oshirish;

    • davlat byudjeti mablag‘larini boshqarish;

    • davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi;

    • davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot va boshqalar.

“Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi o‘z navbatida byudjetdan mablag‘ oluvchilar bilan ularga tovar (xizmat, ish)larni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ularning xarajatlarini to‘lab berishga qaratilgan byudjet mablag‘larining harakatini nazorat qilish tartibini aniqlash va belgilashni taqozo etadi.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 63-son (05.05.2005) buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1475-raqam (21.05.2005) bilan ro‘yxatga olingan “Moliya organlarida byudjetdan mablag‘ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning xarajatlari to‘lovini nazorat qilish tartibi haqida Vaqtinchalik nizom” qabul qilindi. Ushbu Nizom tajriba tariqasida Samarqand viloyatida, shu jumladan respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan ayrim byudjet tashkilotlarida byudjetdan mablag‘ oluvchilar bilan mol yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomalarni tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish va byudjet
mablag‘larini ularning xarajatlarini to‘lashga o‘tkazish ustidan nazorat qilish tartibini belgilab berdi.
Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish hisobiga byudjet tizimini yanada isloh etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida 2007-yil 28-fevralda “Davlat byudjeti g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-594 sonli Qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyot boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g‘aznachilik bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Shuningdek, mazkur Qaror bilan G‘aznachilikning asosiy vazifalari belgilab berildiki, ular “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonunda aks etgan G‘aznachilikning vazifalariga yanada aniqlik kiritdi. Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish hisobiga byudjet tizimini yanada isloh qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida qarorda qator vazifalar belgilandi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya vazirligi Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g‘aznachilik bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligini va uning hududiy bo‘linmalarini moliya organlari bo‘yicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida tashkil etish;

  • G‘aznachilik tomonidan davlat byudjetinining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash,

byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish;

  • Davlat byudjeti mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisobraqami, shuningdek tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g‘aznachilik hisobraqamlarini joriy etish orqali boshqarish;

  • byudjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarini, shuningdek Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish bo‘yicha buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga qat’i muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish orqali byudjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini olish;

  • byudjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish;

  • xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’i summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisobraqamlariga byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;

  • Davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborot yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish.

Shuningdek, ushbu qaror asosida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining qarz mablag‘larini jalb etgan holda Davlat
byudjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisobraqamiga jamlash va undan xarajatlar to‘lovini amalga oshirish imkonini beruvchi Davlat byudjeti g‘azna ijrosining yagona integratsiyalashgan axborot tizimini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksining qabul qilinishi belgilandi.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda belgilangan tartibda respublikaning barcha shahar va tumanlarini qamrab olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining ma’lumotlar tarmog‘ini tashkil etish uchun yer usti raqamli aloqa kanallarini berish choralari belgilandi.
Moliya organlarining byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasini bajarish funksiyalari G‘aznachilikka berilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga byudjet mablag‘lari oluvchilarga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan bank xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish choralari ishlab chiqildi.
2007- yil 20- martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 53-sonli Qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risida Nizom” qabul qilindi. Mazkur Nizom “Davlat byudjeti g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-594 sonli (27.02.2007) qaroriga muvofiq ishlab chiqildi hamda G‘aznachilikning asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilab berdi.
2007-yil 30-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 119-sonli buyrug‘i bilan “Davlat byudjeti g‘azna ijrosi bo‘yicha funksiyalarini chegaralash to‘g‘risida Nizom” tasdiqlandi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g‘azna ijrosini tashkil etish borasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari (G‘aznachilikdan tashqari) hamda hududiy moliya organlari zimmalaridagi funksiyalar bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari zimmalariga qo‘yilgan funksiyalarini chegaralab berdi. Bu esa byudjet siyosatini amalga oshirishga mutasaddi bo‘lgan bir nechta
davlat moliyasini boshqarish organlarining faoliyati bir-birini takrorlamasligini ta’minladi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish asosida byudjet faoliyatini rivojlantirish davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, 2000-yil 14-dekabrda “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinganidan beri o‘tgan davr mobaynida byudjet amaliyotida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, ular:

  • davlat byudjeti g‘azna ijrosining joriy etilishi;

  • bir qator davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa nobyudjet fondlarining tuzilishi va amal qilishi;

  • byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish manbalarining kengayishi va ular ustidan nazoratni yaxshilash zarurligi;

  • byudjet tasnifi, byudjet hisobi va hisoboti tizimining takomillashuvi;

  • yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining qabul qilinishi va amalga kiritilishi va boshqa holatlar bilan bog‘liq bo‘lib, byudjet qonunchiligini yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi.

Natijada amaldagi “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi hamda “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilangan normalar mukammal tarzda qayta ishlangan holda Byudjet Kodeksida o‘z aksini topdi.
Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasida amalga kiritilayotgan yangi Byudjet Kodeksi davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, byudjet siyosatining ustuvorliklarini belgilab olish, byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim etish sifatini oshirishga qaratilgan. Ushbu kodeks O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro
etish, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish va byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Byudjet Kodeksi byudjet jarayonini xalqaro amaliyot tajribalaridan kelib chiqqan holda tartibga solish, byudjet amaliyotida mavjud bo‘lgan ziddiyatlarni bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, byudjet jarayonini tashkil etishdagi me’yorlar, nizomlar va byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini tizimlashtirish maqsadida ishlab chiqildi. Byudjet Kodeksining g‘aznachilik faoliyati bilan bog‘liq alohida qismi davlat byudjeti g‘azna ijrosini tashkil etish, yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish, byudjetdan mablag‘ oluvchilar xarajatlari to‘lovini amalga oshirish, davlat xaridlarini tashkil qilish, G‘aznachilikning yagona g‘azna hisobraqamini yuritish kabi masalalarni tartibga solishga qaratilgan.



    1. Yüklə 5,5 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin