Kichik guruhlarda talabalar o‘rtasida fikr almashuv, tahlil qilish imkoniyati keng. Har bir talabaning fikri o‘rtoqlari tomonidan tahlil qilinadi. Bunda har bir talaba, albatta o‘z fikrini asoslashga, himoya qilishga harakat qiladi. Munozara jarayonida har bir talaba o‘z xatosini tushunadi yoki haqligini sinab ko'radi, hamkorlikda muammoni yechishga o‘rganadi.