D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Брюс Джемс и Марша Вейл и др. Модели обучения. Москва, 1996



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə39/214
tarix16.05.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#58187
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   214
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

Брюс Джемс и Марша Вейл и др. Модели обучения. Москва, 1996.





Ekstravert guruhidagi talabalar o'qitishning faol turlarini, boshqalar bilan hamkorlikda bajariladigan uslublarni yoqtirishadi. Masalan, kichik guruhlarda ishlash, modellashtirilgan o'yinlar o‘tkazishda qatnashish kabilar.

  1. Insonda olgan axborotni qayta ishlash qobiliyati ham turlicha. Talabalar bilim olish, olgan axborotlarini yodda saqlash, tushunish va qoilashda ham bir-biridan farq qiladilar. Ba’zi tala­balar uchun verbal (so‘zda ifodalangan) axborot, masalan, ma’ruza eshitish yoki radio orqali tinglash yetarli. Boshqalari uchun esa vi- zuab (ko'rish) axboroti muhim. Ular ko'rgazmali qurollar: jadval, sxema, grafik, diagramma kabilar orqali mavzuning mazmuniga tez tushunishadi. Uchinchi guruh talabalar uchun kinestetik (o'zi qat- nashuvchi) axborot foydali. Ular o'qitishning aktiv uslublari, mod­ellashtirilgan o'yinlarda rol o'ynash orqali axborotni yaxshi o'zlashtiradilar.

  2. Talabalar ko'p narsalarni bir-birlaridan o'rganishadi. Shu­ning uchun talabalarni bir-birlariga ta’sir ko'rsatish, hamkorlik qi­lishga asoslangan dars o'tish metodlari muhim ahamiyatga ega. Masalan, ba’zilar mustaqil, birinchi boiishga intilishi bilan ajralib turadi. Ular alohida o'qishni ma’qul ko'radi. Ularga debat, muno- zara olib borish, konkurslarga qatnashish yoqadi. Boshqalar yolg'izlikdan ko'ra hamkorlikda o'qishga moyil. Ular uchun koope- ratsiyalashgan o'qitish uslublarini qoilagan ma’qul. Ba’zi talabalar aniq faktlar, ma’lumotlarni tezroq qabul qiladi. Boshqalari nazariy matematik modellarni yoqtiradi. Ba’zi talabalar ko'rgazmali rasmlar, diagrammalar orqali, boshqalari munozara qilganda, uchinchilari esa amaliyotda o'zi bajarishda qatnashsa yaxshiroq, puxtaroq o'rganadi.

Umuman olganda, taiim-tarbiyaning metodlari qotib qolgan emas. Vaqt o'tishi bilan ular o'zgaradi. Talabalarni bilim olishi va olgan axborotini qayta ishlashi uchun turli-tuman metodlarni o'ylab topib, qo'llash mumkin. Ayniqsa, hozirgi paytda muvaffaqi- yatli faoliyat yuritish uchun juda ko'p sohalarga bilishning turli usullarini qoilash va bilim berishda moslashuvchanlik, rang-barang pedagogik metodlar qoilash talab etiladi.

O'qituvchilarni dars jarayonida turli uslublarni, o'quv top- shiriqlarini qoilab, talabalarda bilim olishga ishtiyoq uyg'otishlari nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Talabalarning qobiliyatini, ularni individualligini hisobga olgan holda turli metodlarni qoilash, albatta, o'zlashtirish natijasini ko'taradi.

Tajriba shuni ko'rsatadiki, o'quvchi-talabalarni barkamol, chu-





qur bilim egasi, mustaqil flkrlaydigan inson bo‘lib shakllanishi faqat individual xususiyatlariga bog'liq emas. Ta’sir ko'rsatadigan yana bir muhim omil, ta’lim berish jarayonini tashkil etishdir.

Ta’lim berish jarayonini tashkil etishda esa o'qitish shakllari va metodlari asosiy rol o'ynaydi. Ayniqsa, ta’lim metodlarini tanlash katta ahamiyatga ega. O'quv metodlarini tanlashda esa uning sama- radorligini e’tiboi^a olish zarur.

Pedagog - olimlarning tadqiqotlari bo'yicha o'qitish jarayonida berilgan axborotni eslab qolish qo'llanilgan metodlarga ko'ra quyi- dagicha ko'rinishda aks etar ekan:



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin