5-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish. Reja



Yüklə 376,7 Kb.
səhifə1/4
tarix25.03.2023
ölçüsü376,7 Kb.
#90032
  1   2   3   4
5-MAVZU.


5-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish.
Reja:

  1. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari.

  2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishda biznes reja va uning ahamiyati.

  3. Biznes rejani tuzish va bajarilishini nazorat qilish yo’llari.

Tayanch tushunchalar: kichik biznes, tadbirkorlik, rejalashtirish, biznes reja.


1. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari.
Bozor iqtisodiyotida kichik biznesni rivojlantirishni samarali rejalashtirmasa undan barqaror muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Rejalashtirish - korxona yoki tashkilotning o‘z tadbirkorlik faoliyatiga obyektiv baho berishdir. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari o‘z faoliyatini yuritishda mahsulot yetishtirish va unga ketgan sarf-xarajatlarning hisobini olib borish, ishni tashkil etish, bozor ehtiyojlariga mos mahsulotlrni sotish, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun investitsiya mablaglaridan samarali foydalanishni rejalashtirish orqali amalga oshiriladi. Rejalashtirish maqsadi: mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, raqobatli afzalliklardan maksimal foydalanish, turli xato va kamchiliklarning oldini olish, iqtisodiyotda yangi tendensiyalarini kuzatish va ulardan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish, korxona faoliyatining kuchsiz tomonlarini aniqlash va bartaraf qilish hamda asoslanmagan xavf-xatarni oldini olishdan iborat. Bozor iqtisodiyoti - rejalashtirishni ham bashorat qilishni ham inkor etmaydi. Bunda kelgusidagi ekstropolisiya, mantiqiy tahlil, iqtisodiy-matematik usullar, eksport baholash usulidan foydalanib bashoratlash va rejalashtirishni mutaxassislar yordamida belgilab olinadi. Rejalashtirishning haqiqiy holati ilmiy va amaliy tahlil olib borilib asoslanmasa, oddiy rasmiyatchilikka aylanib, asoslanmagan xarakterga ega bo‘ladi, ishlab chiqarishning kelgusidagi rivoji izdan chiqadi, korxona moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelib, iqtisodiy barqarorlikni yo’qotadi. Shuning oldini olish maqsadida rejani ishlab chiqishdan oldin, mahsulot ishlab chiqarishga zarur bo’lgan ehtiyojlar bo‘yicha iqtisodiy tahlil o'tkaziladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida kichik biznes korxonalarini boshqarishda rejalar mustaqil ravishda ishlab chiqiladi va rejalashtirish orqali quyidagi vazifalar hal etiladi:
-korxonalar ichida iqtisodiy munosabatlarni chuqur isloh qilish asosida xususiy mulkchilikni shakllantirish;
-ishlab chiqarish vositalari, mehnat resurslari, moliya, moddiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanishda shaxsiy javobgarlik va manfaatdorlikni oshirishni ta’minlash; -mahsulotni sotish bo‘yicha korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarning bajarilishini ta’minlash;
-korxonada ishlab chiqarish munosabatlarini shakllantirish, innovatsion texnologiyalardan, fan, texnika va ilg‘orlar tajribalarni amaliyotga qo‘llash, xorijiy davlatlarning investitsiya mablag’larini ishlab chiqarishga keng joriy etish orqali eksportbop tovar mahsulotlari yetishtirishni ta’minlashni rejalashtirishdan iborat. Rejalashtirish jarayoni bir necha bosqichlarni: mavjud holat haqidagi ma’lumotlarni muntazam yig‘ib borish, umumlashtirish va baholash; maqsadlarni shakllantirish; maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan tadbirlarni tahlil qilish va baholash; maqsadga erishish darajasini o’lchash haqida qabul qilingan qarorlar; rejalarni bajarishga tayyorgarlik ko‘rish; rejani bajarish; rejalashtirishning keyingi jarayonlari uchun to‘gri qarorlar qabul qilish, natijalarni tekshirishlarni o‘z ichiga oladi. Agrar tarmoqda kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari faoliyatini operativ, yillik (joriy) va strategik rejalar orqali rejalashtirish amalga oshiriladi. Operativ rejalar oylik, kvartallik bo’lib, yillik rejalar muddati bir yil bo’lib, unga biznes rejalarni kiritish mumkin. Joriy rejalashtirish strategik rejalarni bajarish va biznesni boshqarish uchun tuziladi. Strategik rejalar uzoq yillarga mo’ljallangan rejalardir. Tovar ishlab chiqarish natijalarini bir necha yil oldin baholash mumkin bo’lgan xatti-harakatlarini kiritish mumkin. Strategik rejani tuzatayotganda kichik biznesning istiqboldagi rivojlanishi yo‘nalishlari belgilab olinadi.
Strategik rejalashtirishda bashoratlashning bir necha usullaridan foydalaniladi.
1. Ekstrapolyatsiya usuli - o‘tgan yili olingan statistik ma’lumotlar ko‘zdan kechirilib boriladi va ular orqali istiqbol bashoratlari belgilanadi.
2. Delfi usuli - bir-biridan mustaqil bo’lgan ekspertlar so‘roviga asoslangan sifat usulidir.

  1. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishda biznes reja va uning ahamiyati.

Biznes reja - bu hujjat, unda aniq vaziyatda biznesning mohiyati, boshlanish imkoniyati, davomi va uning kengaytirilishi aks etadi. Biznes-reja tadbirkor tomonidan ishlab chiqiladi. Agarda rejani tuzishda muammolar mavjud bo’lib, qo‘shimcha maslahatlar zarur bo’lsa, soha mutaxassislarini jalb qilish mumkin. Odatda biznes rejalar 3-5 yil muddatga tuziladi. Tadbirkor tomonidan birinchi yili olinadigan foyda oylar bo‘yicha, keyingi yili taqvimlar bo‘yicha, keyinchalik yil bo‘yicha hisoblanadi. Biznes-reja tuzishda birinchi yilga alohida ish vazifalari ishlab chiqiladi. G‘arbdagi hamma firmalar o‘z faoliyatini juda aniq rejalashtiradi va biznes-rejani ishlab chiqishda maxsus talablarga asoslanadi. Odatda uning hajmi 40 betdan oshmaydi. Biznes-reja bir necha muhim vazifalarni bajaradi. Biznes-rejani tayyorlash jarayoni birinchidan, fikrlashni jonlantiradi, ikkinchidan tadbirkorlikni puxtalik bilan o‘ylashga va o‘z ishini turli nuqtai nazardan tahlil qilishga, haqiqiy imkoniyat va qiyinchiliklarni baholashga majbur qiladi. Uchinchidan, nazorat qog‘ozda bayon qilingan reja kelgusi nazoratlarda va erishilgan natijalarni baholashda har doim ishlatilishi mumkin. U korxona faoliyatini kelgusida yaxshilashga asos bo’lib xizmat qiladi. To‘rtinchidan, jamg'arish, u boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag’larini jalb qilishga imkoniyat yaratadi. Biznes reja kichik biznes va tadbirkorlar yoki dehqon va fermerlarni aniq maqsadni ko‘zlab ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va tijorat bilan shug‘ullanish istiqbollari yoki hisob-kitoblar majmuasi aks etgan hujjatdir.
Biznes rejani tuzishdan maqsad: birinchidan, sarmoyador, hissador, homiy va banklarning pul mablag’larini ishlab chiqarishga jalb etish;
ikkinchidan, o‘z xodimlarini korxonaning maqsadi, vazifasi va istiqboliga ishontirish va qiziqtirish;
uchinchidan, oldiga qo'ygan maqsadlarini foyda keltirishga ishonib, rejali va samarali boshqarishni tashkil etish ko‘zda tutiladi.
Biznes rejaning korxonada dolzarbligi quyidagi omillar ta’sirida shakllanadi; birinchidan, qishloq xo‘jalik korxonaiari iqtisodiyotiga yangi mulk shakllari va ishlab chiqarish munosabatlari kirib kelishi bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda fermer, dehqon xo‘jaliklari shakllandi.
ikkinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda yangicha munosabat hamda tavakkalchilik, raqobat, raqobatga chidash, uni yengib chiqish biznes reja orqali hal etiladi;
uchinchidan, xorijiy investitsiyalami jalb etishni kengaytirish, yangilash va samaradorligini ko‘tarishdan iboratdir. Yuqoridagi muammolami qishloq xo‘jalik korxonalarida yechimini topishda, biznes rejaning o'zi kifoya qilmaydi. Biznes reja ishlab chiqarishni rejalashtirish uchun texnologik xaritalar, me’yoriy hujjatlar va birlamchi hisob-kitoblar natijalari bilan to’ldirilib tuziladi. Biznes reja asosiy vazifasi - tadbirkor o‘z faoliyatini boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini samarali yurgizish, sarf-xarajatlami tejash, ishlab chiqilgan mahsulotlarni bozorda tovarga aylantirish; ishlab chiqarishni tashkil etish; tavakkalchilik xavf-xatarini kamaytirish; raqobat kurashida yutib chiqish orqali tadbirkorlik faoliyatini yuritishdan iborat. Biznes reja tuzishda korxonaning moliyaviy faoliyatini, tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini tahlil qilish, ishni puxta bilish, ishlab chiqarishni rivojlantirishga xolisona baho berib, biznes reja bu tadbirkor bajaradigan faoliyatning tayyor rejasi ckanligini bilishi, tadbirkor korxonalarini samarali boshqarishda hamda rejadagi ishlarini muvaffaqiyatli bajarishga yordamlashadigan ishchi dastur sifatida xizmat qilishini; tadbirkor o‘z rejasi orqali boshqa sarmoyadorlami, bankirlami va investorlarni ishontirish shuningdek, moliyaviy faoliyatni aniq rejalashtirishga qaratilgan.
Biznes-reja tuzishda qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:
Birinchi navbatda, biznes rejani korxona rahbari, mutaxassislar va ilmiy maslahatchilar yordamidan foydalanib tuzishlari mumkin. Chunki rahbar kelgusidagi faoliyatini loyihalashtirishni hisob-kitob qilishi, o‘z g‘oyasining tog‘riligini hamda uni amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitlar mavjudligiga ishonch hosil qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Biznes reja uning xulosa qismida fikr va mulohazalar, taklif va g‘oyalar tushunarli, ko‘zlangan maqsadga erishish yo’llarini yoritishi lozim. Biznes-reja tuzishda rahbarlarning o‘rni shundan iborat bo’lishi kerak. Biznes-rejaning asosiy qismida xaridorlarga taklif qilinadigan mahsulot, amalga oshirilmoqchi bo’lgan tadbirlar, mahsulot yetishtirish xarajatlari, mahsulotni sotish, raqobatchilardan ma’lum xususiyatlari bilan ajralib turish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotda faqat rahbarning sa’y-harakati mahsuli bo’lmasdan, moliyaviy ta’minotning mavjudligini ko‘rsatish mumkin. Shu sababli rahbar xodim taklif qilgan tadbir asosida ishlab chiqarishni xom-ashyo va boshqa zarur moddiy resurslar bilan ta’minlash, yangi texnika va ilg‘or - tejamkor texnologiyalarni jalb etish, ishlashga shart-sharoitlami yaratib berish ishlarini tashkil qilish lozim. Tadbikorlik (biznes) faoliyatini muvaffaqiyatli bo’lshi uchun biznes aniq maqsadga va unga erishish uchun yo'naltirilgan strategiyaga ega bo’lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, biznes reja zarur. Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash sharoitida biznes reja tadbirkorlikning hamma sohalarida qo’llaniladigan go‘yo bir ish asbobidir. U korxonaning ish jarayonini tasvirlab, korxona rahbarlarining o‘z maqsadlariga qay darajada erishishlarini, birinchi navbatda ishning daromadliligini oshirish mumkinligini ko‘rsatib beradi.
Hozirgi kunda jahon amaliyotida biznes rejalarning besh bo’limlardan tortib 18 bo‘limgacha tuzib chiqilgan ko‘rinishlari mavjud. Biznes-rejalar tarkibi odatda biznes mazmuni, mohiyati, doirasi va darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Har qanday holatlarda biznes-rejaga ikkinchi darajali masalalar kiritilishi mumkin emas. Jarayon (texnologiya) va mahsulotlarni faqat texnik holatlarini yoritib berishga yo’l qo‘ymaslik zarur. Biznes reja sodda va to’la bo’lishi, rejalar esa aniq tahlilga asoslanishi lozim. Tahlilda aniq raqamlardan va takliflardan foydalanish zarur. Takliflar va oldindan berilgan fikrlarga asoslangan va mustahkamlangan bo’lishi shart. Biznes-reja titulida quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi kerak: korxona nomi; manzilgohi; mulk shakli; telefon yoki faks; tashkilotchilar ismi-sharifi, familiyasi, manzili; korxona faoliyati va biznes xarakteri; moliyaviy mablag’larga ehtiyoji va moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilishi; biznes-reja tuzilgan kun; biznes reja tuzuvchi ismi va familiyasi. Rahbar o‘z ish faoliyatini rejalashtirayotganda quyidagi savollarga aniq javob berishi shart. Taklif qilingan mahsulotlarga (xizmatga) bozorda talab bormi yoki yo’qmi? Talab darajasi qanday? (yuqori, o‘rta, past). taklif etilayotgan mahsulotlari (xizmat) iste’molchiga nimasi bilan yoqadi? mahsulot bozorgirmi va u necha yil davomida bozorni egallab turadi? mahsulot patentlanganmi, mulliflik guvohnomasi bormi, ular qayerda va kim tomonidan ro‘yxatga olingan, bankda hisob raqamiga ega ekanligini bilish kerak. Har qanday tadbirkor o‘z faoliyatini biznes reja orqali olib boradi. Bundan tashqari, tijorat banklaridan imtiyozli yoki imtiyozsiz keditlar olish uchun ham biznes rejani tuzadilar. Bankdan imtiyozli kredit olish uchun tuzilgan biznes rejaning namunasi berilgan.

Yüklə 376,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin