3. To‘lovlar kontingentini "O‘RMV" ATda aks ettirish orqali YaG‘Hga kiritish va ortiqcha to‘langan to‘lovlarni qaytarish
To‘lovlar kontingentini YaG‘Hga o‘tkazish, ularni "O‘RMV" ATning "Tushumlarni boshqarish" modulida aks ettiriladi. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlariga jismoniy (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari) va yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan to‘lovlar ushbu Yo‘riqnomada belgilangan shakldagi to‘lov topshiriqnomasiga asosan YaG‘Hga o‘tkaziladi. To‘lovni amalga oshirish uchun to‘lov topshiriqnomasida to‘lovchi tomonidan:
"Daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i" grafasida - tegishli daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i;
"To‘lov maqsadi" grafasida - ushbu Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq to‘lov turining kodi va to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi.
Bunda to‘lov maqsadida birinchi navbatda to‘lov turining kodi ko‘rsatiladi. Bank xodimlari to‘lovni amalga oshirish uchun to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalarini qabul qilganlaridan so‘ng, "Daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i" grafasida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqamini byudjetga o‘tkazilayotgan to‘lovga muvofiqligini va to‘g‘riligini, "To‘lov maqsadi" grafasida esa 5-rasmdagi shaklga muvofiq ko‘rsatilgan to‘lov turi kodining muvofiqligini tekshiradilar.
Na-
|
Hudu-
|
Da-
|
Tash-
|
zorat
|
diy
|
romad
|
kiliy
|
kali-
|
tasnif
|
turi
|
tasnif
|
ti
|
kodi
|
|
kodi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bosh buxgalter
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
M.O‘.
|
|
Tekshirildi
|
|
Ma’qullandi
|
|
Bank tomonidan
ijro etildi
|
|
(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)
|
|
|
|
|
|
|
|
5-rasm. Jismoniy (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari) va yuridik shaxslar
tomonidan to‘lanadigan to‘lovlar uchun to‘lov topshiriqnomasi shaki44
To‘lovchilarning bank hisobraqamlaridan YaG‘Hga kelib tushgan to‘lovlar kontingenti summalari "O‘RMV" ATda tegishli daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida, shuningdek "O‘RMV" ATning "Tushumlarni boshqarish" modulida yuritiladigan To‘lovlar kontingentini hisobga olish kitobida aks ettiriladi.
Bojxona to‘lovlari, ularni bojxona organlarining "O‘RMV" ATda ochilgan depozit shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida aks ettirgan holda belgilangan shakldagi to‘lov topshiriqnomasiga asosan YaG‘Hga o‘tkaziladi. Bojxona to‘lovlarini bojxona organlarining depozit shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazilishi bojxona organlari tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etiladigan g‘azna memorial orderlariga asosan amalga oshiriladi.
"O‘RMV" ATda daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida va To‘lovlar kontingentini hisobga olish kitobida kelib tushayotgan to‘lovlar kontingentining hisobi quyidagi talablarga rioya etgan holda yuritiladi:
44 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016-yil 30-martda 2771-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qarori asosida.
kelib tushayotgan mablag‘larni to‘lov turlari bo‘yicha majburiy tartibda aks etish va guruhlash;
banklar tomonidan to‘lovchilarning bank hisobraqamlaridan YaG‘Hga o‘tkazib berilayotgan har bir summani kelib tushish sanasini majburiy tartibda ko‘rsatish;
har bir to‘lov turini hududiy belgisi va soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar bo‘yicha majburiy tartibda guruhlash;
kelib tushgan to‘lovlarni kunlar, oylar, choraklar va birinchi yarim yil, to‘qqiz oylik va yillik ortib boruvchi yakun bilan majburiy tartibda hisobini yuritish.
Daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari kelib tushgan to‘lovlar kontingentini tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq byudjet tizimining tegishli byudjetlari o‘rtasida amaliyot kuni mobaynida har soatda taqsimlash yo‘li bilan "nol" holatiga keltiriladi. Zarurat tug‘ilganda kelib tushgan to‘lovlar kontingentini byudjet tizimining tegishli byudjetlari o‘rtasida taqsimlash real vaqt rejimida amalga oshirilishi mumkin.
To‘lovlar kontingentini hisobga olish kitobi har bir moliya yili uchun alohida yuritiladi. Ma’lum bir sabablarga ko‘ra tavsiflanishi va tegishli byudjetga kiritilishi imkoniyati yo‘q bo‘lgan to‘lovlar tushumi summalari, aniqlanmagan tushumlar sifatida identifikatsiya qilinadi va YaG‘Hga qaysi bank hisobraqamlaridan o‘tkazib berilgan bo‘lsa, shu bank hisobraqamlariga g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan 3 ish kuni mobaynida qaytariladi.
Aniqlanmagan tushumlar To‘lovlar kontingentini hisobga olish kitobida hududiy mansubligi bo‘yicha, ya’ni YaG‘Hga mablag‘ o‘tkazilgan hisobraqami bankining joylashgan joyi ko‘rsatilgan holda aks ettiriladi. Byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan byudjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan to‘lovlar tegishli daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga
Yo‘riqnomada belgilangan shakldagi g‘azna memorial orderiga asosan o‘tkazib beriladi.
Bunda, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarga to‘lovlarni to‘lashning ushbu Yo‘riqnomaning 18-bandida nazarda tutilgan tartibi qo‘llaniladi.
YaG‘Hga to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumot Moliya vazirligi tomonidan har kuni elektron shaklda "O‘RMV" ATdan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlarning axborot tizimlariga taqdim etiladi.
To‘lovlar jismoniy shaxs tomonidan:
naqd pul mablag‘lari orqali amalga oshirilganida mablag‘lar to‘lov hujjatini rasmiylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. To‘lov hujjati uch qismdan, e’lon, kvitansiya va kirim orderidan iborat. Kirim orderi bank kuni hujjatlariga tikiladi, kvitansiya to‘lovni to‘lab bergan jismoniy shaxsga beriladi, e’lon esa tegishli tuman (shahar) davlat soliq xizmati organi xodimlariga taqdim etiladi;
bank plastik kartochkasi orqali amalga oshirilganida mablag‘lar to‘lovi ushbu Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi to‘lov hujjatini rasmiylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
o‘zining omonat hisobvarag‘idan tegishli daromad bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga amalga oshirilganida mablag‘larni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda ko‘rsatilgan to‘lov summasi bank tomonidan memorial order orqali, unda tegishli daromad turi bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda YaG‘Hga o‘tkaziladi.
To‘lovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish
To‘lovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish mazkur to‘lovlar ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langanida soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Soliq va Bojxona kodekslarida hamda to‘lovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish masalalarini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Agar yuqoridagi normativ- huquqiy hujjatlarda mazkur paragrafda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, ushbu normativ-huquqiy hujjatlar qoidalari qo‘llaniladi.
To‘lovlar jismoniy shaxs tomonidan naqd pul mablag‘lari orqali amalga oshirilganida qaytarish jismoniy shaxsning "20206 - jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha depozitlari" hisobvarag‘iga, bank plastik kartasi orqali amalga oshirilganida esa jismoniy shaxsning "231XX - jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari" hisobvarag‘iga amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 56- va 57- moddasiga muvofiq ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan soliqlar summalarini hisobga olishda soliq to‘lovchi tomonidan ariza taqdim etilishi zarur bo‘lganda, mazkur ariza ushbu Yo‘riqnomada belgilangan shaklga muvofiq bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 56- va 57-moddalariga muvofiq ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan soliqlar summalarini qaytarish yoki hisobga olishda davlat soliq xizmati organi tomonidan tegishli xulosa Yo‘riqnomada belgilangan shaklga muvofiq bo‘lishi lozim.
Ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan soliqlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish tegishli tuman (shahar) bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasiga davlat soliq xizmati organi tomonidan xulosa va moliya organining to‘lov hujjatini taqdim qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Soliqlardan tashqari ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan to‘lovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish to‘lovchining arizasi hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organning xulosasiga asosan mazkur vakolatli organ tomonidan tegishli tuman (shahar) bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasiga xulosa va to‘lov hujjatini taqdim qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Qaytarish yoki hisobga olish bank kuni davomida daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lovlar kontingenti
summasi doirasida amalga oshiriladi. Bank kuni davomida daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lovlar summasi yetmaganda qaytarish yoki hisobga olish keyingi bank kunining tushumlari hisobidan amalga oshiriladi. Ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan bojxona to‘lovlarining qaytarilishi bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qaytarish yoki hisobga olish bank kuni davomida daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lovlar kontingenti summasi doirasida amalga oshiriladi. Bank kuni davomida daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lovlar summasi yetmaganda qaytarish yoki hisobga olish keyingi bank kunining tushumlari hisobidan amalga oshiriladi.
XULOSA
(xulosa taqdim etuvchi vakolatli organning nomi)
arizasiga asosan (STIR -
|
)
|
(to‘lovchi yuridik shaxsning - nomi, STIR raqami yoki to‘lovchi jismoniy shaxsning - F.I.O., STIR
raqami)
|
|
ortiqcha (yoki noto‘g‘ri) to‘langan summani qaytarish yoki boshqa to‘lovlar hisobiga hisobga olish
to‘g‘risida
|
(soliq yoki to‘lov nomi)
|
summada
|
(sonda va yozuvda)
|
Taqdim etilgan materiallar tekshiruvi natijasida 20 yil " " holatiga ariza beruvchi tomonidan
so‘m tiyin
|
(soliq yoki to‘lov nomi)
|
bo‘yicha natijasida ortiqcha (yoki noto‘g‘ri) to‘langani aniqlandi.
Ko‘rsatilgan summa to‘lovchining bank hisobraqamiga
(bank kodi ) yoki
shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga
lozim.
|
(qaytarilishi, hisobga olinishi)
|
Rahbar
Dostları ilə paylaş: |