Konyunktura axborotnomasi - konyunkturaning tahliliy shakli
hisoblanadi. Bu hujjat bozom ing holatiga ta’sir etuvchi barcha omillar
to‘g ‘risidagi, ulam ing o ‘zaro aloqalari hamda konyunkturaning
umumiy
o ‘zgarishini
ifadolovchi
qonuniyatlarini
o ‘zida
mujassamlashtiradi. Mamlakat iqtisodiy doirasida konyunkturani tahlil
qilish quyidagi ko‘rsatkichlarga asoslanadi:
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy
daromad, qishloq xo‘jaligi investitsiya, transport, tovar muomalasi
ko‘rsatkichlari, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar sotilish hajmi, pul
muomalalari kapital aylanishi, baholar dinamikasi, ishsizlik va
inflatsiya darajalari. Mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga tovar bozorlari
holati, talab va taklif, baho, talabning qondirilish darajasi, tovar ishlab
chiqarish, yangi korxonalar qurilishi va boshqalar kiradi. Yuqoridagi
ko‘rsatkichlam ing umumiy tomoni shundaki, ular bir-biri bilan bogMiq
va davlat iqtisodiyoti bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tganda ularda
o ‘zgarish ro ‘y beradi. Yalpi milliy mahsulot, shaxsiy iste’mol, davlat
buyurtmalari, yalpi kapital qurilishi, tovar va xizmatlami eksport va
import qilish ko‘rsatkichlami o ‘z ichiga oladi. Bu ko‘rsatkichlami
hisoblashda noaniqliklar ro ‘y bersa ham oxirgi talab hajmi har doim
mamlakat iqtisodiyoti holatini baholashda muhim o ‘rinni egallaydi.
M amlakat
iqtisodiyoti
konyunkturasida
ro‘y
beradigan
barcha
o ‘zgarishlar manbai bo‘lib ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi.
Iqtisodiyotda sanoatning ulushi qanchalik yuqori b o is a , uning
ko‘rsatkichlarining ahamiyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: