D tashmuxamedova


Moliya vazirligi G‘aznachiligining tarkibi va tashkiliy tuzilishi



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə16/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

Moliya vazirligi G‘aznachiligining tarkibi va tashkiliy tuzilishi


G‘aznachilik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibidagi davlat ijroiya organi hisoblanadi. G‘aznachilikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi G‘aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmasi, shahar va tumanlarda G‘aznachilik bo‘linmalari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi (3-rasm).
G‘aznachilikka O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat G‘aznachisi rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug‘iga muvofiq G‘aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi. G‘aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika byudjetidan amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi


Moliya vazirligi G’aznachiligi







  1. rasm. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tashkiliy tuzilishi 1


Moliya vazirligi G‘aznachiligi markaziy apparatining tashkiliy tuzilishi 4- rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga zarur hollarda G‘aznachilikning markaziy apparati va uning bo‘linmalari tuzilmasiga moliya organlari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqi berilgan.

G‘aznachilikning tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining Davlat byudjetining g‘azna ijrosi bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi Markaziy apparati tuzilmasiga shunday yirik boshqarmalardan biri “Amaliyot boshqarmasi”, “Metodologiya, moliyaviy resurslar va hisoblarni boshqarish boshqarmasi” va “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tahlili va nazorati boshqarmasi” singari boshqarmalar kiradi. PQ-594-son Qaror bilan shuningdek, G‘aznachilik hududiy bo‘linmalarining tashkiliy tuzilishi ham tasdiqlangan (5-rasmga qarang).
1 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risidagi Nizom asosida tuzildi.
Moliya vazirligi G‘aznachiligi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari quyidagi ishlarni bajaradi:

  • byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq byudjet tashkilotlari tomonidan naqd pul mablag‘lari bilan to‘lanadigan boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun g‘aznachilikning bank hisobraqamlariga mablag‘lar o‘tkazadi;

  • yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga sudning qarori bo‘yicha yagona g‘aznachilik hisobraqamidan yoki g‘aznachilikning boshqa hisobraqamlaridan mablag‘lar o‘tkazadi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi natijasida fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash uchun mablag‘lar o‘tkazadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har kunlik asosida g‘aznachilik hisobraqamlarida mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi;

  • byudjetdan mablag‘ oluvchilarga ular uchun g‘aznachilikda yoki uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisobraqamlaridan ko‘chirmalar, ularning xarajatlarini qoplashga byudjet mablag‘lari o‘tkazilganligini tasdiqlaydigan to‘lov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi;

  • manbalar bo‘yicha tegishli byudjetlar daromadlari tushumi hisobini yuritadi;

  • moliya organlarining topshirig‘i bo‘yicha yuqori byudjetlarda nazarda tutilgan rejali dotatsiyalar, subvensiyalar, byudjet ssudalari summasini va boshqa to‘lovlarni quyi byudjetlarning shaxsiy g‘aznachilik hisobraqamlariga o‘tkazadi;

G’aznachilik boshlig’i – vazir o’rinbosari

G’aznachilik boshlig’ining
I-o’rinbosari
G’aznachilik boshlig’ining o’rinbosari – Amaliyot boshqarmasi boshlig’i


Metodologiya, moliyaviy resurslarni tartibga solish va hisoblar boshqarmasi
Davlat byudjeti g’azna ijrosi tahlili va nazorati boshqarmasi
Yuridik majburiyatlar va narx monitoringi bo’limi




Davlat byudjetining g’azna ijrosi metodologiyasi bo’limi


Moliyaviy resurslarni tartibga solish bo’limi

Ichki va tashqi qarz bo’yicha hisoblar bo’limi


Davlat byudjeti g’azna ijrosining yig’ma tahlil bo’limi

G’aznachilik operatsiyalarini nazorat qilish bo’limi




Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi

Moliyaviy majburiyatlar va to’lovlar bo’limi


Huquq-tartibot organlari xo’jalik shartnomalarini ro’yxatga olish va to’lov bo’limi


Mudofaa bo’yicha bo’lim



Ish yurituvchi Yuristkonsultant

Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin