An’anaviy dars o'tishda darsning asosiy maqsadi ko'proq tushun- tirishga qaratilgan bo ‘lib, о ‘qituvchi - bilim beruvchi, о ‘quvchi-talaba bilim oluvchi rolini bajaradi. Ularni о ‘rganilayotgan mavzuni qay darajada o'zlashtirganlarini nazorat qilish jarayonida bildirgan fikrlariga qarab aniqlanadi.
Pedagoglar, pedagog-olimlar dars jarayonida o‘quvchi, talabalar o‘rtasida hamda ular bilan 0‘qituvchi orasida yuqori darajada hamkorlik o‘rnatilsa, uni interaktiv hisoblashadi.
Odatda, bunday hamkorlik u yoki bu muammoni yechish yo‘llarini fikrlashib topishda, qabul qilingan qarorni qay darajada qo‘llasa bo‘lishini muhokama qilishda o‘rnatiladi. Shunga alohida e’tibor berish kerakki, muhokama jarayoni uni javoblaridan ham muhimroq. Ta’lim interaktiv metodlarining maqsadi bilim berish emas, balki o'quvchi, talabalarda mustaqil ravishda o'qish, izlanish, savollarga javob topish, qaror qabul qilish ko'nikmasini shakllanti- rishdir.