D. V. Rasulova I. Xotam ov X. S. Asatullayev


Konyunkturani tashkil qiluvchi omillar, asosiy ko‘rsatkichlar



Yüklə 19,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/78
tarix03.12.2023
ölçüsü19,43 Kb.
#172221
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78
D. V. Rasulova. Biznesni tadqiq etish usullari. 2019

8.2. Konyunkturani tashkil qiluvchi omillar, asosiy ko‘rsatkichlar,
ularni tahlil qilish va istiqbollash usullari
Ayrim 
bozorlarda 
m uayyan holatlaming mavjudligi 
bozor 
konyunkturasini anglatadi. Bozor konyunkturasi muayyan davrdagi 
bozor holati bozorda m uvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan 
xarakterlanadi. Shunga ko ‘ra bozor konyunkturasi ijobiy va salbiy, 
qulay va noqulay b o iish i mumkin. Bozor konyunkturasi talab oshishi 
bilan xarakterlansa, u sotuvchi uchun qulay, chunki u tovami qimmatga
144


sotib, ortiqcha daromad ko ‘radi. Agar bozorda taklif ortiqlik qiladigan 
bo‘lsa konyunktura xaridor uchun qulay b o ia d i, tovami arzonga olib 
bundan n a f ko'radi. Bozor konyunkturasi ayrim tovarlarga nisbatan 
ham sodir b o iish i mumkin. Bozor konyunkturasi ayrim tovar ishlab 
chiqarilishiga va sotib oluvchilam ing xarid qobiliyatiga, narx-navoga, 
modaning o ‘zgarishiga qarab har xil b o ia d i. Bozoming kelajakdagi 
holatini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan 
qo ‘shimcha resurslar va ulam ing qaytarib berish muddatlari tovar 
zaxiralari dinamikasi, eksport-import, shuningdek narx-navodagi 
o‘zgarishlar tendensiyasiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovarlar 
taklifi o ‘rganiladi. 
Investitsiya summasi 
va tarkibiga mehnat 
predmetiga b o ig a n talab va korxona, tashkilotlar pul sarfming 
yo‘nalishiga qarab, shuningdek, aholi xarid qobiliyatiga, uning tovarlar 
bilan ta ’minlanishi darajasini hisobga olib talab o ‘rganiladi. Bozor 
konyunkturasi ehtimollari milliy, regional va jahon bozorlariga, ayrim 
tovarlarga nisbatan aniqlanadi. Bozor konyunkturasi oldingisidan ko‘ra 
bilish, iqtisodiy tanglikka yoiiqm aslik, bozor muvozanatini ta ’minlab 
berish sharti hisoblanadi. Bozom ing umumiy holatini o ‘rganishda, 
uning geografik joylashish hajmi, tovarlar va firmalar tarkibi, 
raqobatning shiddati, konyunkturasi va uning istiqboliga ahamiyat 
beriladi. M a’lum davrda tovarlar va xizmatlar sotilishdagi imkoniyatni 
ifodalovchi iqtisodiy shart - sharoitlar majmui bozor konyunkturasini 
bildiradi. U aniq iqtisodiy ko‘rsatkichlar talab va taklif muvozanati, 
baholar darajasi, bozor hajmi v boshqalar bilan ifodalanadi. Bozor 
konyunkturasi mamlakat iqtisodiy holatiga to ‘g ‘ridan to ‘g ‘ri b o g iiq . 
Bozor va eng avvalo butun bozor konyunkturasini kompleks tadqiq 
etish, ishbilarmon doiralar fikricha, biznesmenga xatolarga y o i
qo‘ymaslik, xo'jalik masalalarida bir qarorga kelishda tavakalchilikni 
kamaytirishga yordam beradigan muhim omil hisoblanadi. Iqtisodiy 
konyunktura tadqiqoti tovar ayriboshlash sohalarida va ulam ing takror 
ishlab chiqarish jarayoni boshqa bosqichlari bilan o ‘zaro aloqalami 
rivojlantirish umumiy qonunlami o ‘rganish bilangina cheklanmaydi, 
balki u yoki bu tovar bozorida tarkib topgan ahvolni har tomonlama 
chuqur tahlil etishga, yuz berishi mumkin b o ig a n vaziyatni oldindan 
tahmin qilishga qaratilgandir.
145


Tovar bozori o ‘zida, birinchidan, muayyan tovarni ishlab 
chiqaruvchilar va iste’m olchilar o ‘rtasidagi ikkinchidan, ishlab 
chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi guruhlar ichidagi iqtisodiy aloqalar 
tizimini aks ettiradi. Birinchi hoi aloqalam ing asosiy shakli b o iib , 
xarid qilish va sotish hisoblanadi. Ikkinchi shakli esa o ‘zaroraqobat 
shakli hisoblanadi. 0 ‘ziga xos tarkib topish sharoitlari va iqtisodiy 
konyunktura rivojining qanday omillarga asoslanishiga ko‘ra milliy 
xo‘jaliklar va tovar bozorlari g ‘oyat xilma-xil hisoblaniladi. Har bir 
bozor va uning konyunkturasi rivoji har bir bosqichi uchun muayyan 
xususiyatlami va uzoq muddatli y o ‘nalishlar k o iam in i o ‘tkinchi va 
nisbatan davomli o ‘zgarishlami hamda bulam ing ahamiyatini o ‘zaro 
hamkorlik darajasini aniqlashdagi tutgan o ‘m ini belgilab beruvchi 
om illam i qanchalik uyg‘unlashtira olishi muhimdir.
Iqtisodiy konyunkturani tatbiq etish metodologiyasi bozorlar 
turlanishini o ‘tkazish zarurligini taqozo qiladi. Konyunkturaviy 
tadqiqotlam ing amaliy yo ‘nalishi ularga qanday yondashish va qanday 
uslubdan foydalanish kerakligini ham aniqlab beradi. Boshqacha 
aytganda tadqiqotlaming maqsadi o ‘tkaziladigan turlanish zaminida 
nimalar yotganligini belgilaydi.
Bozor konyunkturasi m am lakat iqtisodiy holatiga to‘g ‘ridan to‘g ‘ri 
b o g iiq . Shuning uchun tovar bozorining tahlili quyidagi ikki y o i bilan 
olib borilishi mumkin:
Agar konyunkturaning o ‘zgarish darajasi va tendensiyalarini bilish 
ko'zlansa, u holda uning belgilangan dinamikasi o ‘rganiladi;
Agar konyunkturaning m a’lum muddatga b o ig a n ahvolini bilish 
zarur b o is a , unda tovam ing bozordagi hayotiy y o ii o ‘rganiladi, aniq 
bosqichi belgilanadi va tahlil qilinadi.
Butun y ig ilg a n axborotlar uch qismga b o iin ad i. Birinchisiga, 
konyunkturani oldingi davrda tasvirlangan m aium otlari kirib, hozir 
ulam ing hech qanday aloqasi yo‘q. Ikkinchisiga, konyunkturaning 
hozirgi ahvolini bildiradi, ammo u istiqbolga ta’sir ko‘rsata olmaydi. 
Uchinchisi, 
konyunkturaning kelajakdagi 
o ‘zgarishini 
aniqlaydi. 
Konyunkturaning tahliliy bozoming ayrim tomonini ifodalovchi 
k o ‘rsatkichlargina emas, balki uning kompleks holatini tasvirlovchi 
barcha axborotlar va statistika m aium otlariga asoslanishi kerak.
146


Konyunktura axborotnomasi - konyunkturaning tahliliy shakli 
hisoblanadi. Bu hujjat bozom ing holatiga ta’sir etuvchi barcha omillar 
to‘g ‘risidagi, ulam ing o ‘zaro aloqalari hamda konyunkturaning 
umumiy 
o ‘zgarishini 
ifadolovchi 
qonuniyatlarini 
o ‘zida 
mujassamlashtiradi. Mamlakat iqtisodiy doirasida konyunkturani tahlil 
qilish quyidagi ko‘rsatkichlarga asoslanadi:
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy 
daromad, qishloq xo‘jaligi investitsiya, transport, tovar muomalasi 
ko‘rsatkichlari, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar sotilish hajmi, pul 
muomalalari kapital aylanishi, baholar dinamikasi, ishsizlik va 
inflatsiya darajalari. Mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga tovar bozorlari 
holati, talab va taklif, baho, talabning qondirilish darajasi, tovar ishlab 
chiqarish, yangi korxonalar qurilishi va boshqalar kiradi. Yuqoridagi 
ko‘rsatkichlam ing umumiy tomoni shundaki, ular bir-biri bilan bogMiq 
va davlat iqtisodiyoti bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tganda ularda 
o ‘zgarish ro ‘y beradi. Yalpi milliy mahsulot, shaxsiy iste’mol, davlat 
buyurtmalari, yalpi kapital qurilishi, tovar va xizmatlami eksport va 
import qilish ko‘rsatkichlami o ‘z ichiga oladi. Bu ko‘rsatkichlami 
hisoblashda noaniqliklar ro ‘y bersa ham oxirgi talab hajmi har doim 
mamlakat iqtisodiyoti holatini baholashda muhim o ‘rinni egallaydi. 
M amlakat 
iqtisodiyoti 
konyunkturasida 
ro‘y 
beradigan 
barcha 
o ‘zgarishlar manbai bo‘lib ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi. 
Iqtisodiyotda sanoatning ulushi qanchalik yuqori b o is a , uning 
ko‘rsatkichlarining ahamiyati shunchalik yuqori bo‘ladi.

Yüklə 19,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin