korxonalari faoliyatida biznes faoliyatini tahlil etish usullarini takomil- lashtirish va shu orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarining sifatini oshirish, raqobatbardoshligini ta’minlash muammolari juda muhim, dolzarb masalalardan ekanligini anglatadi. 0 ‘quv qo‘llanma mazkur vazifalami oz bo‘Isa-da bajarishga qaratilgan harakatlardandir. Chunki, unib kelayotgan yosh avlod, kelajakda o ‘z sohasi bo‘yicha biznes faoliyatini olib borayotganda va iste’molchilar bozoriga masulot ishlab chiqarish yoki xizmatning yangi turlarini yaratishda albatta biznesning tadqiqot usullarini mukammal o‘zlashtirish zarur bo‘ladi. Shuningdek, o‘quv qoMlanma bilan tanishish barobarida biznesni tadqiq etishni tashkil qilish, biznesni tadqiq etish usullarini tanlash, biznesda raqobat ustunligini ta’minlash konsepsiyasi, biznes jarayonini tahlil qilishda axborot tizimlari, firmaning biznes faoliyatini strategik rejalashtirish, raqobat bozorining jozibadorligini tahlil qilish va talabni o ‘rganish, biznesda bozor konyunkturasini o ‘rganishning asosiy yo ‘nalishlari, firmaning ichki va tashqi bozordagi biznes strategiyasini tanlashning mamlakatimiz va xorij adabiyotlaridan foydalanilgan amaliy, tahliliy, qiyosiy tahlil jihatlariga duch keladi. Bu, o ‘z navbatida, talabalarda biznesning hali ochilmagan qirralarini yanada mukammal o ‘zlashtirishga hamda biznes faoliyatini olib borishda zarur bo‘ladigan vazifalar ijrosini amalda mustaqil qo‘llashga zamin yaratadi. 5
I B O B . “ B IZ N E SN I T A D Q IQ E T IS H USULLAR I” FA N IN IN G P R E D M E T I V A VAZIFALARI