Hisob va hisobotda mehnat vositalarini asosiy vositalar va
mchnat predm etlarini aylanma mablag‘lar deb atash qabul
qilingan. Aylanma mablagMar tarkibida pul mablag‘lari muhim
(Vrinni egallaydi, chunki xo‘jaliklar faoliyatining har bir bosqichida
pul bilan bogliq hisob-kitoblar mavjud.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasidagi
liar xil to ‘lovlar va o ‘zaro
hisob-kitoblar moddiy, mehnat yoki
bcvosita pul munosabatlari asosida paydo bo‘lishi mumkin, lekin
ular, odatda, muayyan tomonning foydasiga pul qarzi tusini olgan
mulkiy majburiyat ko‘rinishida namoyon boiadi.
Umuman, xo‘jaliklar o‘ziga tegishli pul mablag‘lari hisobiga
(qarzga olganini ham) o‘zining asosiy va qo‘shimcha
faoliyatini
tashkil etish va rivojlantirish, tovar-moddiy qiymatliklami sotib
olish, xodimlarga mehnat haqi to ‘lash, kapital qo‘yilma xarajat-
larini amalga oshirish, ish va xizmatlar ko‘rsatish,
soliq va boshqa
toMovlarni amalga oshirish, o‘zining tegishli iste’mol va jamg‘arma
fondlarini tashkil etish xo‘jaliklarning pul munosabatlarini tashkil
etadi va u xo‘jaliklar faoliyati uzluksizligini ta ’minlashda muhim
ahamiyatga ega.
Pul mablag‘larini xo‘jaliklar iqtisodiyotidagi o'm idan kelib
chiqib ular hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
1) to ‘lov
va hisob-kitoblarni, pul bilan bog‘liq boshqa
muomalalami amalga oshirishda ulami tartibga soluvchi me’yoriy
hujjatlar talablariga rioya etish;
2) pul m ab lag iarin in g harakatini o ‘z vaqtida hujjat va
registrlarda aks ettirish;
3) pul mablag‘larining saqlanishi
va belgilangan maqsadlarga
sarflanishini nazorat qilish;
4) pul m ablagiarining mavjudligi va ulardan foydalanish
holatining inventarizatsiyasini tashkil etish hamda belgilangan
muddatlarda o ‘tkazish;
5) pul resurslarining harakat oqimini prognozlash va pul
mablagiarining harakat oqimini optimal holga keltirish bo‘yicha
tegishli boshqaruv
qarorlarini tayyorlash;
6) boshqaruvni pul mablagiarining mavjudligi va harakati
bo‘yicha tegishli axborotlar bilan ta ’minlash.
19