5-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish. Reja


Biznes rejani tuzish va bajarilishini nazorat qilish yo’llari



Yüklə 376,7 Kb.
səhifə2/4
tarix25.03.2023
ölçüsü376,7 Kb.
#90032
1   2   3   4
5-MAVZU.

Biznes rejani tuzish va bajarilishini nazorat qilish yo’llari. Kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalari o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi. O‘z faoliyati uchun moddiy resurslar va materiallarning mavjudligi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga va bajarilayotgan ishga, ko‘rsatilayotgan xizmatga bo’lgan talablarni hisobga olib, strategik taraqqiyot istiqbollarini belgilaydi. Tadbirkorlik korxonasi iste’molchilar bilan shartnoma asosida ishlarni bajaradi, mahsulotlarni sotadi va turli xildagi servis xizmatlarni ko‘rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tadbirkor iste’mol bozorida o‘z mijozlarini topish va bozorda mavqeyiga ega bo’lish chora-tadbirlarini ishlab chiqqan holda faoliyatini oldindan to‘g‘ri rejalashtirishdan iborat. Har bir tadbirkor ish yuritishning dastlabki bosqichida uzoqni ko‘ra oladigan, maqsadga muvofiq bo’lgan biznes-rejalarni ishlab chiqishadi. Bu biznes reja quyidagi 12ta bo’limlardan tashkil topadi:
1. «Tovarning tavsifi, kimga mo’ljallanganligi va tuzilishi» bo’limida - tadbirkor ishlab chiqarayotgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ini qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini, tovar tavsifini va ko‘rsatilayotgan xizmatlar qanday ehtiyojlarni qondirishini tahlil qilishi hamda shunga o‘xshash tovarlar yoki xizmatlar bilan taqqoslashi, yangi tovarning afzalliklarini batafsil o‘rganib chiqishini taqozo etadi. Bu birinchi bo‘limning tarkibida bir nechta kichik bo’limlardan iborat bo’ladi. «Homashyo manbai, homashyo bilan ta’minlash hajmi» kichik bo’limlarida tadirkor homashyolarini qayerdan olishni va unga bo’lgan iste’mol darajasini «tovar resurslari va iste’moli» balansida hisob-kitob qilib chiqishi lozim.
2. «Tovarlar sotiladigan bozorni baholash» bo’limi quyidagi kichik bo’limlardan iborat. Tovarlar yoki mahsulotlarning potensial iste’molchilari. Miqdoriy baholash, kichik bo’limida - ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (tovarlar)ni sotilish darajasi, mamlakat regionlari (viloyatlar, tumanlar)da realizatsiya qilish darajasi kabi masalalar o‘rganib chiqiladi. «Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yoki tovarlarning umumiy qiymati. “Qiyosiy baholash” kichik bo’limida - ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki tovarlarning hajmini va miqdorini aniqlab olingandan keyin uning umumiy qiymati hisob-kitob qilib chiqiladi. Bu esa mahsulot yoki tovarlarning xarid qilish qobiliyatini aniqlashga imkon beradi. Ushbu kichik bo’lim dan «Sotuv hajmlarini belgilash va uning eng mutlaq miqdorini aniqlash» bo’lim chasi kelib chiqadi. Mazkur bo’limchalarda korxona faoliyatidagi moddiy resurslarni ortiqcha sarflash, turli xildagi isrofgarchiliklar, yo‘qotishlar, shuningdek, ortiqcha ishlab chiqarish holatlari yuz bermaydi, ortiqcha talabga mos kelmaydigan, sifatsiz mahsulotlami ishlab chiqarish oqibatlarining oldi olinadi.
3. «Tovar sotiladigan bozordagi raqobat» bo’limi quyidagi bo’limchalardan iborat: « O‘xshash mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchilar»da hudud (viloyat, tuman)da mazkur korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot va tovarlarga o‘xshash tovar assortimentlarini qaytaruvchi ma’lumotlarga va uning salbiy oqibatlarining oldini olish imkoniyatlariga ega bo’linadi. «Ilg‘or texnologiyani joriy etish» bo’limida iste’mol bozorida raqobatchilar foydalanadigan mavjud texnologiya jarayonlarining nuqsonlari va ularning kamchiliklari aniqlanadi. Bu kichik bo’lim o‘z ichiga quyidagi bo’limchalarni oladi: «O‘xshash mahsulot yoki tovarlaming narx-navolarining tavsifida kuzatuv, so‘rov va reklama qilishda raqobatchilarining o‘z mahsulot yoki tovarlarga bo’lgan talab va taklifning qay darajadaligi, aholining iste’mol va xarid qilish qobiliyatini o‘rganish va uning hajmini aniqlash imkoniga ega bo’linadi. Bu esa aholi talabi va taklifiga mos ravishda mahsulot va tovarlar narx-navolarini oshirish yoki pasaytirish imkonini yaratadi.
4. «Marketing rejasi» bo’limida ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotlarni iste’mol bozorlarida joylashtirish va sotish jarayonlarini tashkil etish, xomashyo moddiy resurslarini shakllantirish, mahsulot va tovarlarda shakllanayotgan narx-navolarni to‘g‘ri ifodalash, turli xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etish, samarali reklamalarni uyushtirish va aholi talabi va taklifini izchil o‘rganish, potensial iste’molchilar qobiliyatini o‘rganish va ularning ishonchiga erishish kabi masalalar keng yoritilgan bo’ladi. Marketing rejasi bo’limi quyidagi bo’limchalardan tashkil topgan: «Tovarning tarqalish sxemasi» bo’limchasida mahsulot yoki tovarlarga, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va ishlarning amalga oshirish sxemalarini tuzib chiqish hamda ularning grafik tasvirlari namoyon etiladi. Bu esa tovarning tarqalish zanjiridagi eng potensial tomonlarini va zaif joylarini aniqlashga, shuningdek, ularga asosiy e’tiborni qaratadi. «Mahsulot va tovarlaming narx-navolari» bo’limchasida mahsulot va tovarlarga belgilanayotgan narxlarning holati ko‘rsatiladi. «Zaruriy servis xizmatlarini tashkil etish» bo’limchasida, texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog’liq bo’lgan maxsus xizmat ko‘rsatish sohalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar klassifikatsiyalari o‘rganiladi va ularning ilg‘or uslublari tanlab olinadi. Bu tahlil natijalari asosida xizmat ko‘rsatish sohalari bo'yicha kafolatli shartnomalar asosida tegishli xizmat ko'rsatish tarmoqlarini tashkil etish, mahalliy ustaxonalar yoki xizmat ko‘rsatishning maxsus servis - firmalarini tashkil etish chora - tadbirlari ishlab chiqiladi. «Reklama vositalarini va usullarini yaratish» bo’limchada, reklama yaratuvchi mutaxassislarni yollash xarajatlarini, tanlangan har bir reklama turlari bo‘yicha sarflarning hajmi va umumiy reklama xarajatlarining hajmi hisob-kitoblari aks ettiriladi. Korxona faoliyatining yutug’i, reklama qilinayotgan mahsulotlar yoki tovarlar reklamalarining haqqoniyligi, talabga mosligini to‘g‘ri va aniq tarzda tasvirlashi muhim ahamiyatga ega bo’lib , potensial xaridorlarda taklif etilayotgan tovarlar yoki ko‘rsatilayotgan xizmatlarning nafaqat sifati, balki ular yordamida xaridor o‘zining muammolarini qanday qilib hal eta olishi, ehtiyojini qondira olishi haqida ham ma’umot beriladigan, muvaffaqiyat qozonadigan, samarali reklamaga erishiladi. «Jamoat fikrini shakllantirish» bo’limchasi tovarlarni reklama qilishda matbuot, radio, televideniyedan foydalanadi. Shuning uchun bu bo’limchada, mazkur sohalarda berilayotgan reklama turlari va usullariga alohida e’tibor berilib, har bir band, reklama matnlari mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi. Reklamaning har bir elementi alohida har bir tinglovchiga tushunarli, qisqa va mazmunli ifodalab beriladi.
5. «Ishlab chiqarish rejasi» bo’limida, korxonada ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish va boshqarish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajmi, xomashyo manbalarini tanlash, shartnomlar tuzish jarayonini tashkil etish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini va oqimining tashkiliy sxemalarini tuzish masalalari yoritiladi. Ushbu bo‘lim quyidagi bo’limchalardan tashkil topadi: «Ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi» bo’limchasida, yuqoridagi bo’limlarda ta’kidlangan materiallarni, chuqur tahlil qilib bo’lingandan so‘ng ishlab chiqarish hajmi rejalashtiriladi. «lshlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish strukturasi» bo’limchasida korxona o‘z faoliyat yuritish holatidan, yuzaga kelgan vaziyat va o‘zining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda boshqarish tizimlarini ishlab chiqadi. «Kadrlarni tanlash» bo’lim chasida korxonada faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlar masalasi qanday hal etilayotganligi aniqlab olinadi. Shuningdek, ishchi kuchini yollash bo'yicha agentliklarning bor-yo‘qligi, davlat bandlik fondlarida qayd etilayotgan kadrlarning holati bilan tanishib boriladi. Ish joyi bo’limchasida oldingi bo’limlarida ko'rib chiqilgan biznes-rejaga asoslangan holda, unga mos ravishda ish joylarini tashkil etiladi.
6. «Tashkiliy tuzilish» bo’limida, korxonada ishchi-xodimlar sonini aniqlash, ularni mutaxassisliklari bo'yicha joylashtirish, ish haqi bilan ta’minlash, ijtimoiy himoya qilish tadbirlari ishlab chiqiladi. Bu bo'lim quyidagi bo'limchalardan iborat. «Shtat bo'yicha jadval tuzish» bo'limchasinig faoliyati, ishlab chiqarish sohasini yurita oladigan, hisob-kitob ishlarini to'liq amalga oshiradigan malakali mutaxassislarni tanlab, ularni ish bilan ta’minlashni yo'lga qo'yish rejasini puxta ishlab chiqishdan iborat. «Ish haqi darajasi»da esa, korxonaga malakali xodimlarni jalb etishda, avvalo, ulami ish haqlari bilan to'liq va muntazam ta’minlashni amalga oshirishni yo'lga qo'yish zarur. Bu mutaxassisning ishga bo’lgan qiziqishini orttiradi.
7. «Yuridik reja» bo'limi korxonaning xo'jalikning huquqiy faoliyatini yuritish, qonuniy va huquqiy me’yorlardan foydalanish davomida uning statusini ifodalab berish, faoliyat yuritishining qonuniylik masalalarini hal qilishga qaratilgan. Status (ingl. status) - holat, korxona, tashkilotning yoki shaxsning huquqiy holati, vaziyatining ifodalanishi.
8. Tavakkalchilikni iqtisodiy baholash va uni sug‘urtalash. Biznes-reja bo’limida tadbirkor tavakkalchilik oqibatida yuz berishi mumkin bo’lgan xavf-xatarni hisobga olishi kerak. Unda korxonani boshqarish tuzilmasi, marketing tadqiqotlari, mahsulot va texnologiya bo'yicha bo’limchalarda baholanishi mumkin. Tadbirkorda kamdan kam tavakkalchilik oqibati yuz bersa-da, turli xil xavf-xatar turli ko'rinishda bo’lishi mumkin.
9. «Moliyaviy loyiha» bo’limida, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni keyingi yil uchun ko'zda tutilgan holatini aniqlash, moliyaviy manbalarni belgilash masalalari ko'rib chiqiladi. Ushbu bo’lim quyidagi bo’limchlardan iborat: «Mahsulotlarni ishlab chiqish va sotish bo'yicha istiqboldagi hajmini aniqlash» bo'limida ko'rsatilgan ko'rsatkichlarga asoslanib keyingi yil uchun ko'zda tutilgan (rejalar) hajmi tuzib chiqiladi. «Moliyalashtirish manbalari» bo'limchasi biznes-rejaning eng asosiy masalalaridan biri bo’lib, tadbirkor uchun tijorat yoki boshqa banklardan olinayotgan kreditlar hajmi ehtimolini aniqlash, undan foydalanish uchun tavakkalchilikka yo'l qo'ymaslik omillari ishlab chiqilishi zarur. Tadbirkorni rivojlantirish uchun davlat tomonidan tadbirkorlami qoilab-quvvatlash fondlari yoki shunga o'xshash maxsus jamg'armalardan foydalanish moliyaviy manbalarning muhim qismi bo’lib hisoblanadi.
10. «Resurslardan foydalanish yo‘nalishlari» bo’limi korxonaning ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlashga, ularning hisobini olishga, tushumlar, xarajatlari hisob-kitob qilib borishga qaratilgan. Bo’lim quyidagi qismlardan iborat: «Ishlab chiqarish bo'yicha xarajatlar to'g'risidagi ma’lumotlar» bo’limchasida, ishlab chiqarishni tashkil etish bo'yicha xarajatlar va daromadlaming moliyaviy rejasini tuzish kiradi. 11. Boshqarish rejasi. Boshqaruv soxasidagi reja korxonaning boshqaruv tuzilmalari tahlili, ya’ni ishlab chiqarishni boshqarish texnologiyasining tuzilishini rejalashtirish demakdir. Aslida u katta hajmda bo’lmaydi (2-3 varaq), lekin bu bo’lim ham asosiy bo’limlardan hisoblanadi, chunki biznesdagi, ayniqsa, kichik biznesdagi omadsizliklar birinchi galda boshqaruvning noto'gri rejalashtirish oqibatidir. Bo'limning boshida ishbilarmonlikning tashkiliy-huquqiy shakli beriladi.
12. Tashqi iqtisodiy faoliyat rejasi. Agar korxona yoki tadbirkor tashqi bozorga chiqmoqchi bo’lsa va o‘z mavqeini saqlab qolmoqchi bo’lsa, u holda biznes-rejaning ushbu bo’limi ishlab chiqiladi. Bu bo’limdan tovarni qaysi davlatga chiqarilishi, sotish hajmi, valyuta tushumi, mavjud aloqalar haqida axborot beriladi. Respublikadagi va tovar eksport qilinayotgan davlatdagi soliq tizimi va


Yüklə 376,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin