KIRISH Mamlakatimizda 2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalami qo‘llab-quwatlash yili” deb e ’lon qilindi. Bu, o ‘z navbatida, faol tadbirkorlikni aynan innovatsion texnologiyalarga mos holda rivojlantirishga hamda innovatsion g ‘oyalarga asoslangan hoida olib borishlarini taqozo etadi. Albatta bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yish eng a w a lo biznes sohasidagi zamonaviy tadqiqotlami olib borish zamriyatini tug‘diradi. Ma’lumki, bugungi kunda biznes faoliyad bilan shug‘ullanayotganlar innovatsion taraqqiyotning global o ‘zgarishlariga, jumladan, ijtimoiy, texnologik va iqtisodiy tarkibiy o‘zgarishlariga to‘qnash kelmoqdalar. Bu, o ‘z navbatida, ular faoliyatida yangi va ko‘plab o ‘rganilmagan \izn esn in g o'ziga xos qirralarini va jahon taraqqiyotidagi biznes sohasidagi olib borayotgan tadqiqotlami chuqur o'rganishni taqozo etmoqda. Global o ‘zgarishlarga javoban iqtisodchi olimlar, yirik mutaxassislar va amaliyotchi tadbirkorlar bunday tarkibiy o ‘zgarishlarga ta’sir etuvchi korxonani yanada zamon talablariga mos ravishda mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlaming innovatsion usullarini topishga harakat qilmoqdalar. Erkin raqobat asosida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning